{"id":3781,"date":"2021-10-12T14:53:44","date_gmt":"2021-10-12T11:53:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3781"},"modified":"2021-10-12T14:53:45","modified_gmt":"2021-10-12T11:53:45","slug":"zirxli-mashinalarni-kim-oylab-topgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zirxli-mashinalarni-kim-oylab-topgan\/","title":{"rendered":"Zirxli mashinalarni kim o&#8217;ylab topgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Zirhli mashinalarni yaratish g&#8217;oyasi o&#8217;rta asrlardayoq paydo bo&#8217;lgan edi. Biroq u paytlarda to&#8217;rt tomoni bekitilgan va ichiga maxsus tuynuklardan o&#8217;q otuvchi kamonchilar hamda qamal qiluvchi askarlar joylashgan aravalar nazarda tutilar edi. Bunday moslama hujumkorlarni himoyachilar tomonidan otilayotgan toshlar, tepalaridan ag\u2019darilayotgan qaynoq suv va qora yelimlardan himoya etar edi. Keyinchalik ularning o&#8217;rnini hamma tomoni bekitilgan jang aravalari egalladi. Ularda alohida shinaklar orqali kamon tortadigan kamonchilar bo&#8217;lar edi. Bunday aravalarga yengil qurollar ham ortilgan. Bunday ulov vositalari keng tarqalmadi, chunki ularning o&#8217;zi sust harakatchan va ayniqsa o&#8217;t ochish qurollari uchun &#171;tayyor o&#8217;lja&#187; edi. O&#8217;ziyurar zirhli mexanizmlarni yaratish imkoniyatlari XX asr boshida, ichdan yonar dvigatellar va zanjirli dvigatellar paydo bo&#8217;lganidan keyin paydo bo&#8217;ldi. Ularni o&#8217;zaro birlashtirish zirhli mashinalarni kerakli harakatchanlik va tezkorlikka erishtirdi. Dastlabki tanklar (zirhli mashinalar shunday nom oldi) Angliyada birinchi jahon urushi boshlanishi oldidan paydo bo&#8217;ldi. Bu zirhli mashinalar &#171;tank&#187; deb atalashining sababi shuki, ular u paytda &#171;quruqlikdagi kemalar&#187; deb hisoblanar edi. Inglizcha &#171;tank&#187; so&#8217;zi kemasozlikda keng qo&#8217;llanilgan keng, bo&#8217;sh mexanik ehtiyot joyni anglatadi. Aftidan, &#171;tank&#187; so&#8217;zi dengiz floti amaldorlari uchun odatdagi tushuncha edi shekilli, shu boisdan birinchi tank bo&#8217;linmalariga quruqlikdagi qo&#8217;shinlar komandirligi emas, balki Angliya admiralligi boshchilik qildi. Chindan ham, suyri shakldagi va o&#8217;q otar minorachasi bo&#8217;lgan &#171;Mark-4&#187; tanki dengiz kemalarini eslatar edi. Tanklar qo&#8217;llanilgan birinchi jang ingliz qo&#8217;shinlariga g&#8217;alaba keltirdi. Bu voqea 1917 yil 20 noyabrda Fransiyaning Kombre qishlog&#8217;i yonida yuz berdi. G&#8217;alabaning bosh sababi shu ediki, nemislar shu paytgacha bunday tanklarni ko&#8217;rishmagan va unga qarshi kurash choralarini ham bilishmas edi. Tez orada amerikalik konstruktor U. Kristi zanjirli va oddiy g&#8217;ildiraklarda yura oladigan tankni loyihalashtirdi. Bu esa uning tezligini yanada oshirdi. Lekin tanksozlikdagi haqiqiy inqilob ikkinchi jahon urushi arafasida, yengil va mustahkam zirhli tanklar yaratilganidan keyin sodir bo&#8217;ldi. Shu asosda tanklarning og&#8217;irligi kamaytirildi va ayni paytda ularning tezligi oshib, texnikaviy jihozlanishi yaxshilandi. Jahondagi eng yaxshi tanklardan biri sobiq sovet davri tanki &#171;T-34&#187; edi. Uning loyihasini N. A. Astrov tayyorlagan, dvigateli esa aviakonstruktor A. A. Mikulin boshchiligda yaratildi. Bu tank yuksak darajada ishonchli qurol bo&#8217;lish bilan birga mustahkam zirhli himoyaga ega edi, uni hatto og&#8217;ir snaryadlar ham osonlik bilan teshib o&#8217;ta olmas edi. Jahondagi eng og&#8217;ir tank nemislar tomonidan 1944 yilda yaratilgan &#171;Yagidttiger&#187; deb atalgan tank edi. Uning umumiy og&#8217;irligi 72 tonna kelar edi. O&#8217;z-o&#8217;zidan tushunarliki, bunday tank g&#8217;oyat sekin harakatlanar va, pirovardida, artilleriya uchun tayyor &#171;to&#8217;p yemi&#187; edi. Shu sababli og&#8217;ir tanklar jahon armiyalarida keng obro&#8217; qozonmadi. Hozirgi zamon armiyasida asosan har qanday sharoitda qulay harakatlana oladigan va yetarli darajada kuchli qurollangan urta hajmli tanklar keng qo&#8217;llanilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Zirhli mashinalarni yaratish g&#8217;oyasi o&#8217;rta asrlardayoq paydo bo&#8217;lgan edi. Biroq u paytlarda to&#8217;rt tomoni bekitilgan va ichiga maxsus tuynuklardan o&#8217;q otuvchi kamonchilar hamda qamal qiluvchi askarlar joylashgan aravalar nazarda tutilar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zirxli-mashinalarni-kim-oylab-topgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3781","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3781","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3781"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3781\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3782,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3781\/revisions\/3782"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3781"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3781"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3781"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}