{"id":35026,"date":"2022-11-21T11:05:23","date_gmt":"2022-11-21T08:05:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35026"},"modified":"2022-11-21T11:05:26","modified_gmt":"2022-11-21T08:05:26","slug":"yangiobod-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yangiobod-tumani\/","title":{"rendered":"YANGIOBOD TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>YANGIOBOD TUMANI \u2014 Jizzax viloyatidagi tuman. 1999 yil 30 aprelda tashkil qilingan. G&#8217;arbdan Zomin tumani, Janub, Sharq, shimoldan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,72 ming kilometr kvadrat. Aholisi 22,7 ming kishi (2005). Tumanda 5 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Xovos, Sarmich, Xo&#8217;jamushkent, Savat, Xavotog&#8217;) mavjud. Markazi \u2014 Balandchaqir qishlog&#8217;i. Tabiati. Tumanning shimol qismi pasttekislik, Janub qismi qir-adir va tog&#8217;lardan iborat. Yer yuzasi Janubga tomon ko&#8217;tarilib boradi. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi sovuqroq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 3\u00b0, iyulniki 28\u00b0. Yiliga 350 \u2014 360 millimetr yog&#8217;in tushadi. Tekislik va qirlarda bo&#8217;zqo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlar, Janubi sharqida chaqirtosh, qumtosh bilan qoplangan tepaliklar uchraydi. Tuman hududi, asosan, o&#8217;rqirdan iborat. Yovvoyi o&#8217;simliklardan sho&#8217;ra, yantoq, shuvoq, kovrak, ismaloq, yalpiz, qoqi, lolaqizg&#8217;aldoq, Lola, chuchmoma va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, chiyabo&#8217;ri, jayra, tipratikan, quyon; qushlardan burgut, bulbul, zog&#8217;cha va boshqalar yashaydi. Yangiobod tumanining Janub qismidagi qishloqlarda buloq suvlari chiqib turadi. Xo&#8217;jamushkent va Sarmich suv omborlari bor. Ekinzorlar Mirzacho&#8217;l kanalidan (nasoslar yordamida) sug&#8217;oriladi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 kilometr kvadratga 32,1 kishi. Xo&#8217;jaligi, asosan, qishloq xo\u2019jaligiga ixtisoslashgan (g&#8217;allachilik va chorvachilik yetakchi o&#8217;rinda). Kichik, o&#8217;rta va yirik biznes korxonalari, MTP, mikrofirmalar, qurilish korxonalari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari mavjud. 380 ga yaqin fermer xo&#8217;jaligi bor, shu jumladan, 350 tasi dehqonchilik, 27 tasi chorvachilik bilan shug&#8217;ullanadi. Shirkat xo&#8217;jaliklari mavjud. Tumanda 28,9 ming gektardan ziyod yer maydonida dehqonchilik qilinadi, shundan sug&#8217;oriladigan yerlar 4,1 ming gektar, lalmikor yerlar 24,9 ming gektar. Tokzorlar, bog&#8217;lar va boshqalar ko&#8217;p yillik daraxtzorlar, Xo&#8217;jamushkent o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi mavjud. Umumiy ta&#8217;lim maktablari, litsey, kasb- hunar kolleji, 5 klub, 7 kutubxona bor. Kasalxona (120 o&#8217;rin), 8 qishloq vrachlik punkti, 3 dorixona aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Balandchaqir \u2014 Yangiyer, Julangar \u2014 Yangiyer, Xo&#8217;jamushkent \u2014 Yangiyer yo&#8217;nalishlarida avtobuslar va Dashtobod, Jizzax, Xovos, Yangiyer shahar va shaharchalariga marshrutli taksilar qatnaydi. Yangiobod tumani hududida Xo&#8217;jamushkent bobo, Rustam bobo, Sayidon Aziz, Changaul ziyoratgohlari bor. 2000 yildan &#171;Yangiobod hayoti&#187; tuman gazeta nashr etiladi. Faxriddin Abdusattorov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YANGIOBOD TUMANI \u2014 Jizzax viloyatidagi tuman. 1999 yil 30 aprelda tashkil qilingan. G&#8217;arbdan Zomin tumani, Janub, Sharq, shimoldan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,72 ming kilometr kvadrat. Aholisi 22,7 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yangiobod-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-35026","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35026","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35026"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35026\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35027,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35026\/revisions\/35027"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35026"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35026"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35026"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}