{"id":39430,"date":"2022-12-21T16:06:19","date_gmt":"2022-12-21T13:06:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=39430"},"modified":"2022-12-21T16:06:22","modified_gmt":"2022-12-21T13:06:22","slug":"feruz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/feruz\/","title":{"rendered":"FERUZ"},"content":{"rendered":"\n<p>FERUZ, Muhammad Rahimxon II (1845 Xiva 1910) Xiva xoni (1864-1910); shoir va bastakor. Qo&#8217;ng&#8217;irotlar sulolasidan. Xiva shahridagi Arab Muhammadxon madrasasida tahsil ko&#8217;rgan, davlat, huquq ilmini zamonasining mashhur mudarrisi, shoir va olim Doiy, Yusufxo&#8217;ja Oxun va boshqalardan o&#8217;rgangan. Ogahiy Feruzga ustozlik qilgan, unga she&#8217;riyat sirlarini o\u2019rgatgan, tarix, tarjima ilmidan saboq bergan. Otasi Sayid Muhammadxon vafotidan so&#8217;ng (1864) Xiva taxtiga o&#8217;tirgan. Bu voqea munosabati bilan Ogahiy Feruzga bag&#8217;ishlab qasidalar bitgan. 1873 yil Xiva xonligiga K.P. fon Kaufman boshchiligidagi Rossiya armiyasi hujum qilib, xonlikning asosiy shaharlari va poytaxtni bosib olgan. Gandimiyon shartnomasi (1873 yil 12 avgust)ga ko&#8217;ra, Xiva xonligi podsho Rossiyasiga qaram bo&#8217;lib qolgan. Feruz ana shunday murakkab sharoitda yarim asrga yaqin muddat davomida Xiva xonligini boshqargan. Feruz saroyga adabiyot va san&#8217;at arboblarini to&#8217;plagan. Ogahiy, Komil, Tabibiy va b. ta&#8217;sirida o&#8217;zi ham Feruz (baxtli, g&#8217;olib) taxallusi bilan she&#8217;rlar yozgan. Feruz kitobat ishlariga katta ahamiyat bergan: devon tuzish, tarix yozish, tarjima ishlarini rivojlantirgan. Xorazmda tarjima maktabi yaratgan. Fors va Arab adabiyotining eng Nodir tarixiy, adabiy, ilmiy asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qildirgan. Uning hukmronligi davrida Ogahiy va Bayo&#8217;niylar tomonidan Xorazm tarixiga oid asarlar yozilgan. Komil Xorazmiy mumtoz maqomlar uchun nota yozuvini ixtiro qilgan. Xivada bosmaxona (toshbosma) tashkil ettirgan. Unda Xorazm shoirlari haqidagi &#171;Majmuat ushshuaro&#187; tazkirasi, Alisher Navoiy asarlari, Xorazm shoirlari devonlari nashr qilingan. Feruz Hindiston, Arabiston, Eron, Turkiya savdogarlari orqali Xorazmga chet ellardan noyob kitoblar keltirtirgan va ularni ko&#8217;p nusxalarda ko&#8217;chirtirgan, tarix va adabiyotga oid kitoblardan iborat boy kutubxona yaratgan. Feruz me&#8217;morlik, naqqoshlik, xattotlik kabi san&#8217;at turlarini ham rivojlantirgan. Bu davrda fotografiya va kino san&#8217;ati vujudga kelgan, obodonchilik ishlari amalga oshirilgan. Feruz 1871 yil Kyxira Ark qarshisida o&#8217;z nomi bilan ataluvchi 2 qavatli madrasa qurdirgan. Feruzning bevosita rahbarligi va tashabbusi bilan 30 dan ortiq madrasa, masjid, minora, xonaqolar qad rostlagan. Feruz yerlarni suv bilan ta&#8217;minlash, bog&#8217;-rog&#8217;lar barpo etish ishiga ham alohida ahamiyat bergan. Uning buyrug\u2019iga muvofiq, Qo&#8217;ng&#8217;irot tumani sarhadida katta ariq bunyod etilgan. Hozirda ushbu ariq &#171;Xon arigi&#187; deb ataladi. Feruz mumtoz she&#8217;riyatning an&#8217;anaviy janrlarida lirik she&#8217;rlar yaratgan. She&#8217;rlari, asosan, ishqmuhabbat mavzuida. Inson va hayot, sevgi va sadoqat Feruz ijodining g&#8217;oyaviy asosini tashkil qiladi. Ular ohangdorligi, tasviriyifodaviy bo&#8217;yoqlarga boyligi va shaklan rang-barangligi bilan ajralib turadi. Uning ko&#8217;pchilik g&#8217;azallari o&#8217;z zamonasida sozandalar va guyandalar tomonidan kuyga solib kuylanib kelingan. She&#8217;rlariga &#171;Devoni Feruz&#187; nomi bilan tartib bergan (1879). Bu devon Muhammad Sharif tomonidan qayta kuchirilgan (1900). Feruzning o\u2019zi Paxlavon Mahmudning 350 ruboiysini qo&#8217;lda kuchirib, kitob holiga keltirgan. Feruz Shashmaqom kuylarini o&#8217;rgangan, saroyda maqom ansamblini tuzgan. &#171;Navo&#187;, &#171;Dugoh&#187;, &#171;Segoh&#187; maqomlariga bog&#8217;lab kuylar yaratgan. Feruz Sayd Mahruyjon majmuasisati Sayid Mohi ruyi Jahon maqbarasida dafn qilingan. She&#8217;rlar devoni nusxalari O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. \u2116 3442, 1119)da saqlanadi. As: elga shohu Haqqa qul, T., 1997. Ad. Davlatyor Rahim, Shixnazar Matrasul , Shohva shoir qismati, T., 1993. Habib Abdunazar, Ibrohim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FERUZ, Muhammad Rahimxon II (1845 Xiva 1910) Xiva xoni (1864-1910); shoir va bastakor. Qo&#8217;ng&#8217;irotlar sulolasidan. Xiva shahridagi Arab Muhammadxon madrasasida tahsil ko&#8217;rgan, davlat, huquq ilmini zamonasining mashhur mudarrisi, shoir va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/feruz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-39430","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39430","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=39430"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39430\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39431,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39430\/revisions\/39431"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=39430"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=39430"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=39430"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}