{"id":37227,"date":"2022-12-07T11:04:30","date_gmt":"2022-12-07T08:04:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=37227"},"modified":"2022-12-07T11:04:32","modified_gmt":"2022-12-07T08:04:32","slug":"furqat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/furqat\/","title":{"rendered":"FURQAT"},"content":{"rendered":"\n<p>FURQAT (taxallusi; asl ism-sharifi Zokirjon Mullo Holmuhammad o&#8217;g&#8217;li) (1859, Qo&#8217;qon -1909, Yorkend) \u2014 taraqqiyparvar shoir, mutafakkir, publitsist. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, Arab tilini o&#8217;rgangan. Madrasada o&#8217;qigan (1873-76). Alisher Navoiy ijodini, fors adabiyoti namoyandalari merosini chuqur o&#8217;rgangan, fors tilini mukammal o&#8217;zlashtirgan. 1876 yilda yangi Marg&#8217;ilon (hozirgi Farg&#8217;ona) shahridagi savdogar tog\u2019asining iltimosiga ko&#8217;ra u yerga borib, savdo ishlarida unga yordamlashgan, keyinchalik o&#8217;zi ham kichik do&#8217;kon ochgan. Ayni paytda bilimdon ziyoli sifatida kishilarning arz va iltimoslarini rasmiy mahkamalarga arizalar shaklida bitib, mirzalik ham qilgan. Furqat Yangi Marg&#8217;ilonda ijodkor sifatida to&#8217;la shakllandi, o&#8217;z g&#8217;azallariga &#171;Furqat&#187; taxallusini qo&#8217;yib, Shuhrat qozona boshladi. Bu yerda o&#8217;tkazilgan yillar Furqatning xalqchil dunyoqarashi, ilg&#8217;or adabiy-estetik tushunchalarining shakllanishida ham muhim bir bosqich bo&#8217;ldi. 80-yillarning boshlarida Furqat Qo&#8217;qonga qaytib, oila quradi va, asosan, ijodiy ish bilan shug&#8217;ullanadi. Muqimiy va Muhyi yetakchi bo&#8217;lgan Zavqiy, Nodim, Nisbat, Muhayyir kabi ijodkorlar guruhi bilan bevosita muloqotda bo&#8217;ladi, ular uyushtirib turadigan adabiy majlislar, she&#8217;riyat kechalarining faol ishtirokchisiga aylanadi. Furqatning Qo&#8217;qondagi bu davr ijodi tur va mavzu, mazmun va shakl rang-barangligi jihatidan ham, sermahsulligi jihatidan ham diqqatga sazovor. U mumtoz she&#8217;riyat an&#8217;analari ruhida ko&#8217;plab ishqiy g&#8217;azallar, muxammaslar yaratgan. Alisher Navoiy asarlariga go&#8217;zal Nazira va taxmislar bog&#8217;lagan, uning she&#8217;rlarida ijtimoiy ruh va zamonaviylik tobora keng o&#8217;rin egallay boshlagan (masalan, &#171;bo&#8217;ldi&#187; radifli muxammasi va boshqa she&#8217;rlarida). Furqat xalqning siyosiy huquqsizligi va iqtisodiy nochor ahvolidan qayg&#8217;irgan (&#171;ne jurm o&#8217;ttiki bizdin, bunchalik Farg&#8217;ona tang bo&#8217;ldi?&#8230;&#187;) Qo&#8217;qon xonligining uzilkesil tugatilib, batamom mustamlakaga aylantirilishi voqeasiga bog&#8217;liq holda yaratilgan: &#171;Demish xon bir kunikim, davru davronlar qayon qoldi?&#187;misrasi b-n boshlanuvchi muxammasi ham Furqatning shu davrdagi ijodi mahsulidir. Toju taxtdan, sha&#8217;nu Shavkat va a&#8217;yonlardan maxrum bo&#8217;lgan Xudoyorxon nomidan bitilgan bu asar ham shoir ijodida zamonaviy ijtimoiy mavzu keng o&#8217;rin egallaganinint isbotidir. Furqatning ijodiy merosida an&#8217;anaviy she&#8217;riy turlar, o&#8217;zbek mumtoz adabiyotidagi asosiy mavzular yetakchi o\u2019rin egallaydi. Uning g&#8217;azal va muxammaslari, bog&#8217;lagan taxmislari uzining hayotiyligi, musiqiyligi, nihoyatda samimiyligi bilan o&#8217;quvchini maftun etadi. Furqat she&#8217;rlarida onayurt tabiati va bahor go&#8217;zalligi, jo&#8217;shqin sevgi-muhabbat va chin insoniy fazilatlar, hayot shodliklaridan quvonish va turmush tashvishlaridan shikoyat qilish, umuman, odam va olam, kishilarning