{"id":34348,"date":"2022-11-16T07:41:12","date_gmt":"2022-11-16T04:41:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34348"},"modified":"2022-11-16T07:41:14","modified_gmt":"2022-11-16T04:41:14","slug":"yalangtoshbiy-bahodir-saidqul-ogli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yalangtoshbiy-bahodir-saidqul-ogli\/","title":{"rendered":"YALANGTO&#8217;SHBIY BAHODIR SAIDQUL O&#8217;G&#8217;LI"},"content":{"rendered":"\n<p>YALANGTO&#8217;SHBIY BAHODIR SAIDQUL O&#8217;G&#8217;LI, Yalangto&#8217;shbiy, Yalangto&#8217;shbiy otaliq (1576.15.9, Nurota \u2014 1656, Samarqand) \u2014 Ashtarxoniylar davridagi harbiymulkdor zodagonlarning yirik vakili. Olchin qabilasidan. Samarqand hokimi (1626 yildan). Nurota hokimi oilasida tug&#8217;ilgan. Yalangto\u2019shbiy Bahodir Buxoro xoni Abdullaxon II huzuriga kelib, maxsus harbiy maktabda o&#8217;qigan (1590\u2014 93). Bulung&#8217;ur, Loyish, Kattaqo&#8217;rg&#8217;onda tumanboshi lavozimida ishlaydi (1593\u2014 95). Imomqulixon da&#8217;vati bilan Buxoroga kelib, Bag&#8217;dodga o&#8217;qishga yuboriladi (1595-98). 1611 yil Imomqulixonni taxtga o&#8217;tqazishda faol qatnashgan. Shundan so&#8217;ng Yalangto\u2019shbiy Bahodirning mavqei ortgan, u Samarqandni 1626 yildan amalda mustaqil idora eta boshlagan. Unga otaliq unvoni berilgan. Yalangto\u2019shbiy Bahodirning o&#8217;z qo&#8217;shini bo&#8217;lib, atrofdagi tumanlarga bosqinchilik yurishlari natijasida juda katta moddiy mablag&#8217; to&#8217;plagan. Yalangto\u2019shbiy Bahodir Buxoro xonligining barcha harbiy amaliyotlarida faol ishtirok etgan. Chunonchi, 1623 yil va 1631 yil Eron qo&#8217;shinlari Balx viloyatiga kelganida&#187;&#8216; Balx hokimi Nadr Muhammadxonga Yalangto\u2019shbiy Bahodir boshchiligida katta qo&#8217;shin yordamga kelgan. 1640 yil Imomqulixon Moskvaga elchilar orqali noma yo&#8217;llab, unda rus davlatini qalmiqlarga qarshi kurashida Yalangto\u2019shbiy Bahodir boshchiligida 12 Amir va katta qo&#8217;shin yuborishga tayyor ekanligini bildirgan. 1642 yil Imomqulixonning ko&#8217;zi ko&#8217;r bo&#8217;lib qolganda Yalangto\u2019shbiy Bahodir va boshqalar amirlar Balxdan Nadr Muhammadni keltirib taxtga o&#8217;tqazishgan. Nadr Muhammad Yalangto\u2019shbiy Bahodirga Kobul atrofidagi Daraisuf viloyati, Mo&#8217;lg&#8217;on, Kahmerdni hamda tulkichi, sayqanchi, zirangi, Kilachi, hazoranikudariy qabilalarini o&#8217;tovlari bilan qo&#8217;shib iqto tarzida in&#8217;om etgan. Yalangto\u2019shbiy Bahodir mamlakatda xondan keyin eng badavlat shaxs bo&#8217;lgan. 1645 yil Yalangto\u2019shbiy Bahodir Buxoroda Nadr Muhammadxon bilan janjallashib qolib, xonga qarshi Xo&#8217;jandda ko&#8217;tarilgan amirlar isyoniga boshchilik qilgan. Isyonchilar Buxorodan isyonni bostirish uchun yuborilgan Abdulaziz sultonni asir olib Buxoroga yurish qilishgan. Buxoroning g&#8217;arbidagi Oqtepa mavzeida ular Abdulazizni xon deb e&#8217;lon qilib, so&#8217;ngra poytaxtni qamal qilishgan. Nadr Muhammadxon 3 oylik qamaldan so&#8217;ng shaharni tark etishga majbur bo&#8217;lgan. U boburiylardan Shoh Jahondan yordam so&#8217;ragan. 1646 yil Shoh Jahon Balxga kenja o&#8217;g&#8217;li Murodbaxiash katta qo&#8217;shin bilan jo&#8217;natgan. Bu qo&#8217;shin Balx viloyatini himoya qilish o&#8217;rniga uni bosib olgan. Boburiylar Balhda 2 yildan oshiq hukmronlik qilishgan, biroq u yerda mustahkam o&#8217;rnasha olishmagan. 1648 yil yozida Abdulazizxon 200 ming kishilik qo&#8217;shin bilan Balxga yurish qilib, boburiylardan bu viloyatni qaytarib olgan, bu qo&#8217;shin tarkibida Yalangto\u2019shbiy Bahodir boshchiligidagi qo&#8217;shin ham bo&#8217;lgan. Yalangto\u2019shbiy Bahodir obodonchilik, qurilish ishlariga katta e&#8217;tibor bergan, jumladan, Samarqandda Sherdor madrasa, Tillakori madrasa, Maxdumi A&#8217;zam masjidi, xonaqosi (1618) va boshqalar qurdirgan. Abu Tohirxojanit &#171;Samariya&#187;da yozishicha &#171;Yalangto\u2019shbiy Bahodirning qabri Samarqand yaqinidagi Dahbedda, Maxdumi A&#8217;zamning oyog&#8217;i ostida, sufa ustida, mozor devorining ichidadur&#187;. Yalangto\u2019shbiy Bahodir haqidagi xalq orasida ko&#8217;plab rivoyatlar, afsonalar (masalan, &#171;Yalangto&#8217;sh Botir&#187; hikoyasi) to&#8217;qilgan. Manba: Abu Tohirxoja, Samariya, T.. 1991. Ad.: Axmedov B.A., Istoriya Balxa, T., 1982; Axmedov B.A., Istorikogeografi- cheskaya literatura Sredney Azii XVI\u2014 XVIII vv., T., 1985; Istoriya Uzbekistana, t. 3, T., 1993. Faxriddin Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YALANGTO&#8217;SHBIY BAHODIR SAIDQUL O&#8217;G&#8217;LI, Yalangto&#8217;shbiy, Yalangto&#8217;shbiy otaliq (1576.15.9, Nurota \u2014 1656, Samarqand) \u2014 Ashtarxoniylar davridagi harbiymulkdor zodagonlarning yirik vakili. Olchin qabilasidan. Samarqand hokimi (1626 yildan). Nurota hokimi oilasida tug&#8217;ilgan. Yalangto\u2019shbiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yalangtoshbiy-bahodir-saidqul-ogli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34348","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34348","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34348"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34348\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34349,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34348\/revisions\/34349"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34348"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34348"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34348"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}