{"id":34163,"date":"2022-11-14T16:22:25","date_gmt":"2022-11-14T13:22:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34163"},"modified":"2022-11-14T16:22:27","modified_gmt":"2022-11-14T13:22:27","slug":"yashash-uchun-kurash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yashash-uchun-kurash\/","title":{"rendered":"YASHASH UCHUN KURASH"},"content":{"rendered":"\n<p>YASHASH UCHUN KURASH \u2014 evolyutsion ta&#8217;limotning asosiy tushunchalaridan biri. Ch.Darvin Yashash uchun kurash tushunchasidan tur individlari va har xil tashqi omillar o&#8217;rtasidagi munosabatlarni ifodalash uchun foydalangan. Yashash uchun kurash organizmlarning o&#8217;z hayotini saqlab qolishga hamda o&#8217;z avlodlari hayotini ta&#8217;minlashga qaratilgan joriy faoliyati, ya&#8217;ni organizmlar o&#8217;rtasidagi tabiiy musobaqadan iborat. Yashash uchun kurash organizmlarning jadal ko&#8217;payishi tufayli ularning normal yashashi uchun zarur bo&#8217;lgan resurslar: oziq-ovqat va suv zaxirasi, joy va boshqalar etishmasligi natijasida kelib chiqadi. Ch.Darvin ko&#8217;rsatishicha, eng kam (3-4 yilda 1 marta) tug&#8217;adigan hayvonlardan bo&#8217;lgan filning bir jufti ham qulay sharoitda ko&#8217;payganida 750 yildan so&#8217;ng 19 millionga yetadi. Bitta treska balig&#8217;i birdaniga 10 million tuxum qo&#8217;yadi; mingdevona o&#8217;simligining bir tupi 400000 dan ortiq urug&#8217;beradi. Agar ularning ko&#8217;payishiga hech qanday to&#8217;siq bo&#8217;lmaganida birmuncha vaqtdan so&#8217;ng treska hamma suv havzalarini va mingdevona quruqlik yuzasini egallab olgan bo&#8217;lardi. Lekin tabiatda hech qachon bunday bo&#8217;lmaydi. Chunki tur individlarining ko&#8217;payish tezligi bilan ular hayoti uchun zarur bo&#8217;lgan vositalar miqsori o&#8217;rtasida nomutanosiblik kelib chiqishi oqibatida Yashash uchun kurash boshlanishi tufayli individlarning juda ko&#8217;p qismi nobud bo&#8217;ladi. Ch.Darvin Yashash uchun kurashning 3 shaklini: tur ichidagi, turlararo va organizm bilan anorganik tabiatning noqulay sharoitiga qarshi kurashni ko&#8217;rsatib bergan. Tur ichidagi kurash tur individlari o&#8217;rtasidagi raqobatni aks ettiradi. Bir turga, ayniqsa bitta populyasiyaga mansub bo&#8217;lgan individlarning yashash va ko&#8217;payib nasl qoldirish uchun bir xil sharoit zarur bo&#8217;lgani sababli tur ichidagi Yashash uchun kurash juda murakkab va keskin bo&#8217;ladi (masalan, erkak hayvonlarning urg&#8217;ochilarini talashishi, yirtqichlar o&#8217;lja talashishi). Evolyutsiya davomida bir tur individlari o&#8217;rtasidagi raqobatni bartaraf etuvchi turli moslanishlar paydo bo&#8217;lgan, masalan, to&#8217;ng&#8217;izlar, ayiqlar, arslonlar, chumolilar o&#8217;zlari yashab, oziqlanadigan hududlarni biron belgi bilan chegaralab chiqadi; ayrim hayvonlar (baliqlar, kemiruvchilar) populyasiyasi soni oshib ketganida o&#8217;z naslining bir qismini yeb qo&#8217;yadi yoki ezib tashlaydi (qushlar). Turlararo kurash har xil turga mansub individlar o&#8217;rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi va quyidagi ko&#8217;rinishda yuzaga chiqadi: a) bir xil muhitda yashaydigan ikki yoki undan ko&#8217;proq turga mansub individlar o&#8217;rtasidagi yashash sharoiti uchun kurash (masalan, begona o&#8217;tlar bilan ekin o&#8217;rtasida namlik, yorug&#8217;lik yoki tuproqsagi oziq moddalar uchun kurash); b) bir turdan ikkichisining bir