{"id":35103,"date":"2022-11-21T17:09:14","date_gmt":"2022-11-21T14:09:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35103"},"modified":"2022-11-21T17:09:16","modified_gmt":"2022-11-21T14:09:16","slug":"fuqarolik-jamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fuqarolik-jamiyati\/","title":{"rendered":"FUQAROLIK JAMIYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>FUQAROLIK JAMIYATI &#8212; konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqgisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, ko&#8217;p partiyaviylik, siyosiy intlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta&#8217;minlanadigan hamda o&#8217;zinio&#8217;zi boshqarish organlarining mavqei baland bo&#8217;lgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, ma&#8217;naviy va huquqiy jihatdan o&#8217;z ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o&#8217;rnatadilar, davlatning ko&#8217;pgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini ta&#8217;minlash, pul-moliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich o&#8217;tish orqali ro&#8217;y beradi. Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning &#171;siyosat&#187; asarida bayon etilgan. Unga ko&#8217;ra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali ta&#8217;minlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning to&#8217;g&#8217;ri va adolatli bo&#8217;lishiga alohida e&#8217;tibor beriladi. Bu g&#8217;oyalar 17-asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs asarlarida takomillashtiriddi. 18-asr Buyuk frantsuz inqilobi davrida inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi e&#8217;lon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huquqli a&#8217;zolari \u2014 &#171;fuqarolar&#187; tushunchasi paydo bo&#8217;ldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan bog&#8217;langan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, Russo, Gegel, Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyatining yangidan-yangi qirralarini, umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi. Sharqda Fuqarolik jamiyatining o&#8217;ziga xos talqini mavjud. Bu, bevosita, axloq, madaniyat va ma&#8217;naviyatning huquq bilan uyg&#8217;unlashgan, fe&#8217;l-atvor, xatti-harakatlar va qoida-me&#8217;yorlarning uzviy uyg&#8217;unlashgan shakli bilan bog&#8217;liq. Jumladan, eng qadimgi madaniy tarixiy-huquqiy yodgorlik \u2014 Avestoda kishilarning uyushib yashashi, o&#8217;zaro munosabatlar va aloqalarning axloq va me&#8217;yorlarga tayanishi kabi g&#8217;oyalar ilgari surilgan. Bunda o&#8217;zo&#8217;zidan jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish, jamiyatni shaxs tomonidan emas, qonun boshqarishi kabi Fuqarolik jamiyatining ilk belgilari namoyon bo&#8217;lgan. Forobiyning &#171;Fozil odamlar shahri&#187; asarida mamlakatni boshqarishda adolatli qonun zarurligi, faol Fuqarolik jamiyatini shakllantirish mohiyati chuqur tahlil etilgan. Qonunlari mukammal bo&#8217;lgan mamlakatda adolat, inson huquqlari ustuvor bo&#8217;lishi muqarrar ekanligi bayon qilib berilgan. Forobiyga ko\u2019ra, &#171;shahar (mamlakat) aholisi xushxulqqa ega bo&#8217;lmagan taqdirda hokimiyatga ehtiyoj tug&#8217;iladi&#187;, jinoyatchilik, bezorilik, qonunbuzarlik qonunlar zaif, aholi axloqiyma&#8217;naviy jihatdan barkamol bo&#8217;lmagan sharoitda avj oladi. Bunday xalqni tartibga chaqirish uchun kuchli ta&#8217;sir o&#8217;tkazuvchi hokimiyat kerak bo&#8217;ladi. Bu kabi g&#8217;oyalar Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqalar tomonidan ham ilgari surilgan va amaliyotda keng qo&#8217;llanilgan. Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida Fuqarolik jamiyatini hozirgi zamonaviy tushunish shakllandi. Unga ko&#8217;ra, Fuqarolik Jamiyatida mulkchilik shakllarining xilma-xil va teng bo&#8217;lishi, mehnat va tadbirkorlikning erkinligiga yo&#8217;l qo&#8217;yilishi, mafkuraviy xilma-xillik va axborot erkinligi, inson huquq va erkinliklarining daxlsizligi, rivojlangan o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish, madaniylashgan huquqiy hokimiyat bo&#8217;lishi hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi ta&#8217;minlanishi muhim hisoblanadi. O&#8217;zbekistonda Fuqarolik Jamiyatini kurish tarixiy an&#8217;ana bo&#8217;lsada, u butunlay yangi tarixiy sharoitlarda jahon davlatchiligi ilgor tajribalari va ko&#8217;p ming yillik milliy an&#8217;analarning sintezi sifatida dunyoga kelmokda. Ya&#8217;ni erkinlik va axloq, ozodlik va tarbiya, qonunga itoatkorlik va siyosiy huquqiy faollik, Hurriyat va qatiy tartib-intizom uyg&#8217;unligida Fuqarolik Jamiyati shakllantirilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FUQAROLIK JAMIYATI &#8212; konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqgisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fuqarolik-jamiyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-35103","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35103","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35103"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35103\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35104,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35103\/revisions\/35104"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35103"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35103"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35103"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}