{"id":3795,"date":"2021-10-12T15:55:53","date_gmt":"2021-10-12T12:55:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3795"},"modified":"2021-10-12T15:55:54","modified_gmt":"2021-10-12T12:55:54","slug":"muzyorar-qanday-ishlaydi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muzyorar-qanday-ishlaydi\/","title":{"rendered":"Muzyorar qanday ishlaydi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Vanna qabul qila turib, quyidagi holatni bir tajriba qilib ko&#8217;ring. Vannadan chiqishdan oldin suv oqib ketadigan tuynukni oching, lekin suvdan chiqmay yotib turing. Vannada suv kamayib, tanangiz suvdan tashqarida qola boshlagani sayin uning og&#8217;irlasha boshlaganini his etasiz. Xuddi shu tariqa suvda tanangiz yo&#8217;qotgan vazn (eslang, suvda siz o&#8217;zingizni qanday yengil his etgan edingiz!), siz suvdan tashqarida qolganingizdan keyin yana qaytadan tiklanganiga o&#8217;zingiz yaqqol ishonasiz. Mabodo, xuddi shu tajribani kit (nahang baliq) o&#8217;zida takrorlaydigan bo&#8217;lsa, ya&#8217;ni qirg&#8217;oqdan suv qaytib, quruqlikda qoladigan bo&#8217;lsa, bu holat nahang uchun halokatli tugaydi: uni o&#8217;zining bahaybat og&#8217;irligi bosib qoladi. Nahang baliqlar bejizga suvli muhitda yashamaydi: Suyuqlikning yuqoriga ko&#8217;taruvchi kuchi ularni o&#8217;z og&#8217;irligi bosib, halok bo&#8217;lishdan asraydi. Yuqorida aytilganlar bevosita muzyorar kemalarga ham taalluqlidir: kemaning suvdan chiqib qolgan qismi suvning qalqitib, yuqoriga ko&#8217;taruvchi kuchiga mutanosibligini yo&#8217;qotadi va &#171;quruqlikdagi&#187; og&#8217;irlikka aylanadi. Muzyorar o&#8217;zining burun qismi og&#8217;irligi bilan butun yo&#8217;l davomida muzni yorib boradi, deb o&#8217;ylamaslik kerak. Muzyorarlar emas, balki muzkesarlargina shu yo&#8217;sinda ishlaydi. Bu usul ham muz uncha qalin bo&#8217;lmagan joylardagina o&#8217;zini oqlaydi. Agar muz ancha qalin-qattiq bo&#8217;lsa, u suzayotgan kemaning zarbali urilish kuchi bilangina yengib o&#8217;tiladi, xolos. Muzyorar orqaga chekinib, keyin o&#8217;zining butun og&#8217;irligi bilan muz qatlami ustiga tashlanadi. Bunday paytlarda kemaning faqat, og&#8217;ir vazni hal qiluvchi omilga aylanmaydi. Kema bamisoli tezligi uncha katta bo&#8217;lmagan, lekin g&#8217;oyatda ogir vaznli to&#8217;p snaryadi (o&#8217;qi)ga aylanib, to&#8217;g&#8217;ridan zarba beradi. Bir necha metr qalinlikdagi muz uyumlari muzyorarning mustahkam burun qismining ketma-ket zarbalari ta&#8217;sirida yoriladi. Rossiya dunyodagi eng yirik va eng qudratli muzyorar kemalarga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vanna qabul qila turib, quyidagi holatni bir tajriba qilib ko&#8217;ring. Vannadan chiqishdan oldin suv oqib ketadigan tuynukni oching, lekin suvdan chiqmay yotib turing. Vannada suv kamayib, tanangiz suvdan tashqarida qola &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muzyorar-qanday-ishlaydi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3795","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3795","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3795"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3795\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3796,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3795\/revisions\/3796"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3795"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3795"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3795"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}