{"id":34600,"date":"2022-11-18T14:19:11","date_gmt":"2022-11-18T11:19:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34600"},"modified":"2022-11-18T14:19:14","modified_gmt":"2022-11-18T11:19:14","slug":"yalliglanishga-qarshi-dorilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yalliglanishga-qarshi-dorilar\/","title":{"rendered":"YALLIG&#8217;LANISHGA QARSHI DORILAR"},"content":{"rendered":"\n<p>YALLIG&#8217;LANISHGA QARSHI DORILAR \u2014 yallig&#8217;lanish jarayonini susaytirishda qo&#8217;llaniladigan dorilar; ular sirtga, og&#8217;iz orqali, rektal va in&#8217;yektsion qo&#8217;llash uchun mo&#8217;ljallangan bo&#8217;lib, deyarli barcha dori shakllari holida ishlab chiqariladi. Yallig\u2019lanishga qarshi dorilarni qo&#8217;llash yallig&#8217;lanish jarayoni qaysi a&#8217;zoda kuzatilayotganligi, uning patogenezi va boshqalarga bog&#8217;liq. Farmakologik faol birikmalarning turli guruhlariga mansub ko&#8217;pgina dori vositalari yallig&#8217;lanishga qarshi ta&#8217;sirga ega, ular yallig&#8217;lanishning sabablari, tabiati va tasnifidan qat&#8217;i nazar unga qarshi ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Infektsiya sababli yallig&#8217;lanishda antibiotiklar va boshqalar kimyoterapevtik vositalar qo&#8217;llaniladi, ular mikroorganizmlarning hayot faoliyatini susaytiradi va mikroflora muhitidagi yallig&#8217;lanish jarayoniga nisbatan ta&#8217;sir qiladi. Alohida kimyoterapevtik vositalar (masalan, sulfanilamidlar, tetrasiklinlar va boshqalar) ham yallig&#8217;lanish jarayonlarini bartaraf etadi, lekin ularning samarasi kam. Kimyoviy tuzilishiga ko&#8217;ra Yallig\u2019lanishga qarshi dorilar steroid va nosteroid guruhlarga bo&#8217;linadi. Buyrak usti bezlari po&#8217;stlog&#8217;i gormonlari va ularning sintetik o&#8217;rindoshlari \u2014 glyukokortikoidlarning amaliy ahamiyati katta bo&#8217;lishiga qaramay, ulardan foydalanganda ba&#8217;zi noxush holatlar ro&#8217;y beradi. Shuning uchun ularni o&#8217;z bilgicha qabul qilish yaramaydi. Yallig&#8217;lanishga qarshi steroid vositalarga rezorbtiv (gidrokortizon, prednizolon, deksametazon va boshqalar) va mahalliy ta&#8217;sir qiluvchi (flyuosinolon atsetonid, flyumetazon pivalat, betametazon va boshqalar) glyukokortikoidlar kirib ularning ta&#8217;siri immunodepressiv ta&#8217;sir bilan birgalikda namoyon bo&#8217;ladi; nosteroid vositalarga karbon kislotalarning ba&#8217;zi hosilalari (pirazolon, oksikam va boshqalar) kiradi. Bir qator og&#8217;riq qoldiruvchi dorilar ham Yallig\u2019lanishga qarshi dorilar sifatida ishlatiladi. Bular yallig&#8217;lanishga qarshi ta&#8217;siri jihatidan glyukokortikoidlardan kuchsizroq, qo&#8217;shimcha kasalliklarni ham nisbatan kam keltirib chiqaradi. Shu tufayli og&#8217;riq qoldiruvchi dorilar bo&#8217;g&#8217;imlar, muskullar va ichki a&#8217;zolar yallig&#8217;lanishida keng qo&#8217;llaniladi. Ular analgetik va isitma tushiruvchi ta&#8217;sirga ega. Ko&#8217;pgina dorivor o&#8217;simliklar (masalan, bo&#8217;yimodaron, mavrak va boshqalar) ba&#8217;zi teri va shilliq qavatlar kasalliklarida yallig&#8217;lanishga qarshi yaxshi naf beradi. Me&#8217;daichak yo&#8217;llari yallig&#8217;langanda (ayniqsa bolalarda) shilimshiq holidagi dori buyuriladi. U bevosita yallig&#8217;lanishga qarshi ta&#8217;sir etmay, faqat shilliq pardani o&#8217;rab oladi va uni har xil ta&#8217;sirlardan saqlaydi. Burishtiruvchi dorilar ham yallig&#8217;lanishga qarshi kuchsizroq ta&#8217;sir etadi, ular asosan teri va shilliq pardalar yallig&#8217;langanda ishlatiladi. Burishtiruvchi dorilar to&#8217;qimaning oqsil moddalari bilan birgalikda himoya qatlami hosil qilib, shilliq pardalarni va shikastlangan sirtlarni turli ta&#8217;sirotlardan saqlaydi va yallig&#8217;lanish jarayonining avj olishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaydi. Aseptik yallig&#8217;lanishda (ayniqsa, allergik yoki autoallergik to&#8217;qimalar shikastlanganda) yallig&#8217;lanishga qarshi steroid vositalarning immunodepressiv ta&#8217;siri alohida ahamiyatga ega. Immunodepressantlar, asosan, immunitet hujayra omiliga susaytiruvchi ta&#8217;sir ko&#8217;rsatib, tsitostatik ta&#8217;sir hisobiga yallig&#8217;lanishning proliferative bosqichini bartaraf etadi. Yallig\u2019lanishga qarshi dorilar kelib chiqish sabablari turlicha bo&#8217;lgan yallig&#8217;lanish kasalliklarini da-volashda qo&#8217;llaniladi. Ulardan ko&#8217;pincha revmatizmga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. Yallig&#8217;lanishga qarshi steroid vositalar miokarditlar, o&#8217;tkir va surunkali nefritlar, gepatitlar va boshqalar ichki a&#8217;zolarning yallig&#8217;lanish kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi. Glyukokortikoidlar dermatologiya (masalan, ekzema, dermatitlar, neyrodermitlar va boshqalarda mahalliy qo&#8217;llash uchun), oftalmologiya (keratit, kon&#8217;yunktivit, Irit, bleforit va boshqalar), Otorinolaringologiya (vazomotor va allergik rinitlar, tashqi eshitish yo&#8217;llari yallig&#8217;lanishi) amaliyotida qo&#8217;llaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YALLIG&#8217;LANISHGA QARSHI DORILAR \u2014 yallig&#8217;lanish jarayonini susaytirishda qo&#8217;llaniladigan dorilar; ular sirtga, og&#8217;iz orqali, rektal va in&#8217;yektsion qo&#8217;llash uchun mo&#8217;ljallangan bo&#8217;lib, deyarli barcha dori shakllari holida ishlab chiqariladi. Yallig\u2019lanishga qarshi dorilarni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yalliglanishga-qarshi-dorilar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34600","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34600","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34600"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34600\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34601,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34600\/revisions\/34601"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34600"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34600"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34600"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}