ma&#8217;naviy dunyosi, mehri va qahri yaqqol tasvirlangan. Masalan, &#171;Bahor ayyomida gulgasht etarga bir chaman bo&#8217;lsa&#187;, &#171;umr xush o&#8217;tmas bahor ayyomi sahro bo&#8217;lmasa&#187;, &#171;Surmadin ko&#8217;zlar qaro, qo&#8217;llar xinodin lolarang&#187;, &#171;Jannatning gullaridan gulzoringiz chiroylik&#187;, &#171;Ko&#8217;ngul dardig&#8217;a topmay boraman hargiz davo istab&#187;, &#171;fasli Navbahor o&#8217;ldi ketubon zimistonlar&#187; kabi misralar bilan boshlanuvchi g&#8217;azallari, &#171;yetti falak&#187;, &#171;Biri&#187;, &#171;istar ko&#8217;ngul&#187;, &#171;do&#8217;st&#187;, &#171;kokulung&#187; radifli muxammaslari, Navoiy g&#8217;azallariga taxmislari davr she&#8217;riyatining ham g&#8217;oyaviy, ham badiiy jihatdan etuk namunalari hisoblanadi. Furqat she&#8217;riyatida mustamlaka tuzumining illatlarini qoralash, joriy adolatsizlik va zo&#8217;ravonlikdan, huquqsizlik va nochor hayotdan, nodonlarning zamonada e&#8217;tibor topib, donolarning xorzor etilishidan norozilik esda qolarli badiiy bo&#8217;yoqlarda tasvirlangan. &#171;Charxk kajraftorning bir shevasidan dog&#8217;men: Ayshni nodon surub, kulfatni dono tortadur&#187; kabi barkamol misralar shoir ijodidagi ijtimoiy yo&#8217;nalishni aks ettiradi. &#171;Bormasmiz&#187; radifli she&#8217;rida esa o&#8217;zbek milliy ruhiyati badiiy ifodalangan. Mashhur &#171;Sayding qo&#8217;yaber, Sayyod&#8230;\u00bb musaddasida esa shoir shaxsning erkin yashash huquqini himoya qiladi, zulm va istibdodni qat&#8217;iy qoralaydi. Furqat xuddi shu yillarda &#171;xammomi xayol&#187; risolasini yozadi. &#171;Chor darvesh&#187; hikoyatini forschadan tarjima qiladi. &#171;Nuh manzar&#187; nomli she&#8217;riy kitob yaratadi. &#171;Bulardin bo&#8217;lak har xil g&#8217;azaliyotim Farg&#8217;ona muzofotig&#8217;a (ya&#8217;ni, yonatrof qishloqshaharlariga) va digar mamlakatlarga muntashir (mashhur) bo&#8217;ldi&#187;, deb yozadi shoir. Xuddi shu yillarda Furqat ilk bor she&#8217;rlarini to&#8217;plab, majmua holiga ham keltirgan. Afsuski, shoirning o&#8217;zi qayd etgan risola, manzuma va tarjimalari kabi bu majmua ham shu kunga qadar topilgan emas. Furqat taxminan 1886-87 yillarda Marg&#8217;ilonga borib, u yerdagi masjidi jome hujrasida istiqomat qilgan, yoru birodarlari ko&#8217;magida kichik do&#8217;kon ochgan bo&#8217;lsada, asosan, she&#8217;riyat bilan shug&#8217;ullangan, shaharning ziyolilari, jumladan, Xo&#8217;jajon Rojiy, Muhammad Umar Ulshdmy Havoiy, Mulla Toshboltu Royiq kabi ijodkorlar bilan tanishib, adabiy suhbatlar qurgan. Furqat ilk bor gazeta bilan tanishib, uning &#171;Toshkent shahrida bosma bo&#8217;lg&#8217;on&#187;ligini shu yerda biladi. Yangilikka chanqoq, taraqqiyparvar shoirda ijtimoiy hayotda yuz bergan o&#8217;zgarishlarga, sekin-asta yoyila borayotgan fan va texnika namunalariga qiziqish uyg&#8217;onadi, yangiliklar bilan bevosita tanishish, o&#8217;z ko&#8217;zi bilan ko&#8217;rish ishtiyoqi zo&#8217;rayadi. 1889 yil boshlarida Toshkent safariga chiqadi, Xo&#8217;jandda to&#8217;xtab, Toshxo&#8217;ja Asiriy boshliq shoirlar, adabiyot muxlislari bilan uchrashadi, adabiy kechalarda ishtirok etadi. Nihoyat, 1889 yilning iyunida Toshkentga keladi. Toshkentdagi Ko&#8217;kaldosh madrasasi hujralaridan birida yashaydi. Ko&#8217;zga ko&#8217;ringan olim, fozillar bilan tanishadi. Sharifxo&#8217;ja eshon tavsiyasi bilan ma&#8217;lum muddat &#171;Farhat&#187; (shodlik, xursandlik) taxallusida she&#8217;rlar yozadi, lekin ko&#8217;p o&#8217;tmay, eski