{"id":34385,"date":"2022-11-16T09:40:57","date_gmt":"2022-11-16T06:40:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34385"},"modified":"2022-11-16T09:40:59","modified_gmt":"2022-11-16T06:40:59","slug":"yarmarka","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yarmarka\/","title":{"rendered":"YARMARKA"},"content":{"rendered":"\n<p>YARMARKA (nemischa \u2014 yillik bozor) \u2014 belgilangan joyda muayyan muddatlarda muntazam tashkil etiladigan Yirik bozor; sotuvga qo&#8217;yilgan tovarlar ko&#8217;rgazmasi. Yarmarkalarning asosiy maqsadi xaridorlarni tovarlar bilan vositachilarsiz, bevosita tanishtirish va ularning namunalar bo&#8217;yicha ulgurji va chakana savdosini uyushtirishdan iborat. Yarmarka mavjud, ishlab chiqariladigan va bozorga chiqarishga mo&#8217;ljallangan mahsulot to&#8217;g&#8217;risida axborot beradi. Yarmarka universal, ko&#8217;p tarmoqli va ixtisoslashgan bo&#8217;ladi (masalan, texnika, qishloq xo\u2019jalik, xalq iste&#8217;moli mahsulotlari, oziq-ovqat va boshqalar). Qatnashchilari tarkibi va qamrovi doirasiga ko&#8217;ra, jahon, xalqaro, mintaqaviy, milliy va mahalliy Yarmarkalar mavjud. Xalqaro Yarmarkalar (Leypsig, Parij, Vena, Toronto, Damashq va boshqalar) jahon savdosining rivojlanishiga, turli mamlakatlar o&#8217;rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, ishlab chiqarishning rivojlanishiga yordam beradi. Yarmarka savdoning alohida shakli sifatida birinchi marta milodiy 1-asrda Yaponiyada vudujga kelgan. Yevropada 10-asrdan ma&#8217;lum. 19-asrga kelib transport va savdoiqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan Yarmarka yangi qiyofa oldi. Yarmarkalarda tovarlar namunalari ko&#8217;rgazmalari tashkil etilib savdo-sotiq tovar birjalaridagi kabi amalga oshirila boshladi. Bir qator shaharlar (masalan, Leypsig)da Yarmarkalar doimiy faoliyat ko&#8217;rsatadigan savdoko&#8217;rgazma markazlariga aylandi. 20-asr oxiri \u2014 21-asr boshlariga kelib ya.larni o&#8217;tkazish yanada takomillashib, umumiy universal Yarmarkalardan tarmoq, aksariyat hollarda texnik va iste&#8217;mol tovarlari ya.lariga o&#8217;tish yuz berdi. Yarmarkalar ilmiy-texnika, axborot markazlariga aylanib, ularda ilmiy-texnika kongresslari va simpoziumlari o&#8217;tkaziladi. Masalan, Leypnig Yarmarkasi ishbilarmon doiralarning uchrashuv joyi bo&#8217;libgina qolmay, yirik xalqaro ilmiytexnika va iqtisodiy axborot markazi hisoblanadi. Yarmarkalar faoliyati 1925 yilda Parijda tashkil etilgan Xalqaro yarmarkalar uyushmasi tomonidan muvofiqlashtiriladi. O&#8217;rta Osiyoda vaqtvaqti bilan bo&#8217;ladigan katta savdo bozorlari qadimdan jamoat gavjum joylarda, xalq sayillarida o&#8217;tkazilib kelingan. Bunday bozorlarda savdogarlar asosan boshqa mamlakatlardan keltirgan mollarini sotganlar. Ilk o&#8217;rta asrlarda shaharlar, hunarmandchilik va savdo markazlari bo&#8217;lmagan joylarda Yarmarka ayirboshlash amalga oshadigan asosiy markaz bo&#8217;lgan. O\u2019rta Osiyo va Rossiya o&#8217;rtasidagi savdo munosabatlarini rivojlantirishda 1643 yilda tashkil topgan Irbit (G&#8217;arbiy Sibir) Yarmarkasi, Qorako&#8217;l terilari sotilgan Buxoro Yarmarkasi muhim o&#8217;rinda turgan. Turkiston o&#8217;lkasida hozirgi ma&#8217;nodagi Yarmarka \u2014 ko&#8217;rgazma birinchi marta 1890 yilda Toshkentda o&#8217;tkazilgan. 