tomonlama foydalanishi (yirtqich \u2014 o&#8217;lja munosabatlari); v) bir turning boshqa tur uchun qulaylik yaratishi (o&#8217;simlik urug&#8217;larining hayvonlar yungi orqali tarqalishi); g) har xil turlarning bir-biriga qulaylik tug&#8217;dirishi (hasharotlarning guldan nektar yig&#8217;ishi va uni changlatishi). Organizmlarning muhitning noqulay sharoitiga qarshi kurashi tabiatning noqulay omillariga qarshi kurashidan iborat. Bu kurash o&#8217;ta quruq yoki nam, o&#8217;ta issiq yoki sovuq mintaqalarda yaqqol ko&#8217;zga tashlanadi. Evolyutsiya jarayonida organizmlarda noqulay sharoitda yashashga imkon beradigan bir qancha moslanishlar paydo bo&#8217;ladi. Masalan, nam va issiq tropik ikdimda o&#8217;simliklar barglari yiriklashadi; quruq va issiq iqlimda esa suvni tejab sarflashga imkon beradigan bir qancha belgilar (barglarning kichiklashuvi, mum va tukchalar bilan qoplanishi, barg og&#8217;izchalar sonining kamayishi) paydo bo&#8217;ladi. Yashash uchun kurash tur individlari ancha qismining eliminasiyatsiga, ularning nasl qoldirishda tanlanib ishtirok etishiga olib keladi. Irsiy o&#8217;zgaruvchanlik asosida boradigan Yashash uchun kurash natijasida tabiiy tanlanish sodir bo&#8217;ladi. Zamonaviy tasavvurlarga binoan individlar sonining oshib ketishi Yashash uchun kurashni keskinlashtirsa ham uning asosiy sharti bo&#8217;lolmaydi. Tur ichidagi raqobat va o&#8217;zaro yordam biri ikkinchisini inkor qiladigan kategoriyalar emas. Muayyan sharoitda organizmlar o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro yordam munosabatlari alohida individlarning yashab qolishiga imkon berishi bilan birga turning moslanishini ham kuchaytiradi. Bunga tur individlarining xavf to&#8217;g&#8217;risida bir- birini ogohlantirishi va kuchliroq dushmandan ko&#8217;pchilik bo&#8217;lib o&#8217;z individlarini himoya qilishini misol qilib ko&#8217;rsatish mumkin. Lekin bu munosabatlar tur individlari o&#8217;rtasida passiv raqobatni istisno qilmaydi. Organizmlar o&#8217;rtasidagi farq yashash muhitiga moslanish darajasi hamda ularning tashqi omillar va boshqalar tur individlari bilan Yashash uchun kurashda ustunlik qilish imkoniyati bilan belgilanadi. Ad. Mavlonov O., Biologiya, T., 2002; Shmalgauzen I.I., Faktorn evolyusii, 2 izd., M., 1968; Gall Ya . M ., Borba za suvdestvovanie kak faktor evolyusii, L., 1976; Belyaev D.K.IDR., Obadaya biologiya, M., 1998.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YASHASH UCHUN KURASH \u2014 evolyutsion ta&#8217;limotning asosiy tushunchalaridan biri. Ch.Darvin Yashash uchun kurash tushunchasidan tur individlari va har xil tashqi omillar o&#8217;rtasidagi munosabatlarni ifodalash uchun foydalangan. Yashash uchun kurash organizmlarning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yashash-uchun-kurash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34163","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34163","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34163"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34163\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34164,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34163\/revisions\/34164"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34163"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34163"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34163"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}