{"id":38900,"date":"2022-12-17T10:45:32","date_gmt":"2022-12-17T07:45:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=38900"},"modified":"2022-12-17T10:45:33","modified_gmt":"2022-12-17T07:45:33","slug":"fargona-toshkent-musiqa-uslubi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fargona-toshkent-musiqa-uslubi\/","title":{"rendered":"FARG&#8217;ONA-TOSHKENT MUSIQA USLUBI"},"content":{"rendered":"\n<p>FARG&#8217;ONA-TOSHKENT MUSIQA USLUBI \u2014 Farg&#8217;ona vodiysi va Toshkent vohasida qaror topgan mahalliy musiqiy an&#8217;analar majmui. Mazkur uslubning o&#8217;ziga xos jihatlari o&#8217;zbek xalq musiqa ijodiyoti (bolalar qo&#8217;shiqlari, ayollar folklori, terma, lapar, Yalla, ashula va boshqalar) hamda mumtoz musiqa (Doston, ashula, katta ashula, makom va boshqalar) namunalarida kuzatiladi. O&#8217;zbek an&#8217;anaviy musiqasining muhim tarkibiy qismi bo&#8217;lgan ushbu uslub doirasida xalq musiqasining eng qad. davrlarga mansub kuy-ohang va usul namunalari ham o&#8217;z aksini topgan. Jumladan, bolalar (&#171;Laylak keldi&#187;, &#171;Olatoy&#187;, &#171;Oftob chiqdi&#187; va boshqalar) va mavsumiy-marosim qo&#8217;shiqlari (&#171;Boychechak&#187;, &#171;binafsha&#187; va boshqalar)da xalq musiqiy tafakkurining ilk bosqichlariga oid quyi (birlamchi) tuzilma va Darakchi ohang alomatlari, parda asoslarida esa angemitonika xususiyatlari yaxshi saqlanib qolgan. Shuningdek, inson nutqi, so&#8217;z aytish talaffuziga yaqin ohanglar dostonchi baxshilar ijodida ham muhim o&#8217;rin tutadi. Farg\u2019ona\u2014Toshkent musiqa uslubigagina xos bo&#8217;lgan katta ashula janrida esa nutqdosh ohanglarning mumtoz g&#8217;azallar obrazlariga hamohang kuychanlik bilan payvasta bo&#8217;lgan. Odatda, so&#8217;zdosh toifali ohanglar qo&#8217;llangan janrlar doira usullari qo&#8217;llanilmaydi. Bulardan farqli o&#8217;laroq, kuychan xususiyatli janrlar (ashula, Yalla, maqom va boshqalar)da jo&#8217;rnavoz cholg&#8217;ular keng qo&#8217;llanilishi kuzatiladi. Xususan, xotin-qizlar davralarida raqsga tushib Yalla va lapar aytish, ashula kuylash (yallachilik) odat tusini olgan. Yakka holda yallachilar o&#8217;z qo&#8217;shiqlariga dutor yoki doirada jo&#8217;r bo&#8217;lishadi. Ansambl shaklida ijrochilar esa odatda 2-3 ayoldan iborat bo&#8217;lib, ular asosan doira jo&#8217;rligida kuylashadi. Yallachilarning repertuari Yalla, qo&#8217;shiq, lapar va to&#8217;ymarosim (&#171;yoryor&#187;, &#171;Kelin salom&#187;, &#171;o&#8217;lan&#187; va boshqa asar)laridan tashkil topadi. Yallachilikning yana bir ko&#8217;rinishi Namangan an&#8217;anasida &#171;satang&#187; deb atalib, bular ko&#8217;proq turkumli (2 va undan ortiq qismli) &#171;katta Yalla&#187;larni doira jo&#8217;rligida (odatda raqsga tushib) kuylaydilar. Farg\u2019ona\u2014Toshkent musiqa uslubida so&#8217;lim tabiatli kuyohanglar ham shakllangan bo&#8217;lib, ularning namunalarini mahalliy ashulalarda ko&#8217;rish mumkin. Bular ikki xil bo&#8217;ladi: xalq og&#8217;zaki musiqa ijodida yuzaga kelgan ashulalar hamda bastakorlar tomonidan ijod etilgan ashulalar. &#171;Tanavor&#187;, &#171;Ey nozanin&#187;, &#171;oydek to&#8217;libdur&#187;, &#171;Farzoni&#187;, &#171;ul