{"id":35101,"date":"2022-11-21T17:11:44","date_gmt":"2022-11-21T14:11:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35101"},"modified":"2022-11-21T17:11:47","modified_gmt":"2022-11-21T14:11:47","slug":"fuqarolarning-ozini-ozi-boshqarish-organlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fuqarolarning-ozini-ozi-boshqarish-organlari\/","title":{"rendered":"FUQAROLARNING O&#8217;ZINI O&#8217;ZI BOSHQARISH ORGANLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>FUQAROLARNING O&#8217;ZINI O&#8217;ZI BOSHQARISH ORGANLARI &#8212; fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bog&#8217;liq masalalarni hal qilishda mustaqil faoliyat olib borishini ta&#8217;minlashdir. O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105-modda) va &#171;fuqarolarning o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish organlari to&#8217;g&#8217;risida&#187; (yangi tahriri) O&#8217;zbekiston Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da Fuqarolarning o\u2019zini o\u2019zi boshqarish organlari huquqiy holati ko&#8217;rsatib o&#8217;tilgan. Ushbu qonunga ko&#8217;ra, Fuqarolarning o\u2019zini o\u2019zi boshqarish organlari quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining, shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yig&#8217;ini; fuqarolar yig&#8217;inining kengashi; fuqarolar yig&#8217;ini faoliyatining asosiy io&#8217;nalishlari bo&#8217;yicha komissiyalar; fuqarolar yig&#8217;inining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo&#8217;lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma&#8217;muriy komissiya. Fuqarolarning o\u2019zini o\u2019zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolarning o\u2019zini o\u2019zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega bo&#8217;ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro&#8217;yxatga olinishi kerak. O&#8217;zbekistonda 10 mingdan ortiq Fuqarolarning o\u2019zini o\u2019zi boshqarish organlari faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Fuqarolar yig&#8217;ini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini ta&#8217;minlagan hodda, umumiy, teng va to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yo&#8217;li bilan amalga oshiriladi. &#171;Fuqarolar yig&#8217;ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to&#8217;g&#8217;risida&#187; qonun qabul qilingan (2004 yil 29 aprel). Fuqarolar yig&#8217;ini \u2014 fuqarolar o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarishining yuqori organi bo&#8217;lib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yig&#8217;inida 18 yoshga to&#8217;lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. &#171;Fuqarolarning o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish organlari to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig&#8217;ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig&#8217;inining vakolatlari ko&#8217;rsatilgan. Fuqarolar yig&#8217;inining qarorlarini bajarish va fuqarolar o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish organlarining fuqarolar yig&#8217;inlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig&#8217;inining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yig&#8217;ini faoliyatining asosiy yo&#8217;nalishlari bo&#8217;yicha komissiyalarning raislari va yig&#8217;inning mas&#8217;ul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yig&#8217;inining kengashi tuziladi. Fuqarolarning o\u2019zini o\u2019zi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yig&#8217;inining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yig&#8217;ini kengashi o&#8217;z devoniga ega bo&#8217;lishi mumkin, uning xodimlari soni yig&#8217;in tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yig&#8217;inining raisi (oqsoqoli), mas&#8217;ul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yig&#8217;inining mablag&#8217;lari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablag&#8217;lari hisobiga ham ta&#8217;minlanishi mumkin. Taftish komissiyasi Fuqarolarning o\u2019zini o\u2019zi boshqarish organlari moliya-xo&#8217;jalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Ma&#8217;muriy komissiya ma&#8217;muriy huquqbuzarliklarga oid o&#8217;z vakolatlari doirasidagi ishlarni ko&#8217;rib chiqish uchun tuziladi. Fuqarolarning o\u2019zini o\u2019zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida respublika oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolarning o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish ishlari bo&#8217;yicha viloyat, tuman, shahar muvofiklashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. Fuqarolarning o\u2019zini o\u2019zi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi o&#8217;z mablag&#8217;laridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablag&#8217;laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag&#8217;lardan tashkil topadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FUQAROLARNING O&#8217;ZINI O&#8217;ZI BOSHQARISH ORGANLARI &#8212; fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bog&#8217;liq masalalarni hal qilishda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fuqarolarning-ozini-ozi-boshqarish-organlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-35101","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35101","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35101"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35101\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35110,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35101\/revisions\/35110"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35101"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35101"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35101"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}