{"id":3681,"date":"2021-10-12T11:10:12","date_gmt":"2021-10-12T08:10:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3681"},"modified":"2021-10-12T11:10:14","modified_gmt":"2021-10-12T08:10:14","slug":"dinamit-qay-tariqa-olingan-edi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dinamit-qay-tariqa-olingan-edi\/","title":{"rendered":"Dinamit qay tariqa olingan edi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Bashariyat tarixidagi burilish nuqtalarini yuzaga keltirgan voqea-hodisalar ozmuncha emas, lekin, shak-shubhasiz, ulardan eng esda qoladiganlaridan biri portlovchi moddalarning yaratilishidir. O&#8217;q-dorini miloddan ancha oldin xitoyliklar ixtiro etgan, degan fikr an&#8217;anaviy tus olgan. Yevropaliklar XIV asrdan e&#8217;tiboran undan foydalana boshlashgan? Biroq aynan shundan keyingina ular butun dunyoga o&#8217;z ta&#8217;sirini ko&#8217;rsata boshladi. Eski usulda tayyorlangan o&#8217;q-dori \u2014 kaliy tuzi (selitra), pista ko&#8217;mir va oltingugurt aralashmasidan iborat edi. Bu, XIX asrning deyarli oxirlariga qadar eng keng tarqalgan portlovchi modda edi. 1845 yilda olmon kimyogari Shenbayn paxta tolasini to&#8217;yingan azot va oltingugurt kislotasi aralashmasi bilan qayta ishladi. Natijada oppoq tolasimon, paxtaga o&#8217;xshash va hozirgi kunda nitrosellyuloza yoki piroksilin deb ataluvchi mahsulot olindi. U o&#8217;q-doriga nisbatan ko&#8217;proq portlovchan modda edi. Deyarli aynan o&#8217;sha kezlarda italiyalik Antonio Sobrero glitserin bilan tajriba qilib ko&#8217;rdi. U glitserinni to&#8217;yingan azot va oltingugurt kislotasi qorishmasi ustiga ehtiyotkorlik bilan tomizg&#8217;iladi. Natijada biroz miqdorda nitroglitserin olinib, u hatto piroksilindan yanada o&#8217;tkirroq portlovchi moddaga aylandi. Oradan 20 yil o&#8217;tib, shved kimyogari Alfred Nobel o&#8217;tkazgan tajribalar oqibatida kutilmaganda dinamit yaratildi. U nitroglitserin ustida tajriba olib boradi, chunki bu moddani ishlab chiqarish jarayonida yoki uni transportga yuklashayotganlarida o&#8217;z-o&#8217;zidan portlab ketar edi. Garchi Nobel nitroglitserinni hosil qilishning birmuncha xavf-xatarsiz usulini topgan bo&#8217;lsa-da, u bilan ishlash baribir kutilmagan natijalarga olib kela boshladi. Bir kuni Nobel nitroglitserinning bir necha bidonini diatomit (vulqondagi yumshoq tabiiy jinslar) solingan qutidan olar ekan, bidonlardan birida yoriq paydo bo&#8217;lganini ko&#8217;rib qoladi. Undan oqib tushgan nitroglitserin diatomit bilan aralashib qattiq sotishmani hosil qildi. U larzaga keltirish kuchi ancha past bo&#8217;lgan portlovchi moddaga aylangan edi. Odatdagi bir hodisa, shu tariqa, dinamitning kashf etilishiga olib keldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bashariyat tarixidagi burilish nuqtalarini yuzaga keltirgan voqea-hodisalar ozmuncha emas, lekin, shak-shubhasiz, ulardan eng esda qoladiganlaridan biri portlovchi moddalarning yaratilishidir. O&#8217;q-dorini miloddan ancha oldin xitoyliklar ixtiro etgan, degan fikr an&#8217;anaviy tus &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dinamit-qay-tariqa-olingan-edi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3681","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3681","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3681"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3681\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3682,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3681\/revisions\/3682"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3681"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3681"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3681"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}