{"id":3920,"date":"2021-10-13T20:39:41","date_gmt":"2021-10-13T17:39:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3920"},"modified":"2021-10-13T20:39:42","modified_gmt":"2021-10-13T17:39:42","slug":"rus-ipak-torlari-nimasi-bilan-mashhur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rus-ipak-torlari-nimasi-bilan-mashhur\/","title":{"rendered":"Rus ipak to&#8217;rlari nimasi bilan mashhur?"},"content":{"rendered":"\n<p>Rossiyada ipak to&#8217;rlar to&#8217;qish san&#8217;ati bir necha asrlik tarixga ega. Avvalo, XVI asrdayoq tilla ipak to&#8217;rlar to&#8217;qish urf bo&#8217;lgan. Ular podshohlar va boyarlarning bayram kunlarida kiyadigan liboslarini bezagan, shuningdek Patriarx va oliy martabali ruhoniylarning ridolari ham shunday to&#8217;rlar bilan hashamat kasb etgan. Oltin to&#8217;rlarni bezash uchun turli rangdagi qimmatbaho toshlardan yasalgan marvaridlar va munchohlar ishlatilgan. Biroq XVIII asrning boshlariga kelib, sof metall to&#8217;rlar qo&#8217;llanilmay qoldi, zero metall iplar zig&#8217;ir yoki ipak iplar asoslariga omuxta qilinadigan bo&#8217;ldi. Bunday to&#8217;rlar bayramlarda kiyiladigan kostyumlarda, sarafanlar, issiq nimchalar, bosh kiyimlarini bezaklashda keng qo&#8217;llanildi. Rossiyada ipak to&#8217;r to&#8217;qishning uch san&#8217;ati paydo bo&#8217;ldi. Bular \u2014 miqdoriy, juft va ipakli to&#8217;r to&#8217;qish san&#8217;atlaridir. Miqdoriy to&#8217;r to&#8217;qish betakror naqshlardan iborat bo&#8217;lib, u ustaning oldindan biror-bir andozaga bezak chizmagan hollarida namoyon bo&#8217;ladi. Bezakning zarur miqdorda aniq takrorlanishi uchun har bir ishdagi qaviqlar miqdorini yodda saqlashga to&#8217;g&#8217;ri kelardi. Miqdoriy to&#8217;r to&#8217;qishdan kiyim-kechakning tor va pishiq qismlarini tayyorlashda qo&#8217;llanilgan. Juft to&#8217;r andozaga ko&#8217;ra to&#8217;qilgan. Andoza sirtiga bezak chizilgan. Muayyan joylarda mahkamlangan to&#8217;g&#8217;nag\u2019ichlar ipning zarur birikmalarini birlashtirishga ko&#8217;maklashgan. Juft to&#8217;r istalgan en va shaklga ega bo&#8217;lishi mumkin. Ipakli to&#8217;r yirik narsalarni tayyorlashda qo&#8217;llanilgan. Ish maxsus jiyakni tayyorlashdan boshlangan. Mazkur jiyak tayyorlanajak narsaning barcha nozik burmalarini takrorlagan. Ipak va halqalar yordamida unga alohida tayyorlangan qismlar mahkamlangan. Ipakli to&#8217;rlar mayin iplarining bir-biriga tutashib ketmasligi uchun aksariyat qoramtir yoki rangli taglikka mahkamlangan. Rus to&#8217;rlari naqsh va bezaklarining turli-tumanligi bilan hamisha ajralib turgan. Juft to&#8217;rlarda geometrik shakllar \u2014 romblar, siniq chiziqlar, uchburchaklar ko&#8217;p bo&#8217;lib, ular &#171;o&#8217;rgimchaklar&#187; va &#171;yulduzchalar&#187; yordamida o&#8217;zaro tutashtirilgan. Bir qarashda ular kichik marvarid bilan terib chiqilgan kashtani eslatadi. Eles shahri ularni tayyorlaydigan markaz sanalardi. Vologdaning ham ipak to&#8217;rlari eng mashhur bo&#8217;lgan. Vologdaliklarning naqshlarida o&#8217;simlik va hayvonlar-tovuslar va ertaklardagi xo&#8217;rozlarning tasvirlari ko&#8217;plab aks ettirilgan. Pishiq qavariq gullar jimjimador panjara yordamida ko&#8217;zga tashlanib turgan. Har bir nahshning o&#8217;z nomi bo&#8217;lgan. Bular &#171;tovuq oyoqchalari&#187;, &#171;tuyoqchalar&#187;, &#171;xo&#8217;roz toji&#187; kabilardir. Ba&#8217;zan ustalar oq to&#8217;rga qizil, tilla yoki kumush iplarni qirqib tikkanlar. Bugun to&#8217;r to&#8217;qish tag\u2019in odat tusiga kirmoqda, uni an&#8217;anaviy soha ustalarigina emas, ushbu san&#8217;at bilan qiziquvchilar yoki ana shu qadimiy san&#8217;atni qayta tiklashni istovchilar ham rivojlantirib kelmoqdalar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rossiyada ipak to&#8217;rlar to&#8217;qish san&#8217;ati bir necha asrlik tarixga ega. Avvalo, XVI asrdayoq tilla ipak to&#8217;rlar to&#8217;qish urf bo&#8217;lgan. Ular podshohlar va boyarlarning bayram kunlarida kiyadigan liboslarini bezagan, shuningdek Patriarx &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rus-ipak-torlari-nimasi-bilan-mashhur\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3920","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3920","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3920"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3920\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3921,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3920\/revisions\/3921"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3920"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3920"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3920"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}