{"id":3424,"date":"2021-10-09T18:44:59","date_gmt":"2021-10-09T15:44:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3424"},"modified":"2021-10-09T18:45:00","modified_gmt":"2021-10-09T15:45:00","slug":"ormon-alvastisi-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ormon-alvastisi-nima\/","title":{"rendered":"O&#8217;rmon alvastisi nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Qadim-qadim zamonlarda odamzot o&#8217;zini qurshab turgan olamni g&#8217;ayritabiiy mavjudotlar bilan baham ko&#8217;rgan. U suvda \u2014 suv alvastisi, uyda \u2014 uy alvastisi; o&#8217;rmonda o&#8217;rmon alvastisi (lesovik, borovik, leshak) yashaydi, deb ishongan. Kishilar o&#8217;rmon alvastisi, o&#8217;rmon va unda kun kechiruvchi hayvonlarning xo&#8217;jayini deb o&#8217;ylashgan. Shuning uchun ham u yoki bu tarzda o&#8217;rmonga bog&#8217;liq bo&#8217;lganlar \u2014 ovchilar, ko&#8217;rachilar, g&#8217;udda va asal yig&#8217;uvchilar \u2014 o&#8217;rmon alvastisini behudadan-behudaga xafa qilmaslik uchun albatta qayg\u2019urishi kerak edi. Buningdek udumlar nasroniylik qabul qilinganligiga qaramay xotirada uzoq saqlandi va ularga rioya etildi. Hali o&#8217;tgan asrning oxirlarida ham maxsus joylarda o&#8217;rmon alvastisi uchun taom qoldirishar va hatto unga maktublar bitib daraxtlarga ilib qo&#8217;yishardi. O&#8217;rmon alvastisi ijozat bergan taqdirdagina o&#8217;rmonda qandaydir xo&#8217;jalik faoliyati bilan shug\u2019ullanish mumkin bo&#8217;lgan. Ko&#8217;pdan-ko&#8217;p naqllarda keltirilishicha, o&#8217;rmon alvastisi go&#8217;yo oddiy odamlardek ko&#8217;ringan, ba&#8217;zan esa xalq fantaziyasi uni ulkan qaddu qomat, shoxlar, tuyoqlar, butun tanasini qoplab olgan dag\u2019al tuk bilan siylagan. Hattoki o&#8217;rmon alvastisi o&#8217;rmon changalzorida xotini \u2014 alvasti oyim va alvastivachchalar bilan yashaydi va qishda xuddi ayiqqa o&#8217;xshab zimiston uyqusiga ketadi, deb naql qilishgan. Biroq aksariyat hollarda o&#8217;rmon alvastisi kiyimlarini odamlarnikiday kiymaydigan ovchi qiyofasida namoyon bo&#8217;lgan: chap boshmog&#8217;i o&#8217;ng oyog\u2019iga kiyilgan, kiyimining chap bari o&#8217;ngiga qistirilgan. Odamzotning o&#8217;zi tushuntira olmagan yoki tushuna olmagan barcha hodisalar o&#8217;rmon alvatisiga to&#8217;nkalgan. Masalan, tunda zimiston o&#8217;rmonda yangragan qattiq chinqiriqlar, tungi qushlar qanotlarining potirlashi. Unga duch kelib qolgan taqdirda o&#8217;rmon sohibini odob bilan qarshi olish va qalpoqni boshdan olib salom berish zarur bo&#8217;lgan. Yo&#8217;qsa, o&#8217;rmon alvastisi adashib sarson bo&#8217;lishga mubtalo etishi hech gap emasdi. Endilikda biz odamzot nega o&#8217;rmonda adashib sarson bo&#8217;lishini izohlashimiz mumkin. U bir oyog&#8217;i bilan boshqasiga qaraganda kattaroq odim tashlaydi, shuning uchun ham o&#8217;rmon bo&#8217;ylab bir joyda gildirab yuraveradi. Avvallari bu narsa o&#8217;rmon alvastisi erkalik qilmohda, ishi yurishmagan ovchi yoki baliqchining jig&#8217;iga tegmoqda va ustidan kulmoqda, deb hisoblangan. Shu tarzda, xalqning tabiat ustidan aniq kuzatuvlari va qadimiy e&#8217;timodlarning ibtidoiy zamonlardan beri saqlanib kelgan qoldiqlari bitta timsolda birlashib ketgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qadim-qadim zamonlarda odamzot o&#8217;zini qurshab turgan olamni g&#8217;ayritabiiy mavjudotlar bilan baham ko&#8217;rgan. U suvda \u2014 suv alvastisi, uyda \u2014 uy alvastisi; o&#8217;rmonda o&#8217;rmon alvastisi (lesovik, borovik, leshak) yashaydi, deb ishongan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ormon-alvastisi-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3424","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3424","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3424"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3424\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3425,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3424\/revisions\/3425"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3424"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3424"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3424"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}