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlarida paydo bo&#8217;lgan va O&#8217;rta Osiyoning G&#8217;arbiy Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarida muhim o&#8217;rin tutgan, asosan, chorva mollari sotilgan Qarqara (hozirgi Prjevalsk atroflarida) ya.sining savdo aylanmasi 1908 yilda 2 million rublni tashkil etgan. 1-jahon urushi boshlanganidan keyin Yarmarkalar faoliyati to&#8217;xtagan. O&#8217;zbekistonda xalq iste&#8217;moli tovarlari ulgurji savdosi bo&#8217;yicha birinchi Yarmarka 1952 yildaToshkent shahrida tashkil etildi va keyinchalik 21-asr boshlarida sanoat va qishloq xo\u2019jalik mahsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo qiladigan davlat va kooperativ tashkilotlar qatnashadigan magazin va pavilion tarmoqlari, umumiy ovqatlanish korxonalarini o&#8217;z ichiga oladigan mahalliy tusdagi Yarmarka tashkil etish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. O&#8217;zbekistonda O&#8217;zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tasarrufidagi &#171;O&#8217;zekspomarkaz&#187;da xalqaro ahamiyatga ega bo&#8217;lgan turli savdo-sanoat Yarmarkalari va ko&#8217;rgazmalari o&#8217;tkaziladi. 1999 yilda tashkil etilgan &#171;O&#8217;zko&#8217;rgazmasavdo&#187; aktsiyadorlik jamiyati va uning viloyat markazlaridagi sho&#8217;ba korxonalari milliy, hududiy, mavzuli ko&#8217;rgazma Yarmarkalarini tashkil etish va o&#8217;tkazish, mamlakat xo&#8217;jalik sub&#8217;ekt- larining eksport salohiyatini, yangi texnologiyalarni tatbiq etish sohasidagi yutuqlarini namoyish etish va yarmarka qatnashchilariga turli xildagi maslahat, marketing va xo&#8217;jalik-maishiy xizmatlarni ko&#8217;rsatish va boshqalar bilan shug&#8217;ullanadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mahalliy tovarlar ishlab chiqarish va savdo majmui huzurida 2002 yilda Yarmarka Savdolari o&#8217;tkazish bo&#8217;yicha respublika kengashi tashkil etilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining asosiy savdo maydonlarida va viloyat sho&#8217;ba korxonalarida birjaga qo&#8217;yiladigan tovarlar ko&#8217;rgazmalari tashkil etilgan. Birjaning XXR Urumchi shahrida doimiy faoliyat ko&#8217;rsatadigan &#171;O&#8217;zbekyarmarkasi&#187; sho&#8217;ba korxonasi bor. J.Yo&#8217;ldoshev N . K ., O&#8217;rta Osiyoda bozor munosabatlari nazariyasi va amaliyoti, T., 1991. Nuriddin Yo&#8217;ldoshev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YARMARKA (nemischa \u2014 yillik bozor) \u2014 belgilangan joyda muayyan muddatlarda muntazam tashkil etiladigan Yirik bozor; sotuvga qo&#8217;yilgan tovarlar ko&#8217;rgazmasi. Yarmarkalarning asosiy maqsadi xaridorlarni tovarlar bilan vositachilarsiz, bevosita tanishtirish va ularning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yarmarka\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34385","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34385","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34385"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34385\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34388,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34385\/revisions\/34388"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34385"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34385"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34385"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}