{"id":37229,"date":"2022-12-07T11:06:49","date_gmt":"2022-12-07T08:06:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=37229"},"modified":"2022-12-07T11:06:50","modified_gmt":"2022-12-07T08:06:50","slug":"fuod-koprulu","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fuod-koprulu\/","title":{"rendered":"FUOD KO&#8217;PRULU"},"content":{"rendered":"\n<p>FUOD KO&#8217;PRULU (Fuat Koprulu), Mehmet Fuod Ko&#8217;pruluzoda (1890.4.12, Istanbul \u2014 1966.28.6) \u2014 turk adabiyotshunos olimi, tarixchi va davlat arbobi. Istanbul universiteti professor (1913). Turkiya tashqi ishlar vaziri (1950; 1956). Heydelberg (1927), Sorbonna (1937), Afina (1938) va boshqa ko&#8217;plab universitetlarning faxriy doktori. Istanbul huquq maktabini tutatgan. &#171;Shayx g&#8217;olibga&#187; (1908) she&#8217;ri bilan tanilgan, 28 yoshidan boshlab Istanbul universitetining adabiyot fakultetida (1913-43), shuningdek, Turkiyaning boshqa oliy o&#8217;quv yurtlarida turk adabiyoti tarixi, madaniyat tarixi, ilohiyot tarixi va boshqa fanlardan dars bergan. Turkiy xalqlar adabiyoti va madaniyati tarixi bo&#8217;yicha fundamental tadqiqotlar yaratgan. Turkiyada zamonaviy adabiyotshunoslik faniga asos solgan. &#171;Burungi adabiyot&#187; (1924), &#171;Milliy adabiyot tarixining ilk mubashshirlari va Devoni turkiyi basit&#187;, &#171;Turk adabiyoti tarixi&#187; (1928), &#171;Baxshi, turk tili va adabiyoti haqida tadqiqotlar&#187; (1934), &#171;yangi Usmonli adabiyot tarixi&#187; (1935), &#171;Alisher Navoiy&#187; (1941) kabi 20 dan ziyod monografiyalar e&#8217;lon qilgan, &#171;Turk xalq shoirlari&#187; (1939; 1940; 1962) antologiyasini tuzgan. Fuod Ko&#8217;prulu O&#8217;rta Osiyo xalklari adabiyoti, tili va madaniyati tarixiga, ayniqsa Yassaviy, Boqirg&#8217;oniy, Navoiy, Bobur va boshqa shoirlar ijodiga, folklor asarlariga bag&#8217;ishlangan 500 dan ziyod maqolalar muallifi. Fuod Ko&#8217;pruluning tasavvuf adabiyoti namoyandalariga bag&#8217;ishlangan &#171;Turk adabiyotida ilk mutasavviflar&#187; (1919) asari 8 marta nashr etilgan. Fuod Ko&#8217;prulu Yassaviy izdoshlaridan Sulton Ahmad Haziniy (16-asr) haqida ilk marotaba ma&#8217;lumot bergan. V. Bartoldning &#171;Islom madaniyati tarixi&#187; kitobini turk tilida nashrga tayyorlagan. Ayrim maqolalari o&#8217;zbek tilida chop etilgan. Ad.: Fitrat, tanlangan asarlar, 2j., T., 2000; Gordlevskiy V. A., Izbrannie Sochineniya, t. 2, M., 1961. Nodirxon Hasan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FUOD KO&#8217;PRULU (Fuat Koprulu), Mehmet Fuod Ko&#8217;pruluzoda (1890.4.12, Istanbul \u2014 1966.28.6) \u2014 turk adabiyotshunos olimi, tarixchi va davlat arbobi. Istanbul universiteti professor (1913). Turkiya tashqi ishlar vaziri (1950; 1956). Heydelberg &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fuod-koprulu\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-37229","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37229","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=37229"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37229\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37230,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37229\/revisions\/37230"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=37229"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=37229"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=37229"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}