{"id":34397,"date":"2022-11-16T09:58:12","date_gmt":"2022-11-16T06:58:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34397"},"modified":"2022-11-16T09:58:15","modified_gmt":"2022-11-16T06:58:15","slug":"yapon-tili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yapon-tili\/","title":{"rendered":"YAPON TILI"},"content":{"rendered":"\n<p>YAPON TILI \u2014 yaponlar tili, Yaponiyaning rasmiy davlat tili. Yapon tilining genetik aloqalari, ya&#8217;ni uning u yoki bu til oilasiga mansubligi uzoq vaqt aniqlanmagan: u goh Oltoy tillariga, goh avstronez tillariga mansub deb kelingan. So&#8217;nggi o&#8217;n yilliklardagi tadqiqotlar ya.t.ning Oltoy tillari oilasiga mansubligini isbotlamoqda. Bu til, asosan, Yaponiyada, shuningdek, Osiyo, Amerika va Yevropaning bir qancha mamlakatlari (AQSh, Kanada, Braziliya va boshqalar)da, Avstraliyada tarqalgan. So&#8217;zlashuvchilarning umumiy soni 126 million (Yaponiyaning o&#8217;zida \u2014 124 million) kishidan ortiqroq (2000). Yapon tilida, asosan, shimoliy Sharqiy, g&#8217;arbiy va Janubiy lahja guruhlari farqlanadi. Fonologik tizimi avstronez tillarinikiga yaqin bo&#8217;lib, adabiy tilda 35 fonema (jumladan, 5 ta unli) mavjud. Unlilar cho&#8217;ziqlik-qisqalik, undoshlar esa yakka va qo&#8217;shaloq kelish xususiyatlariga ega bo&#8217;lib, bu xususiyatlar ko&#8217;pincha ma&#8217;no farqlash uchun xizmat qiladi. Grammatik tizimi Oltoy, xususan, turkiy tillardagiga o&#8217;xshash: ot va fe&#8217;l turkumlaridagi ko&#8217;makchi, yuklama xarakteridagi so&#8217;zlar va qo&#8217;shimchalar, so&#8217;z tartibida aniqlovchining aniqlanmishdan oldin, kesimning hammavaqt gap oxirida kelishi. Leksikasida asl yapon so&#8217;zlaridan tashqari Xitoy tilidan o&#8217;zlashgan so&#8217;zlar (&#171;kango&#187;) ko&#8217;p bo&#8217;lib, ular Yapon tiliga Xitoy yozuvi bilan birga kirib kelgan. Zamonaviy o&#8217;zlashma so&#8217;zlar (&#171;gayraygo&#187;) asosan ingliz tilidan kirib kelmoqda. Har ikkala turdagi o&#8217;zlashma so&#8217;zlar o&#8217;zining fonologik, morfologik va Grammatik xususiyatlariga ega. Asl yaponcha so&#8217;zlar va grammatik ko&#8217;rsatkichlar yapon ezuvining xiragana shaklida, chet tillardan kirib kelgan so&#8217;zlar esa katakana shaklida yoziladi. Hozirgi Yapon tili uslubiy jihatdan ham rang-barangdir: kitobiy va og&#8217;zaki nutq aniq chegaralanib turadi, turli funktsional uslublar farqlanadi, nutqning odob-hurmat darajasiga qarab tabaqalanishi, erkaklar va ayollar nutqidagi farqlanishlar va boshqalar 9-10-asrlarda g&#8217;arbiy (Kioto) lahja asosida adabiy til (&#171;bungo&#187; \u2014 yozma til) shakllangan. 13-14-asrlarda bungo me&#8217;yorlari og&#8217;zaki nutqdan farqlana boshlagan. 1868 yil Meyji inqilobidan keyin Sharqiy (Tokio) lahjaga asoslangan adabiy til shakllangan. 20-asr o&#8217;rtalarigacha har ikkala adabiy tildan foydalanib kelingan. Shundan keyingi davrda to&#8217;liq shakllangan zamonaviy adabiy til, bungoning ba&#8217;zi elementlarini saqlab qolgan holda, uning o&#8217;zini iste&#8217;moddan siqib chiqargan. Hozirgi kunda adabiy Yapon tili ayrim o&#8217;ziga xos shevalarni (&#171;Kansay&#187; \u2014 markaziyg&#8217;arbiy, &#171;Okinava&#187; \u2014 Jan.) hisoblamaganda, qolgan barcha shevalarni ham iste&#8217;moldan chetlashtirmoqda. Mahalliy lahja va shevalardan oila doirasidagina foydalanilmoqda. Ismatulla Bekmurodov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YAPON TILI \u2014 yaponlar tili, Yaponiyaning rasmiy davlat tili. Yapon tilining genetik aloqalari, ya&#8217;ni uning u yoki bu til oilasiga mansubligi uzoq vaqt aniqlanmagan: u goh Oltoy tillariga, goh avstronez &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yapon-tili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34397","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34397","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34397"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34397\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34398,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34397\/revisions\/34398"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34397"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34397"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34397"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}