{"id":37563,"date":"2022-12-09T14:11:25","date_gmt":"2022-12-09T11:11:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=37563"},"modified":"2022-12-09T14:11:27","modified_gmt":"2022-12-09T11:11:27","slug":"funktsiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/funktsiya-2\/","title":{"rendered":"FUNKTSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>FUNKTSIYA (lotincha functio \u2014 bajarish, amalga oshirish) (tilshunoslikda) \u2014 muayyan til, til birligi, lisoniy shaklning u yoki bu vazifani bajarish qobiliyati; tilning kishilik jamiyatidagi roli, vazifasi; til tizimining barcha sathlarida uning birliklari o&#8217;rtasidagi bog&#8217;liqlik yoki munosabatlar. Til birligi Funktsiyasini belgilash uning muayyan til (til tizimi) dagi rolini aniqlashni ko&#8217;zda tutadi, masalan, gapda kommunikativ (biror narsa, voqea haqida xabar berish) va nominative (ushbu voqeani atash) Funktsiyalar ajratilishi mumkin. Har bir til birligi ma&#8217;lum maqsad uchun xizmat qiladi, ya&#8217;ni muayayn Funktsiyani (vazifani) bajaradi, shuning uchungina boshqa til birligidan farq qilgan holda mavjud bo&#8217;ladi. Til birliklarining ko&#8217;plab Funktsiyalari \u2014 o&#8217;xshatish, ajratish, farqlash Funktsiyalari ajratiladi; ana shu Funktsiyalarga muvofiq ravishda til birliklarining o&#8217;zlari ham farqlanadi, ajratiladi. Masalan, fonema turli so&#8217;z va morfemalarni farqlash yoki ular orasiga chegara qo&#8217;yish uchun xizmat qiladi. Funktsiyalar nafaqat til birliklarini, balki tilning o&#8217;zini tizim sifatida tavsiflashda ham o&#8217;rganiladi. Tilning asosiy Funktsiyalari: kommunikativ (muomala, aloqa qilish Funktsiyasi), bilish, aks ettirish, shakllantirish, aloqa o&#8217;rnatish, nominativ (borlikdagi narsa va hodisalarni nomlash, atash), ekspressiv (ifoda, bayon Funktsiyasi), apellyativ (murojaat, undash, da&#8217;vat Funktsiyasi) va boshqalar. Til Funktsiyalari qatorida uning sathiy Funktsiyalari \u2014 fonologik, morfologik va boshqalar. Funktsiyalari ham ko&#8217;rsatiladi. Funktsional nuqtai nazardan til tizimi ko&#8217;p o&#8217;lchovli tuzilma bo&#8217;lib, uning namoyon bo&#8217;lish shakllari (og&#8217;zaki va yozma til), ijtimoiy maqsadvazifasi (adabiy til, ijtimoiy guruhlar tillari, argo va boshqalar), estetik yunalganligi (poetik til) va boshqa jihatlari farqlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FUNKTSIYA (lotincha functio \u2014 bajarish, amalga oshirish) (tilshunoslikda) \u2014 muayyan til, til birligi, lisoniy shaklning u yoki bu vazifani bajarish qobiliyati; tilning kishilik jamiyatidagi roli, vazifasi; til tizimining barcha sathlarida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/funktsiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-37563","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37563","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=37563"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37563\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37564,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37563\/revisions\/37564"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=37563"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=37563"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=37563"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}