{"id":35028,"date":"2022-11-21T11:17:28","date_gmt":"2022-11-21T08:17:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35028"},"modified":"2022-11-21T11:17:31","modified_gmt":"2022-11-21T08:17:31","slug":"yangiqorgon-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yangiqorgon-tumani\/","title":{"rendered":"YANGIQO&#8217;RG&#8217;ON TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>YANGIQO&#8217;RG&#8217;ON TUMANI \u2014 Namangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. G&#8217;arbdan Kosonsoy, Janubdan Namangan va Uychi tumanlari, shimoliy G&#8217;arb, shimoliy va Sharqda Qirg&#8217;iziston Respublikasi, Chortoq tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,54 ming kilometr kvadrat. Aholisi 166,7 ming kishidan ziyod (2005). Tumanda 1 shaharcha (Yangiqo&#8217;rg&#8217;on), 11 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bekobod, Birlashgan, Zarbdor, Zarkent, Istiqlol, Navkent, Navro&#8217;zobod, Nanay, Paromon, Sharq yulduzi, Qorapolvon) bor. Markazi \u2014 Yangiqo&#8217;rg&#8217;on shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi Chatqol tizmasining Janub etaklarida joylashgan. Yer yuzasi tekislik va adirlardan iborat. Balandligi Janubdan shimolga 300 metrdan, o&#8217;rta qismida 1500 metrgacha, shimolda 1500 \u2014 2000 metr. Foydali qazilmalardan neft, mahalliy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan qurilish materiallaridan shag&#8217;al, ohaktosh, gil tuproqlar bor. Iqlimi kontinental: yozi issiq va quruq, qishi sovuq. O&#8217;rtacha temperatura yanvarda \u2014 1\u00b0 dan -4&#8243; gacha, iyulda 25\u00b0 \u2014 26&#8243;. Eng past temperatura qishda -29\u00b0, eng yuqori temperatura yozda 40\u00b0. Yillik yog&#8217;in 300 \u2014 400 millimetr. Vegetatsiya davri 175 kun. Tog&#8217;lardan katta-kichik soylar oqib tushadi. Ularning ba&#8217;zilari yozda qurib qoladi. Eng yirik soylari: Chortoqsoy, Namangansoy (yuqori qismda Pochchaotasoy), Quruqsoy (Changach). Soylardan bahorda ba&#8217;zan kuchli sel keladi va xo&#8217;jaliklarga katta zarar yetkazadi. Ayrim joylarda selxonalar qurilgan. Soylar suvidan sug&#8217;orishda foydalaniladi. Tuprog&#8217;i, asosan, tipik bo&#8217;z tuproq, eng shimol chekkasida qisman to&#8217;q tusli bo&#8217;z tuproq. Shimoliy Sharqiy qismida qumlichaqir yerlar bor. Qishloq xo\u2019jaligiga yaroqli yerlar o&#8217;zlashtirilgan. Tabiiy o&#8217;simliklar, asosan, adirlarda saqlangan. Efemer o&#8217;tlar va butalar o&#8217;sadi. Adir o&#8217;simliklarini o&#8217;rganish va ularni boyitish bo&#8217;yicha O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika institutining tajriba uchastkasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, toshbaqa, turli xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan kaklik, ular va boshqalar yashaydi. Suvlarida har xil baliqlar bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar; shuningdek, tojik, qirg&#8217;iz, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 309 kishi. Shahar aholisi 16,1 ming kishi, qishloq aholisi 150,6 ming kishiga yaqin. Xo&#8217;jaligi. Tuman xo&#8217;jaligi, asosan, qishloq xo\u2019jaligiga ixtisoslashgan. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, g&#8217;isht, vino zavodlari, tikuv-trikotaj fabrikasi, atlas to&#8217;qish tsexlari, qurilish tashkilotlari, MTP, avtokorxona, non kombinati, dehqon bozori, savdo, madanis va maishiy xizmat qo&#8217;rsatish shoxobchalari bor. 300 ga yaqin yirik, o&#8217;rta biznes, kichik korxonalar, mikrofirmalar faoliyat ko&#8217;rsatadi. 3 qo&#8217;shma korxona mavjud. Qishloq xo\u2019jaligining yetakchi tarmog&#8217;i \u2014 paxtachilik. Sabzavotchilik, g&#8217;allakorlik va chorvachilik, meva yetishtirish ham rivojlangan. 628 fermer, 12 shirkat xo&#8217;jaligi ishlab turibdi. Ekin maydonlariga paxta, bug&#8217;doy, makkajo&#8217;xori, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari ekiladi. Mevazor va tokzorlar bor. 60 umumiy ta&#8217;lim maktabi, bolalar musiqa va sport maktablari, 2 litsey-internat, kasb-hunar kollejlari mavjud. Tuman Markaziy kutubxonasi, 17 klub muassasalari, madaniyat uylari, sport majmuasi ishlab turibdi. Tuman Markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona, 2 feldsherakusherlik punkti, 19 qishloq vrachlik punkti va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Tuman hududidan respublika ahamiyatidagi Chortoq \u2014 Nanay avtomobil trakti o&#8217;tgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YANGIQO&#8217;RG&#8217;ON TUMANI \u2014 Namangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. G&#8217;arbdan Kosonsoy, Janubdan Namangan va Uychi tumanlari, shimoliy G&#8217;arb, shimoliy va Sharqda Qirg&#8217;iziston Respublikasi, Chortoq tumani bilan chegaradosh. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yangiqorgon-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-35028","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35028","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35028"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35028\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35029,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35028\/revisions\/35029"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35028"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35028"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35028"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}