parivash&#187; singari xalq ashulalari nafaqat hofizlar, balki ziyolilar, hunarmandlar va boshqa kasb egalari, shuningdek, xotin-qizlar tomonidan ham ijro etib kelingan. Ayni paytda, &#171;Nigorim&#187;, &#171;Galdr&#187;, &#171;nisor&#187;, &#171;Fig&#8217;on&#187;, &#171;Chaman Yalla&#187; singari ashulalarni, asosan, hofizlar mukammal ijro etib kelmoqda. Bunda tanbur va dutor jo&#8217;rnavozligi ko&#8217;p qo&#8217;llaniladi. Bu turdagi uslubni shakllantirishda T. Jalilov, K.Jabborov, J. Sultonov, G&#8217;.Toshmatov, Fahr.Sodiqov kabi bastakorlar katta hissa qo&#8217;shganlar. Farg\u2019ona\u2014Toshkent musiqa uslubiga xos xususiyatlar Farg&#8217;ona\u2014Toshkent maqom yo&#8217;llarida ham o&#8217;z aksini topgan. Xususan, ularda ashula, katta ashula, Yalla singari janrlarning muhim sifatlari o&#8217;zaro uyg&#8217;unligi kuzatiladi. Farg\u2019ona\u2014Toshkent musiqa uslubi doirasida qariyb barcha xalq cholg&#8217;ulari (dutor, tanbur, rubob, chang, Sato, g&#8217;ijjak, nay, qo&#8217;shnay, surnay, karnay, doira, nog&#8217;ora va boshqalar) namoyon bo&#8217;ladi. Ular yakka yoki ansambl tarkibida qo&#8217;llaniladi. Xususan, ommaviy bayram, xalq tantanalari va to&#8217;y marosimlarida surnay, karnay, nog&#8217;ora va doiralardan iborat ansambl sadolari yangrasa, uyxona sharoitlarida dutor, tanbur, g&#8217;ijjak kabi nisbatan mayin sadoli cholg&#8217;ular qo&#8217;llaniladi. Binobarin, xalq madaniy hayotida har bir cholg&#8217;u o&#8217;z o&#8217;rni, vazifasi va ijro etish uchun maxsus (&#171;Qo&#8217;shtor&#187;, &#171;Chertmak&#187;, &#171;Dutor Bayoti&#187; kabi) kuylar bo&#8217;lishi bilan birga mazkur sozdan ashula, lirik qo&#8217;shiklarga jo&#8217;rnavoz sifatida ham foydalanilgan. Bu cholg&#8217;u (doira kabi) xotinkizlar orasida ham keng ommalashgan. Ammo tanbur, Sato, nay, qo&#8217;shnay, g&#8217;ijjak, chang singari sozlar, asosan, kasbiy musiqachilar cholg&#8217;usi sifatida namoyon bo&#8217;ladi. Farg\u2019ona\u2014Toshkent musiqa uslubida &#171;Dilxiroj&#187;, &#171;Andijon polkasi&#187;, &#171;Farg&#8217;ona rezi&#187;, &#171;Tanavor&#187;, kabi jozibali raqs kuylari ham mashhurdir. Oqilxon Ibrohimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FARG&#8217;ONA-TOSHKENT MUSIQA USLUBI \u2014 Farg&#8217;ona vodiysi va Toshkent vohasida qaror topgan mahalliy musiqiy an&#8217;analar majmui. Mazkur uslubning o&#8217;ziga xos jihatlari o&#8217;zbek xalq musiqa ijodiyoti (bolalar qo&#8217;shiqlari, ayollar folklori, terma, lapar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fargona-toshkent-musiqa-uslubi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-38900","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38900","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=38900"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38900\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":38901,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38900\/revisions\/38901"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=38900"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=38900"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=38900"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}