taxallusiga qaytadi. Furqat Toshkentda rus ziyolilari, yevropacha hayot tarzi bilan tanishdi. Chor ma&#8217;murlari shoirning teatr, gimnaziyaga, turli kontsertlarga kiritishni uyushtirdilar, ko&#8217;rgazmalarga olib bordilar. Yangi tarixiy sharoit tufayli yuz bergan o&#8217;zgarishlarni mushohada etish natijasida Furqat dunyoqarashida jiddiy o&#8217;zgarish bo&#8217;ladi va bu hol uning ijodida o&#8217;z badiiy ifodasini topadi \u2014 ma&#8217;rifatparvarlik, evropacha ilmmadaniyat, fan-texnikaga xayrixohlik shoir she&#8217;rlarining etakchi g&#8217;oyasiga aylana boradi. Bu esa Furqatning ko&#8217;p asrli o&#8217;zbek adabiyotiga yangi mavzular, yangi g&#8217;oyalar olib kirishiga zamin bo&#8217;ldi. Toshkentda ochilgan yerlar gimnaziyasi, maorif muassasalari, madaniyat va san&#8217;at o&#8217;choqlarini, tobora ko&#8217;proq kirib kelayotgan fan-texnika yangiliklarini kuzatish oqibatida uning &#171;Ilm xosiyati&#187;, &#171;gimnaziya&#187;, &#171;Vistavka xususida&#187;, &#171;AKT Majlisi xususida&#187;, &#171;Toshkent shaxrida bo&#8217;lg&#8217;on nag&#8217;ma bazmi xususida&#187;, &#171;Suvorov&#187; va boshqa asarlari maydonga keldi va ularning barchasi 1890 yillarda &#171;Turkiston viloyatining gazeti&#187;da chop qilindi. Bu turkum asarlarida Furqat yangilik va taraqqiyotning, ilm-fan va yevropacha maorif-madaniyatning targ&#8217;ibotchisi sifatida namoyon bo&#8217;ladi; o&#8217;z vatandoshlarini zamonaviy bilimlarni puxta egallashga va ilg&#8217;or xalqlar qatoridan o&#8217;rin olishga da&#8217;vat etadi. Biroq Furqat ayrim zamondoshlari singari rus istilochilik siyosatining asl mohiyatini birdaniga anglay olmadi. Rus, Yevropa madaniyatparvarligi orqasida mahalliy ruslashtirish siyosati pinhon ekanligini so&#8217;ngroq tushunib etdi. Xuddi shu yillarda yaratilgan &#171;shoir ahvoli va she&#8217;r mubolag&#8217;asi xususida&#187; asarida Furqat ijodkor va badiiy adabiyot xususida ran ochib, she&#8217;riyatda realistik tasvir masalasini ko&#8217;tardi. Furqat haqli ravishda o&#8217;zbek publisistikasining asoschilaridan biri xisoblanadi. Furqatning publisist sifatidagi faoliyati 1890 yildan boshlandi. &#171;Turkiston viloyatining gazeti&#187;ga rasman ishga kirdi, gazetani tayyorlashda bevosita qatnatshchisi. Bir yildan ko&#8217;proq vaqt mobaynida Sattorxon kabi ilg&#8217;or ma&#8217;rifatparvarlar bilan hamkorliqsa ishlab, gazeta sahifalarida o&#8217;z maqolalarini e&#8217;lon qildi. Masalan, 1891 yil 1-yarmida &#171;Xo&#8217;qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. O&#8217;zi yozgoni&#187; publisistik asarini yozib, shu gazetada e&#8217;lon qildi. 1891 yil mayda Samarqandga bordi, osoriatiqalar bilan tanishdi, gazetaga xabarlar yo&#8217;lladi, keyin Buxoroda bo&#8217;ddi. Iyulda esa chet el sayohatiga chiqdi. Uning chet elga sayohati haqida turli taxminlar bor. Ayrim ma&#8217;lumotlarga qaraganda, u atayin keytib kelmaydigan qilib o&#8217;z yurtidan chiqarib yuborilgan. Xullas, 1891 yilning iyulida Marv \u2014Ashxobod\u2014Boku\u2014Batumi orqali Istanbulga bordi. Do&#8217;stlariga yozgan maktublarida, voqealarni oldindan bilgandek, vatanidan bir umr ajralib qoladigan odamning kayfiyatini aks ettirdi. Masalan, Istanbuddan yozgan &#171;Sabog&#8217;a xitob&#187; she&#8217;riy maktubida Vatan ishtiyoqi, do&#8217;stlar sog&#8217;inchi, g&#8217;urbat azoblari va yolg&#8217;izlik motivlari birinchi o&#8217;ringa chiqqan. Furqat Istanbuldan Bulg&#8217;oriya va Yunonistonga o&#8217;gdi. Bolqon yarim orolining qator