{"id":34205,"date":"2022-11-14T17:30:38","date_gmt":"2022-11-14T14:30:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34205"},"modified":"2022-11-14T17:30:40","modified_gmt":"2022-11-14T14:30:40","slug":"yalpi-milliy-mahsulot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yalpi-milliy-mahsulot\/","title":{"rendered":"YALPI MILLIY MAHSULOT"},"content":{"rendered":"\n<p>YALPI MILLIY MAHSULOT (Daromad) \u2014 (YaMM yoki YAMD) mamlakatning ma&#8217;lum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy ko&#8217;rsatkichlaridan biri. YaMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qat&#8217;i nazar) jami yig&#8217;indisini ko&#8217;rsatadi. YaMM milliy hisoblar tizimi asosida hisoblanadi. Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotida mamlakatlar o&#8217;rtasida kapital harakatchanligi darajasi g&#8217;oyat yuqori. Natijada bir mamlakat kapitalining qandaydir bir qismidan chet elda foydalaniladi. Ayni paytda esa mamlakatning ba&#8217;zi aktivlari (korxonalar, ko&#8217;chmas mulklar, qimmatli qog&#8217;ozlar) xorijiy fuqarolar va firmalar (norezidentlar) ning egaligida bo&#8217;ladi. Norezidentlar o&#8217;z mulklaridan olgan daromadlarining bir qismini vatanlariga o&#8217;tkazib turishlari natijasida yalpi ichki mahsulot miqsori bilan tegishli mamlakat ixtiyoridagi amaldagi yalpi daromad (YaMM) miqdori bir-biriga teng kelmay qoladi. Shu bois YaMM hajmini to&#8217;g&#8217;ri aniqlash uchun yalpi ichki mahsulotga mamlakatga uning chet ellardagi o&#8217;z fuqarolari mulkidan tushgan daromadlar bilan mamlakatdan chiqib ketgan chet elliklar daromadlari o&#8217;rtasidagi farqni qo&#8217;shish kerak. Chet eddagi mulklardan tushgan daromadlar saldosi ijobiy bo&#8217;lsa YaMM hajmi yalpi ichki mahsulotdan ko&#8217;p, aksincha holatda kam bo&#8217;ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YALPI MILLIY MAHSULOT (Daromad) \u2014 (YaMM yoki YAMD) mamlakatning ma&#8217;lum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy ko&#8217;rsatkichlaridan biri. YaMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yalpi-milliy-mahsulot\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34205","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34205","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34205"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34205\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34207,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34205\/revisions\/34207"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34205"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34205"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34205"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}