{"id":35966,"date":"2022-11-25T08:29:09","date_gmt":"2022-11-25T05:29:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35966"},"modified":"2022-11-25T08:29:11","modified_gmt":"2022-11-25T05:29:11","slug":"farzandlikka-olish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/farzandlikka-olish\/","title":{"rendered":"FARZANDLIKKA OLISH"},"content":{"rendered":"\n<p>FARZANDLIKKA OLISH &#8212; ota-onasining homiyligidan mahrum bo&#8217;lgan bolalarni tarbiyaga olish va farzandlikka olinuvchi bilan farzandlikka oluvchi o&#8217;rtasidagi, ota-ona bilan bolalar o&#8217;rtasidagi mavjud huquqiy (shaxsiy va mulkiy) munosabatlarni belgilash. O&#8217;zbekiston Respublikasining Oila kodeksida otaona qaramog&#8217;idan mahrum bo&#8217;lgan va yetim bolalar, ayni vaqtda, faqat voyaga yetmagan bolalarnigina ularning manfaatlarini ko&#8217;zlab farzandlikka olinishi ko&#8217;rsatilgan. Farzandlikka olish bolani Farzandlikka olishni istagan shaxslarning arizasiga binoan hamda vasiylik va homiylik organi (xalq ta&#8217;limi, sogliqni saklash, ijtimoiy ta&#8217;minot bo&#8217;limlari, vasiylik va xomiylik organlari) tavsiyasiga ko&#8217;ra, tuman (shahar) hokimi qarori bilan rasmiylashtiriladi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiklangan &#171;Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari&#187;da belgilanishicha, FXDYO organi qabul qilingan hujjatlar asosida tug&#8217;ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o&#8217;zgartishlarni kiritadi va tug&#8217;ilganlik haqida yangi guvohnoma beradi. Farzandlikka oluvchilar bolaning tug&#8217;ilishi qayd etilgan daftarga uning otaonasi deb yozilishi kerak. Bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tug&#8217;ilgan sanasi ham bir yildan ortiq bo&#8217;lmagan farq bilan o&#8217;zgartirilishi mumkin. Agar bola 10 yoshdan oshmagan bo&#8217;lsa, tug&#8217;ilgan joyi ham O&#8217;zbekiston Respublikasi doirasida o&#8217;zgartirilishiga yo&#8217;l qo&#8217;yiladi. Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo&#8217;lishi mumkin. Quyidagi shaxslar farzandlikka oluvchilar bo&#8217;lmaydilar; ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar; qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganlar; asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro&#8217;yxatda turuvchilar; farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar; qasddan sodir qilingan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar. Qonun o&#8217;gay ota va o&#8217;gay ona tomonidan Farzandlikka olish hollaridan tashqari holatlarda farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq 15 yoshdan kam bo&#8217;lmasligini shart qilib qo&#8217;yadi. Farzandlikka olinuvchining qarindoshlari, farzandlikka olinuvchi oilasida yashayotgan shaxs, akauka, opa-singillarni ular o&#8217;rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar, o&#8217;gay ota va o&#8217;gay ona, O&#8217;zbekiston Respublikasi fuqarolari, kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar Farzandlikka olishda ustunlik huquqiga egadirlar. Qoida tariqasida, 10 yoshga to&#8217;lgan bolani Farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi. Bolaning roziligi vasiylik va homiylik organi tomonidan anikdanadi. Bolani Farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi. Ammo quyidagi hollarda otaonaning roziligisiz Farzandlikka olishga yo&#8217;l qo&#8217;yiladi: otaonaning kimligi noma&#8217;lum bo&#8217;lsa; ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo&#8217;lsa; ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo&#8217;qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e&#8217;lon qilingan bo&#8217;lsa; otaona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo&#8217;lsa. Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining o&#8217;z bolalariga tenglashtiriladi. Ayni vaqtda farzandlikka olinganlar va ularning otaonasi (shuningdek, qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarni yo&#8217;qotadilar hamda o&#8217;zaro majburiyatlardan ozod bo&#8217;ladilar. Farzandlikka olish sirini oshkor qilish tegishli ravishda jinoiy javobgarlikka olib keladi. Shoira Yo&#8217;ldosheva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FARZANDLIKKA OLISH &#8212; ota-onasining homiyligidan mahrum bo&#8217;lgan bolalarni tarbiyaga olish va farzandlikka olinuvchi bilan farzandlikka oluvchi o&#8217;rtasidagi, ota-ona bilan bolalar o&#8217;rtasidagi mavjud huquqiy (shaxsiy va mulkiy) munosabatlarni belgilash. O&#8217;zbekiston Respublikasining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/farzandlikka-olish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-35966","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35966","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35966"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35966\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35970,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35966\/revisions\/35970"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35966"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35966"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35966"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}