shaharlarida bo&#8217;ldi. 1892 yilning martida Istanbuldan O&#8217;rta dengiz orqali Arabistonga \u2014 Makka, Jidda, Madina sh.lariga bordi. Makkadagi haj ziyorati munosabati bilan &#171;Hajnoma&#187; asarini yaratdi. So&#8217;ng Bombayga keldi, Hindistonning qator viloyatlariga sayohat qildi. Uning bu davrda yozgan nasriy va nazmiy maktublarida tushkunlik, onayurt sog&#8217;inchi va iztiroblari aks etgan. &#171;Adashganman&#187; radifli hamda &#171;Kashmirda&#187;, &#171;bulbul&#187; deb nomlanuvchi lirik she&#8217;rlar turkumi shu jihatdan o&#8217;ziga xos hijronnomadir. 1893 yil martida Furqat Kashmir va Tibet orqali Sharqiy Turkistonga borib, Yorkendda turg&#8217;un yashab qoldi. Oila qurdi. Tabiblikdan xabardor bo&#8217;lgan shoir dorivor o&#8217;simliklar bilan savdo qiluvchi do&#8217;kon ochdi, ijodiy ish va xattotlik bilan shug&#8217;ullandi. Furqat doimo Vataniga qaytish umidi bilan yashadi. Avval boshlagan &#171;Sayohatnoma&#187; asari ustidagi ishni Yorkendda davom ettirdi. Lekin bu asar hanuz topilgani yo&#8217;q. U yerdan Toshkentga publitsistik asarlar, turli mavzudagi xatmaqolalar, Farg&#8217;ona va Toshkentdagi yordo&#8217;stlariga maktublar yo&#8217;llab turgan. Furqat o&#8217;zbek matbuoti tarixida feleton janrini boshlab berdi (&#171;Hind nayrangbozi Yorkendda&#187;, 1905). Barkamol lirikasi, jozibali Nasri va ggublisistikasi bilan 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridagi milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qushgan Furqat ona vatanidan uzoqda vafot etdi. Uning jasadi Yorkendning dongdor qabristoniga ko&#8217;milgan. 1990 yil shoir qabri ustiga maqbara qurilgan. Furqatning she&#8217;rlari kitob holida dastlab 1913 yilda Muqimiy she&#8217;rlari bilan birga bayoz holida toshbosmada bosilgan edi, 50-80-yillarda ko&#8217;p bor nashr etildi. Shoir hayoti va ijodi haqida qator ilmiy asarlar yozildi, dissertasiyalar yoqlandi, opera librettosi, kinossenariy va boshqalar yaratildi. O&#8217;zbekistondagi bir qator qishloq, tuman, maktab, ko&#8217;cha va xiyobonlar, bog&#8217;lar uning nomi bilan ataladi. As: tanlangan asarlar, 2 j.li, T., 1959; asarlar majmuasi [2 j.li], T., 1991. Ad.: Furqat va Muqimiy haqida maqolalar, T., 1958; Furqat (to&#8217;plam), T., 1959; Xolid Rasul, Furqat. Tanqidiy biografik ocherk, T., 1959; Abdug&#8217;afurov A., Zokirjon Furqat (hayoti va ijodi), T., 1977; Yusupov Sh., Furqat yo&#8217;llarida, T., 1984; Qayumov A., She&#8217;riyat jilolari. Abdurashid Abdug&#8217;afurov, Begali Qosimov<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FURQAT (taxallusi; asl ism-sharifi Zokirjon Mullo Holmuhammad o&#8217;g&#8217;li) (1859, Qo&#8217;qon -1909, Yorkend) \u2014 taraqqiyparvar shoir, mutafakkir, publitsist. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, Arab tilini o&#8217;rgangan. Madrasada o&#8217;qigan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/furqat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-37227","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37227","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=37227"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37227\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37228,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37227\/revisions\/37228"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=37227"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=37227"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=37227"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}