{"id":34634,"date":"2022-11-19T09:11:52","date_gmt":"2022-11-19T06:11:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34634"},"modified":"2022-11-19T09:11:54","modified_gmt":"2022-11-19T06:11:54","slug":"yangi-yulduzlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yangi-yulduzlar\/","title":{"rendered":"YANGI YULDUZLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>YANGI YULDUZLAR \u2014 to&#8217;satdan portlaydigan, portlashi chaqnab ketish va qobig&#8217;ini tashlash bilan yuz beradigan hamda ushbu qobig&#8217;i juda katta tezlik (ko&#8217;pincha bir necha 100 kilometr\/sekunddan to 1000 kilometr\/sekundgacha) bilan kengayadigan yulduzlar. Ayrim hollarda qobiqning kengayishi undan ham katta tezlikda sodir bo&#8217;ladi. Masalan, Burgut turkumidagi yangi yulduz 1918 yilda chaqnab, qobig&#8217;i 1700 kilometr\/sekund tezlik bilan kengayishi aniklangan. Keyinchalik (1922, 1926 va 1931 yillarda) olingan fotosuratlarda gaz qobig&#8217;i ham kengayib borayotgani kuzatilgan. O&#8217;sha va boshqa fotosuratlar bilan olib borilgan o&#8217;lchashlar shuni ko&#8217;rsatadiki, qobiqning radiusi taxminan yiliga 1 kattalashib borgan. Ushbu yangi yulduzgacha bo&#8217;lgan masofa 1200 yorug&#8217;lik yiliga teng chiqqan. Portlagunga qadar uning ravshanligi taxminan +5 bo&#8217;lsa, portlagandan keyin uning ravshanligi maksimumga (\u20148t ga) yetgan. Yangi yulduzlarda maksimum ravshanlik (yorqinlik) ka erishish to&#8217;satdan (atigi bir necha o&#8217;n soatda) yuz bersa, maksimumdan keyingi pasayish juda sekin (bir necha oy, yil va hatto o&#8217;n yillarda) ro&#8217;y berib, o&#8217;z holiga uzoq muddatda qaytadi. Yangi yulduzlar &#171;sekin&#187; va &#171;tez&#187; o&#8217;z holiga qaytuvchi turlarga bo&#8217;linadi. Masalan, yuqoridagi Burgutning yangisi &#171;tez&#187; yangi yulduz, 1934 yilda portlagan Gerkulesning yangisi esa &#171;sekin&#187; rivojlanuvchi yangi yulduz hisoblanadi. Ko&#8217;pchilik Yangi yulduzlar bizdan juda uzoqda joylashgan. Ularning mutlaq kattaliklari quyoshnikiga teng bo&#8217;lsa ham ko&#8217;rinish darajalari 10-15 marta kuchsiz hisoblanadi. Portlaganidan so&#8217;ng yangi yulduz asta-sekin o&#8217;zining dastlabki holatiga albatta qaytadi. Bizning Galaktikamizda kuzatiladigan Yangi yulduzlar paydo bo&#8217;lishi hodisasi va oddiy chaqnashi yiliga 20-30 tani tashkil qiladi. Aslida esa Galaktikamizda yiliga yuzdan ortiqYangi yulduzlar hodisasi sodir bo&#8217;ladi. Yangi yulduzlar qayta chaqnab yana &#171;yangi&#187; jarayon ro&#8217;y berishi mumkin. Masalan, Shim. tojning T si (1866, 1966 yillarda chaqnagan), kompasning T si (har 20 yilda chaqnab turadi) qayta Yangi yulduzlar hisoblanadi. Barcha yudduzlar portlashlari ichida eng samaralisi o&#8217;ta Yangi yulduzlarning portlashi hisoblanadi. Agar normal yangi yulduz portlaganda o&#8217;z ravshanligini taxminan 500 000 marta oshirsa , o&#8217;ta yangi yulduzning ravshanligi (chaqnashi) 100 000 000 marta oshadi. Uning maksimumdagi mutlaq qiymati kamida \u2014 16t,5 ga teng. Hisoblashlar va kuzatuvlarga ko&#8217;ra, Galaktikada o&#8217;ta yangi yulduz taxminan 400 yilda bir marta paydo bo&#8217;ladi. Yangi va o&#8217;ta Yangi yulduzlar hodisalari boshqa galaktika- larda yaxshi kuzatiladi. Salohiddin Nuritdinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YANGI YULDUZLAR \u2014 to&#8217;satdan portlaydigan, portlashi chaqnab ketish va qobig&#8217;ini tashlash bilan yuz beradigan hamda ushbu qobig&#8217;i juda katta tezlik (ko&#8217;pincha bir necha 100 kilometr\/sekunddan to 1000 kilometr\/sekundgacha) bilan kengayadigan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yangi-yulduzlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34634","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34634","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34634"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34634\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34637,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34634\/revisions\/34637"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34634"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34634"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34634"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}