{"id":39781,"date":"2023-01-20T13:13:10","date_gmt":"2023-01-20T10:13:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=39781"},"modified":"2023-01-20T13:13:11","modified_gmt":"2023-01-20T10:13:11","slug":"freska","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/freska\/","title":{"rendered":"FRESKA"},"content":{"rendered":"\n<p>FRESKA (italyancha fresco \u2014 yangi) \u2014 rangtasvir asari yaratish usuli; asarlari yangi nam suvoqqa quriganda yupqa shaffof kaltsiy karbonat qatlami hosil qiluvchi suvli yoki ohak suvi qo&#8217;shilgan bo&#8217;yoqlarda ishlanadi. Bunda bo&#8217;yoqlar mustahkamlanib, Freskaning uzoq saqlanishini ta&#8217;minlaydi. Shu usulda yaratilgan rangtasvir asari ham Freska deb ataladi. Me&#8217;morlik bilan bog&#8217;liq holda monumental kompozitsiyalar yaratish imkonini beruvchi Freska devoriy rassomlikning asosiy usullaridan. Freska uchun suvoq asos bir necha qatlam \u2014 1 qism so&#8217;ndirilgan ohak va 2 qism mineral to&#8217;ldiruvchilar (qum, ohak, g&#8217;isht yoki sopol kukunlari) dan iborat bo&#8217;ladi, ba&#8217;zan suvoqni yorilishdan saqlaydigan organik moddalar (somon, po&#8217;kak, kanop va hokazolar) qo&#8217;shiladi. Odatda, ohak bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishmaydigan bo&#8217;yoqlar ishlatiladi. Freska rang tuslarining barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi, faqat bunda bo&#8217;yoqlar quriganda o&#8217;ta oqarishini nazarda tutish kerak. O&#8217;simlik bo&#8217;yoklar quruq suvoqqa yelim yordamida yotqiziladi. Freskada lessirovka muhim rol o&#8217;ynaydi, biroq ko&#8217;p bo&#8217;yoq qatlamida rang xiralashadi va oqaradi. Freskadan tashqari quruq suvoqqa ishlanadigan rangtasvir usuli (a Sekko) ham qadimdan ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. Freska miloddan avvalgi 2-ming yilliqdan ma&#8217;lum: Egey san&#8217;atida tarqalgan, antik badiiy madaniyatda yuksak darajada rivojlangan. Milodning dastlabki asrlarida Freskaga yaqin bo&#8217;lgan bo&#8217;yama devoriy rasmlar Sharq (Hindiston, O&#8217;rta Osiyo va boshqa) xalqlarida yaratila boshlandi. Antik davr ustalari Freskani, odatda, tempera yordamida tugatganlar; bu usul O&#8217;rta asrlar Freskasi (Vizantiya, qadimgi Rus, Italiya va boshqalar)ga ham xos bo&#8217;lgan. Uyg&#8217;onish davrida italiyalik rassomlar (Jotto, Mazachcho, Rafael, Mikelanjelo va boshqalar) ijodida Freska yangi taraqqiyot bosqichiga ko&#8217;tarildi, 16-asrdan tempera qo&#8217;llanilmagan &#171;sof&#187; Freska tarqaldi. 20-asrning ilg&#8217;or rassomlari (Italiyada A. Borgonsoni, Meksikada D. Rivera, Rossiyada V.A. Favorskiy va boshqalar) Freskada ijod qildi, Freska palitrasi ko&#8217;pgina yangi sintetik bo&#8217;yoqlar bilan boyidi. O&#8217;zbekiston hududida qadimdan quruq suvoqqa ishlanadigan Freska usuliga yaqin devoriy rasmlar yaratilgan (Afrosiyob devoriy rasmlari va boshqalar), 20-asrdan Freska keng tarqaldi. Freska san&#8217;atining O&#8217;zbekistonda rivojlanishiga Ch. Ahmarov, N. Kashina, A. Gan va boshqalar katta hissa qo&#8217;shdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FRESKA (italyancha fresco \u2014 yangi) \u2014 rangtasvir asari yaratish usuli; asarlari yangi nam suvoqqa quriganda yupqa shaffof kaltsiy karbonat qatlami hosil qiluvchi suvli yoki ohak suvi qo&#8217;shilgan bo&#8217;yoqlarda ishlanadi. Bunda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/freska\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-39781","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39781","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=39781"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39781\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39782,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39781\/revisions\/39782"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=39781"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=39781"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=39781"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}