{"id":3754,"date":"2021-10-12T14:09:25","date_gmt":"2021-10-12T11:09:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3754"},"modified":"2021-10-12T14:09:25","modified_gmt":"2021-10-12T11:09:25","slug":"inertsiya-nima-degani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/inertsiya-nima-degani\/","title":{"rendered":"Inertsiya nima degani?"},"content":{"rendered":"\n<p>U yoki bu narsa-buyumni sudrab tortishsa yoki itarishsa, u o&#8217;z harakatini o&#8217;zgartiradi (yoki unda qandaydir o&#8217;zgarish yuz beradi), bunday paytda, unga nisbatan kuch ishlatildi, deyishadi. Deylik, siz yerda og&#8217;ir bir yog\u2019ochni mushaklaringizni ishga solib sudrab tortib ketyapsiz. Qo&#8217;lingizni bo&#8217;shashtirganingiz zahoti yog&#8217;och o&#8217;z joyida to&#8217;xtab, qimir yetmay turib qoladi. Biroq siz xuddi shu yog\u2019ochni sudrash o&#8217;rniga oldinga tomon dumalatib ketyapsiz, deylik. Bunday holda yog\u2019ochni oldinga qarab harakatlantirmasangiz ham u bir oz muddat o&#8217;z-o&#8217;zicha dumalab olga siljiydi. Bu qanday yuz beradi? Bunday hodisani ilk marta Isaak Nyuton tushuntirib berdi. Nyuton \u2014 kuch haqidagi nazariyaning asoschisi, mashhur Nyuton qonunlarining muallifidir. U fanga birinchi bo&#8217;lib &#171;inertsiya&#187; tushunchasini kiritdi. Inertsiya har qanday jismga xos bo&#8217;lib, jismga ta&#8217;sir etuvchi kuch to&#8217;xtaganidan keyin ham uni harakatga majburlaydi. Bunday holatda, agar qarshilik ko&#8217;rsatish kuchi bo&#8217;lmasa, ta&#8217;sir etuvchi kuch to&#8217;xtaganidan keyin ham jism to&#8217;g&#8217;ri chiziq bo&#8217;ylab o&#8217;sha tezlikda harakatini davom ettiradi. Jism boshqa bir qarshi kuchga duch kelmagungacha harakatdan to&#8217;xtamaydi. Inertsiya nimaligini his qilish uchun siz uni o&#8217;zingizda sinab ko&#8217;rishingiz mumkin. Masalan, siz tushgan avtobus keskin to&#8217;xtatildi deylik. Shunda sizning gavdangiz, harakatini to&#8217;xtatmaslikka chog&#8217;lanib, oldinga silkinadi. Endi markazdan qochma kuch to&#8217;g&#8217;risida gaplashaylik. So&#8217;z boshidayoq ta&#8217;kidlab aytamizki, bunday kuchga biz amalda ko&#8217;p duch kelganmiz. Masalan, qiyshiq traektoriya bo&#8217;ylab harakatlanayotgan jismni kuzatib turib, markazdan qochma kuchning natijasini albatta payqaymiz. Siz o&#8217;sha avtobusda o&#8217;tiribsiz deylik, avtobus birdan burchakka qarab qayriladi. Bunday damda siz o&#8217;rindiqdan uchib ketib, yo&#8217;lakka ag&#8217;darilib tushgan bo&#8217;lsangiz ham, ajab emas. Sizni hech kim turtib yiqitgani yo&#8217;q: lekin siz shunchaki markazdan qochma kuchning ta&#8217;siriga tushib qoldingiz, xolos. Bunday kuchning tabiatini &#171;inertsiya&#187; tushunchasi yordamidagina tushuntirish mumkin. Hamma gap shundaki, avtobus qayrilganda sizning tanangiz avvalgi yo&#8217;nalishda to&#8217;g&#8217;ri chiziq bo&#8217;ylab harakatlanishga chog&#8217;lanib, doira chizig&#8217;idan tashqariga intiladi. Avtobus qayrilishda hosil qilgan xalqa esa shu doira chizig&#8217;ining bir bo&#8217;lagidir. Shuni esda tutingki, markazdan qochma kuch narsa-buyumni aynan shu yo&#8217;nalish bo&#8217;ylab harakatlantiradi. Shu sababli, velosipedni o&#8217;ngga yoki chapga bura turib, o&#8217;zingiz ham xuddi shu tomonga egilasiz. Shu yo&#8217;sinda markazdan qochma kuchni o&#8217;zingizga muvofiq holga keltirib, velosipedingizni ag&#8217;darilib ketishdan saqlab qolasiz.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>U yoki bu narsa-buyumni sudrab tortishsa yoki itarishsa, u o&#8217;z harakatini o&#8217;zgartiradi (yoki unda qandaydir o&#8217;zgarish yuz beradi), bunday paytda, unga nisbatan kuch ishlatildi, deyishadi. Deylik, siz yerda og&#8217;ir bir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/inertsiya-nima-degani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3754","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3754","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3754"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3754\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3755,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3754\/revisions\/3755"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3754"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3754"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3754"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}