{"id":34360,"date":"2022-11-16T08:57:07","date_gmt":"2022-11-16T05:57:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34360"},"modified":"2022-11-16T08:57:10","modified_gmt":"2022-11-16T05:57:10","slug":"yassaviy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yassaviy\/","title":{"rendered":"YASSAVIY"},"content":{"rendered":"\n<p>YASSAVIY, Xoja Ahmad Yassaviy (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxminan 11-asrning 2-yarmi \u2014 1166) \u2014 tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, shoir. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo&#8217;lgan. Yassaviy tug&#8217;ilgach, ko&#8217;p o&#8217;tmay onasi \u2014 Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashg&#8217;ul bo&#8217;ladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga ko&#8217;chib borgach, 1-ustozi Arslon bob bilan uchrashadi va undan tahsil oladi (&#171;yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim&#8230;&#187;). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal o&#8217;zlashtirgan. O&#8217;sha zamonlarda ilm-ma&#8217;rifatning Movarounnahrdagi markazlaridan bo&#8217;lgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yig&#8217;ilishgan. Arslon bob ko&#8217;rsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sufiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u Arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur o&#8217;rganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq G&#8217;ijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslak bo&#8217;lib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan o&#8217;rin oladi. Alisher Navoiy Yassaviy to&#8217;g&#8217;risida &#171;Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va Ashob g&#8217;oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish&#187;, \u2014 deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos slogan murshid sifatida Shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. Yassaviy turkiy xalqlarni Islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf g&#8217;oyalarini omma ko&#8217;ngliga chuqur singdirish maqsadida she&#8217;riyatdan ham foydalangan. Abdurauf Fitratning ta&#8217;kidlashicha, Yassaviyning &#171;adabiyotda tutgan yo&#8217;li sodda xalq shoirlarimizning tutg&#8217;on yo&#8217;lidir&#8230; Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she&#8217;rlar bilan barobar&#187;. Yassaviy nuqtai nazarida hikmat \u2014 &#171;ilmi laduniy&#187;, ya&#8217;ni ilmi g&#8217;aybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ham ega. Yassaviyning o&#8217;zi &#171;Devoni hikmat&#187; nomi bilan biron bir kitob yaratmagan. Ushbu Nodir asar uning murid va izdoshlari tomonidan tartib berilgan. Lekin bu narsa hikmat majmuasining Yassaviyga aloqasi yo&#8217;q, degan da&#8217;voni ilgari surishga asos bermaydi. So&#8217;fi Olloyor Yassaviy haqida fikr bildirib, yana shunday degan: Shariatda edi ul oftobe, Qolibdur bizga ul erdin kitobe. &#171;Devoni hikmat&#187;da ilohiy ishq va oshiqlik, ma&#8217;rifat va oriflik Saodati, fanodan baqoga etishish tushunchalari nihoyatda samimiy va ta&#8217;sirli ohanglarda yoritib berilgan. &#171;Devoni hikmat&#187;dagi barcha she&#8217;rlar ham Yassaviyga mansub emas. Unga Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Bu esa, tabiiyki, hikmatlar tili va uslu- bida ma&#8217;lum o&#8217;zgarishlar hosil qilgan. Lekin Yassaviyning o&#8217;nlab izdoshlaridan hech biri ustozlari boshlagan g&#8217;oyaviy, axloqiy, ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy va mafkuraviy yo&#8217;nalishni o&#8217;zgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotidan bahs yuritilgan o&#8217;nlab qadimiy manbalar, ayniqsa, Sulton Ahmad Haziniyning &#171;Javohir ulabror min amvojil bihor&#187; asari ham to&#8217;la tasdiqlaydi. Yassaviyning faqat ijodiyoti emas, qancha umr ko&#8217;rib, qachon vafot etganligi ham bahsli. U hikmatlaridan birida &#171;yuz yigirma beshga kirdim, bilolmadim&#187;, deydiki, bu so&#8217;zlar tarixiy haqiqatdan ko&#8217;ra, manoqibiy mazmunga ega. Bundan tashqari, 125 yillik uzoq bir umrning yarmidan ko&#8217;pini &#171;yer osti&#187;da (&#171;oltmish uchda yer ostiga kirdim mano&#187;, deydi Yassaviy) o&#8217;tkazish aql bovar yetmas hodisadir. Lekin ko&#8217;pchilik tadqiqotchilar uning vafot tarixini 1166-67 yil deb qayd etishgan. Uzoq vaqt mobaynida Yassaviy hayoti va ijodiyotini ilmiy jihatdan tadqiq etishga imkon berilmadi. Asarlarini nashr qilishga yo&#8217;l qo&#8217;yilmadi. O&#8217;tgan asrning 70-yillarida ya.ning milliy madaniyat, til va adabiyot tarixidagi xizmatlarini to&#8217;g&#8217;ri baholash yo&#8217;lidagi urinishlar esa qoralandi. Mustaqillik arafasida, xususan, O&#8217;zbekiston istiqlolga erishgandan keyin yassaviyshunoslikda yangi davr boshlandi. Dastlab turli gazeta va jurnallarda &#171;Devoni hikmat&#187;dan namunalar e&#8217;lon qilingan bo&#8217;lsa, 1990-92 yillarda uning 2 mustaqil nashri kitobxonlar qo&#8217;liga yetkazildi. Ushbu nashrlar nafaqat O&#8217;zbekistonda, balki boshqa turkiy davlatlarda ham bu buyuk mutasavvifning hayoti, adabiyma&#8217;rifiy faoliyati, izdoshlari xizmatiga qiziqishni kuchaytirdi. 1993 yil O&#8217;zbekistonda Yassaviyga bagishlab ilmiy anjumanlar o&#8217;tkazilib, ma&#8217;ruzalar matni alohida majmua shaklida chop etildi. Matbuotda Yassaviyning shaxsiyati, tariqati, she&#8217;riyatidan bahs yuritilgan maqolalar bosilib chiqdi. O&#8217;zbekistondagi bir qancha ko&#8217;cha va mahalla ya. nomi bilan ataladi. Sulton ulorifin kamolotining yuksaklarga ko&#8217;tarilishiga guvoh bo&#8217;lgan va jasadi dafn etilgan ko&#8217;hna yassi shahrida esa Yassaviy nomidagi universitet mavjud. Badiiy ijodda ham Yassaviy obrazini yaratish bo&#8217;yicha izlanishlar olib borilmoqda. Yozuvchi Sa&#8217;dulla Siyoev &#171;Yassaviyning so&#8217;nggi safari&#187; romanining 1-kitobini (1994) chop ettirdi. As: Hikmatlar, T., 1990; Devoni hikmat, T., 1992; Devoni hikmat [yangi topilgan namunalar], T., 2004. Ad. Haqqul I ., Ahmad Yassaviy, T., 2001. Ibrohim Haqqul.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YASSAVIY, Xoja Ahmad Yassaviy (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxminan 11-asrning 2-yarmi \u2014 1166) \u2014 tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, shoir. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo&#8217;lgan. Yassaviy tug&#8217;ilgach, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yassaviy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34360","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34360","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34360"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34360\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34361,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34360\/revisions\/34361"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34360"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34360"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34360"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}