{"id":3576,"date":"2021-10-11T13:39:26","date_gmt":"2021-10-11T10:39:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3576"},"modified":"2021-10-11T13:39:27","modified_gmt":"2021-10-11T10:39:27","slug":"azot-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/azot-nima\/","title":{"rendered":"Azot nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Barcha tirik jonzotlar azotga ehtiyoj sezadi, chunki azot o&#8217;simlik, odamzot va hayvonlar organizmida muhim rol o&#8217;ynaydi. Azot inson tanasi uchun qurilish materiallar bo&#8217;lib xizmat qiluvchi oqsillar tarkibiga kiradi. Bu moddalarsiz hech bir mavjudot o&#8217;smaydi, jarohatlarini tuzata olmaydi va yemirilgan to&#8217;qimalarini qayta tiklay bilmaydi. Biz nafas olayotgan havoning tarkibida 78 foiz azot bor, yer yuzining har bir kvadrat kilometriga 12 500 000 tonnagacha azot to&#8217;g&#8217;ri keladi. Azot \u2014 bu, rangsiz, ta&#8217;msiz va hidsiz gazdir. U suvda biroz eriydi. Juda past darajadagi haroratda yoki yuqori bosimda azot suyuqlikka aylanadi. Odatdagi atmosfera bosimi sharoitida 210 tselsiy darajasida azot suyuq holatga o&#8217;tadi. Daf&#8217;atan, havoning tarkibida bu qadar ko&#8217;p azot bor ekan, tirik mavjudotlar uchun azot olish muammosi bo&#8217;lishi mumkin emasdek tuyuladi. Aslida esa tabiatda faqat dukkaklilar oilasiga mansub o&#8217;simliklargina havodagi azotni bevosita yutish qobiliyatiga ega. Barcha qolgan tirik organizmlar, shu jumladan, odamlar ham sof azotni o&#8217;zlashtira olmaydi. Kerakli azotni olish uchun odamlar o&#8217;simliklarning ayrim to&#8217;rlaridan yoki o&#8217;txo&#8217;r hayvonlarning go&#8217;shtidan tayyorlangan oqsilli ozuqalarni iste&#8217;mol qiladilar. Biz nafas olar ekanmiz, havo tarkibida mavjud azotni ham qabul qilamiz. Biroq azot, kisloroddan farqli o&#8217;laroq, bizning o&#8217;pkamiz tomonidan o&#8217;zlashtirilmaydi va shu boisdan uni shunchaki nafas yo&#8217;li orqali orqaga qaytaramiz. Biroq atmosferada azotning mavjudligi sababli biz kislorodni haddan ziyod qabul qilmaymiz. Kislorodning ozligi inson uchun qanchalik xavfli bo&#8217;lsa, uning me&#8217;yordan ortiqchaligi ham shu qadar xavflidir. Boshqa jonzotlar to&#8217;g&#8217;risida gapiradigan bo&#8217;lsak, ular ham azotni turli boshqa elementlar bilan birikmalar holida qabul qiladi: o&#8217;simliklar \u2014 tuproqdan, hayvonlar \u2014 o&#8217;simliklardan, yoki boshqa hayvonlardan o&#8217;zlashtiradi. Azot boshqa elementlar bilan katta qiyinchiliklarga uchrab o&#8217;zaro ta&#8217;sirga kirishadi. Masalan, tabiatdagi kislorod bilan momaqaldiroq paytida g&#8217;oyat baland harorat hosil etuvchi keskin chaqmoqlar alangasidagina o&#8217;zaro reaktsiyaga kirishadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Barcha tirik jonzotlar azotga ehtiyoj sezadi, chunki azot o&#8217;simlik, odamzot va hayvonlar organizmida muhim rol o&#8217;ynaydi. Azot inson tanasi uchun qurilish materiallar bo&#8217;lib xizmat qiluvchi oqsillar tarkibiga kiradi. Bu moddalarsiz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/azot-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3576","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3576","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3576"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3576\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3577,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3576\/revisions\/3577"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3576"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3576"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3576"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}