{"id":35600,"date":"2022-11-23T16:18:21","date_gmt":"2022-11-23T13:18:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35600"},"modified":"2022-11-23T16:18:24","modified_gmt":"2022-11-23T13:18:24","slug":"fuqaro-mudofaasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fuqaro-mudofaasi\/","title":{"rendered":"FUQARO MUDOFAASI"},"content":{"rendered":"\n<p>FUQARO MUDOFAASI \u2013 aholini dushmanning ehtimol tutilgan havo hujumidan himoya qilish va xalq xo&#8217;jaligining barqaror ishlab turishini ta&#8217;minlash uchun o&#8217;tkaziladigan umumdavlat tadbirlari tizimi. 20-asrning 50\u2014 60-yillarida yirik davlatlarda tashkil etilgan. Fuqaro mudofaasining maxsus boshqaruv organlari, qo&#8217;shinlari, harbiylashtirilgan va harbiylashtirilmagan qismlari (bu qismlar mehnatga yaroqli aholi hisobidan tuziladi) bo&#8217;lgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi hukumati 1991 yilda Turkiston harbiy okrugi Fuqaro mudofaasi shtabi va uning joylardagi bo&#8217;linmalari bo&#8217;lmish ilgarigi Fuqaro mudofaasi tizimini qayta ko&#8217;rib chiqib, uni fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirdi. Ushbu tizimdan harbiy va militarizatsiya yo&#8217;nalishi chiqarib tashlandi. Ayni paytda uning inson xavfsizligini ta&#8217;minlash, hayoti va sog&#8217;lig&#8217;iga taxdidning oldini olish borasidagi vazifalari kengaytirildi. Bu tizim Mudofaa ishlari bo&#8217;yicha vazirlik tarkibiga Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sifatida kiritildi. Prezident I. A. Karimov so&#8217;zlariga ko&#8217;ra, Fuqaro mudofaasi birinchidan, faqat xabardor qilish bilan shug&#8217;ullanib qolmay, balki ilmiy ma&#8217;lumotlardan, tarixiy tajribalardan, gidrometeomarkaz axborotlaridan, O&#8217;zbekiston hududining geologik o&#8217;ziga xos tomonlaridan foydalangan holda favqulodda vaziyatlarni bashorat qila olishlari, odamlar xavfsizligini ta&#8217;minlash va ob&#8217;yekt lar barqarorligini oshirish borasida tavsiyalar berishlari darkor. Ikkinchidan Fuqaro mudofaasi tashkilotlarining ko&#8217;rsatmalari barcha vazirliklar, boshqarmalar, mahalliy hokimiyat tizimlari, fuqarolar tomonidan bekamu ko&#8217;st bajarilishi lozim. Uchinchidan, Fuqaro mudofaasi tizimlari faqat ko&#8217;rsatmalar berish bilan chegaralanib qolmay, balki harbiylar sifatida rahbarlarni, fuqarolarni taklif etilgan muhandislik-texnik va profilaktik tadbirlarni bajarishga majbur etishlari va ushbu ishlarni tashkil etishlari lozim. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi farmoniga binoan, aholini va xalq xo&#8217;jaligi ob&#8217;ektlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, respublikada tabiiy va texnogen tusdagi favqulodsa vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida O&#8217;zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida O&#8217;zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil qilingan. Islom Inoyatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FUQARO MUDOFAASI \u2013 aholini dushmanning ehtimol tutilgan havo hujumidan himoya qilish va xalq xo&#8217;jaligining barqaror ishlab turishini ta&#8217;minlash uchun o&#8217;tkaziladigan umumdavlat tadbirlari tizimi. 20-asrning 50\u2014 60-yillarida yirik davlatlarda tashkil etilgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fuqaro-mudofaasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-35600","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35600","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35600"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35600\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35604,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35600\/revisions\/35604"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35600"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35600"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35600"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}