{"id":3606,"date":"2021-10-11T16:42:00","date_gmt":"2021-10-11T13:42:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3606"},"modified":"2021-10-11T16:42:01","modified_gmt":"2021-10-11T13:42:01","slug":"asfalt-qanday-paydo-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/asfalt-qanday-paydo-bolgan\/","title":{"rendered":"Asfalt qanday paydo bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Siz asfaltni ko&#8217;z ochib dunyoni ko&#8217;rganingizdan beri bilasiz \u2014 asfalt yo&#8217;lkalar bo&#8217;ylab chopqillagansiz, velosipedda kezgansiz va asfalt yo&#8217;llar bo&#8217;ylab avtomobilda sayohat qilgansiz. Lekin siz asfaltdan qadimgi odamlar ham foydalanganligini eshitganmisiz? O&#8217;zining suvga chidamliligi tufayli asfalt qadimgi Bobil mamlakatida ham ma&#8217;lum bo&#8217;lgan, faqat u zamonlarda asfaltni &#171;smola&#187; deb atashgan. Keyinchalik uni qadimgi Rimda &#171;bitum&#187; deb nomlashgan. Asfalt bilan hovuzlar va suzish basseynlarining tagini suv oqib ketmasligi uchun mahkam qilib suvashgan. Asfalt \u2014 qoramtir-jigarrang yoki timqora tusli ma&#8217;daniy moddadir. Yerda u suyuq va qattiq holatda uchraydi. Asfalt xom neftning tarkibida ham mavjud. Qizitilganda asfalt yumshaydi, keyin suyuqlikka aylanadi va sovugach qayta boshdan qattiq holatga o&#8217;tadi. Asfaltning tarkibida vodorod va uglerod bor. Asfaltning ikki xili mavjud \u2014 tabiiy va neft tarkibidagi asfalt. Tabiiy asfalt yer sirtiga uzala tushgan qatlam ko&#8217;rinishida uchraydi. Neftli asfalt zamonaviy neftni qayta ishlash zavodlarida xom neftni qayta ishlash jarayonida olinadi. Tabiiy asfalt neftdan hosil bo&#8217;lib, u qum va toshloq yer tuprog&#8217;idan sizib yuqoriga ko&#8217;tariladi. Sof asfalt va bitum toshloq yerlar bag&#8217;rida saqlanib qoladi. Trinidad orolida dunyodagi eng yirik asfalt ko&#8217;li bor. Bu ko&#8217;l 40 gektar kenglikka yoyilgan bo&#8217;lib, chuqurligi 30 metrdan oshadi. 1876 yilda AQSh poytaxti Vashington ko&#8217;chalariga asfalt yotqizilganida uning asosiy qismi o&#8217;sha Trinidad orolidan olib keltirilgan edi. Zamonaviy ko&#8217;priklar uchun asfalt-tsement ishlatilmoqda. U tosh va qumlarni mustahkam jipslashtiradi, shuningdek yo&#8217;l badaniga suvni singdirmaydi. Asfaltsement egiluvchan xossaga ega bo&#8217;lganligi tufayli og&#8217;ir vazn ta&#8217;sirida bukiladi, ammo sinmaydi. Aeroportlarning uchish yo&#8217;llari uchun alohida pishiq asfalt ishlatiladi, chunki ayrim tayyoralarning og&#8217;irligi 140 tonnadan ham ortiqroqdir. Xuddi shunday asfalt og\u2019irligi 45 tonnadan ziyod yuk avtomobillari yuradigan yo&#8217;llarni qurishda ham ishlatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Siz asfaltni ko&#8217;z ochib dunyoni ko&#8217;rganingizdan beri bilasiz \u2014 asfalt yo&#8217;lkalar bo&#8217;ylab chopqillagansiz, velosipedda kezgansiz va asfalt yo&#8217;llar bo&#8217;ylab avtomobilda sayohat qilgansiz. Lekin siz asfaltdan qadimgi odamlar ham foydalanganligini eshitganmisiz? &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/asfalt-qanday-paydo-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3606","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3606","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3606"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3606\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3607,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3606\/revisions\/3607"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3606"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3606"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3606"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}