{"id":37987,"date":"2022-12-10T13:03:47","date_gmt":"2022-12-10T10:03:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=37987"},"modified":"2022-12-10T13:03:51","modified_gmt":"2022-12-10T10:03:51","slug":"fargona-raqsi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fargona-raqsi\/","title":{"rendered":"FARG&#8217;ONA RAQSI"},"content":{"rendered":"\n<p>FARG&#8217;ONA RAQSI \u2014 o&#8217;zbek xalq raqs uslubi. Farg&#8217;ona vodiysida shakllanib, rivojlanib kelgan. Qaddiqomatni erkin tutish, yengil va ifodali yurishlar, ko&#8217;p qirrali, puxta ishlangan va aniq ma&#8217;nolarga ega bo&#8217;lgan qo&#8217;l, bilak, barmoq harakatlari, nigohlar, nafis bosh harakatlari Farg&#8217;ona raqsining asosini tashkil etadi. Erkaklar raqslarida mardonavor xarakatlar, aylanishlar, ayollar raqslarida jilvalar etakchilik qilgan. Shuningdek, Farg&#8217;ona raqsida uforlar (usulharakatlar) ning ahamiyati katta. Asosan, shaharlarda yashovchi, raqs san&#8217;atini kasb qilib olgan malakali raqqos va raqqosalar Farg&#8217;ona raqsida yetakchi mavqega ega bo&#8217;lib, raqs merosini, ijro uslubini, o&#8217;z tajribalarini shogirdlariga o\u2019rgatish orqali raqs san&#8217;ati an&#8217;analarining davomiyligini ta&#8217;minlaganlar. Farg&#8217;ona raqsi, asosan, maydonlarga mo&#8217;ljallangan &#171;katta o&#8217;yin&#187; va mehmonxonalar va hovlilarda ijro etiladigan &#171;mayda o&#8217;yin&#187; turkum raqslaridan tashkil topgan. &#171;Katta o&#8217;yin&#187;da raqs vositalari bilan syujetli voqealar aks ettirilgan, 280 usulni o&#8217;z ichiga olgan. Muayyan raqs shakli va harakatlarini hosil qiluvchi rez, titratma, shox, gul o&#8217;yin, yo&#8217;rg&#8217;a, sarbozi, charx, haqqoni, orom, jilvoni, saxta, duchoba, rog, katta samo, Yallama, qaytarma, dupoya (oqsatma), olmaanor kabi bizgacha etib kelgan usullar shu jumladandir. Usullar, asosan, doiralarda (ba&#8217;zan nog&#8217;oralar qo&#8217;shilgan) chertilgan va shunga mos raqslar goh bir kishi, goh guruh o&#8217;yinchilar tomonidan bajarilgan. &#171;Mayda o&#8217;yin&#187; esa Yalla va laparlar jurligida ijro etiladigan lirik raqslar, kulgilitaqlidiy raqslardan tashkil topgan bulib, doira, dutor jurligida havaskor va professional uyinchilar tomonidan ijro etilgan. Farg&#8217;ona raqsida yallachi degan ayol ijrochilarning raqslari (jumladan, &#171;Tanavor&#187; raqs turkumi), shuningdek, uyg&#8217;ur raqsi ta&#8217;sirida vujudga kelgan &#171;Andijon samosi&#187; (19-asr oxirida &#171;Andijon polkasi&#187; nomini olgan) yigitlar raqsi alohida ajralib turadi, raqs ustalarining liboslari raqslar mazmunini kuchaytirgan. Erkaklar surp va beqasamdan tikilgan yaktak va kamzullar, shoyi sholvorlar, belbog&#8217;va do&#8217;ppilar, o&#8217;tkir uchli maxsus rangdor etiklar (mokki)dan, ayollar xonatlas, olacha ko&#8217;ylaklar, nimchalar, lozimlar, kavushmaxsilar, ro&#8217;mollar, durralar, xilma-xil taqinchoqlardan foydalanganlar. 20-asr boshida Makkaylik (Usta Muhammadjon), Hamdamxon, Solix. hoji Baratov, Otaxo&#8217;ja Saidazimov, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Mahkam Hofiz, Kamolaxon Muhammadjonova, Nazirxon, cho&#8217;ntak bachcha, Adolxon, Sharofat satang singari mohir raqqos va raqqosalar faoliyat ko&#8217;rsatgan. Farg&#8217;ona raqsini 20-asr davomida sahnaga olib chiqib, uni yanada rivojlantirish va boyitishda Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg&#8217;unboeva, Roziya Karimova, Gavhar Rahimova, Qunduz Mirkarimova, Dilafro&#8217;z Jabborova, Qizlarxon Do&#8217;stmuhamedova, Ma&#8217;mura Ergasheva va b.ning xizmati katta. Ad.: Avdeeva L.A., O&#8217;zbek milliy Ratsei tarixidan, T., 2001; Karimova R., O&#8217;zbek raqslari, T., 2003. Muhsin Qodirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FARG&#8217;ONA RAQSI \u2014 o&#8217;zbek xalq raqs uslubi. Farg&#8217;ona vodiysida shakllanib, rivojlanib kelgan. Qaddiqomatni erkin tutish, yengil va ifodali yurishlar, ko&#8217;p qirrali, puxta ishlangan va aniq ma&#8217;nolarga ega bo&#8217;lgan qo&#8217;l, bilak, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fargona-raqsi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-37987","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37987","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=37987"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37987\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37998,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37987\/revisions\/37998"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=37987"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=37987"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=37987"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}