{"id":39851,"date":"2023-01-20T14:14:51","date_gmt":"2023-01-20T11:14:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=39851"},"modified":"2023-01-20T14:14:52","modified_gmt":"2023-01-20T11:14:52","slug":"fizioterapiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fizioterapiya\/","title":{"rendered":"FIZIOTERAPIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>FIZIOTERAPIYA (Yunoncha physis tabiat va therapy \u2014 davolamoq) \u2014 klinik tibbiyotning bir sohasi; tabiiy (kuyosh nuri, havo, suv, shifobaxsh balchiq) va sun&#8217;iy fizik omillar (elektr toki, magnit maydoni, sun&#8217;iy yorug&#8217;lik manbalari, ultratovush va boshqalar) ta&#8217;siri mexanizmini o&#8217;rganadi va ularni davolash-profilaktika maqsadida qo&#8217;llash usullarini ishlab chiqadi. Qadimgi Sharq mamlakatlari, xususan, Yunoniston va qadimgi Rimda tabiiy omillardan (ayniqsa, quyosh, ma&#8217;danli suv) davo maqsadida foydalanilgan. 18-asrga kelib fizikaning rivojlanishi va elektr toki kashf etilishi tufayli Fizioterapiya, asosan, elektr bilan davolash vujudga keldi. Keyinchalik galvanik tok (galvanizatsiya, elektroforez), asimmetrik o&#8217;zgaruvchi tok (franklinizatsiya), yukrri chastotali tok (darsonvalizatsiya, diatermiya) kabi fizik omillar kashf etilib, davo amaliyotida qo&#8217;llanila boshlandi. Fizioterapiya tibbiyotning ilmiyamaliy maxsus bo&#8217;limi sifatida rivojlandi. I.M.Sechenov, N.E.Vvedenskiy, I. P. Pavlov ishlarida Fizioterapiyaning nazariy asoslari yoritib berilgan. Ilmiy va amaliy Fizioterapiyaning keyingi rivojiga O&#8217;zbekistonda M.Faybushevich, Ya.K.Mo&#8217;minov, R. A.Katsenovich, Z.D.Dolimov va boshqalar katta qissa qo&#8217;shdilar. Keyingi yillarda O&#8217;zbekiston olimlari (N. M. Majidov, K. I. Yo&#8217;ldoshev, A.L.Alyavi, S.N. Bobojonov, G.A.Sodiqova, M.Yu.Aliaxunova, Z.R.Zunnunov va boshqalar) tomonidan gidroaeroionizatsiya, ultratovush, quyosh va sun&#8217;iy qizil impulsli hamda kogerent nurlari, iqlim, ma&#8217;danli suvlar, bishofit, bentonit, magnit, shifobaxsh o&#8217;simliklar bilan davolash usullari, shuningdek, fizioterapevtik muolajalarni hujayra darajasida tajribaviy o&#8217;rganish keng yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Fizioterapiyada davolash maqsadida tashqi muhitning tabiiy (landshaft, iqlim, yorug\u2019lik, suv, peloidlar) va sun&#8217;iy fizik omillari (elektr va mexanik energiyaning o&#8217;zgartirilgan usuli) ishlatiladi. Fizik omillar odamga uning butun evolyutsion taraqqiyoti davomida ta&#8217;sir etgan. Shuning uchun fizioterapevtik davo tadbirlari dori moddalariga qaraganda organizmga fiziologik jihatdan ko&#8217;proq ijobiy ta&#8217;sir etadi va noxush o&#8217;zgarishlar kam kuzatiladi. Fizioterapevtik omillar organizmga eng kichik dozada berilganda a&#8217;zolar maxsus himoya tizimi, yallig&#8217;lanishga qarshi jarayonlarni tiklab, katta terapevtik samaraga erishishi mumkin. Fizik omillarning a&#8217;zolarga ta&#8217;siri zamirida tanada hosil bo&#8217;luvchi maxsus biokimyoviy reaktsiyalar yotadi. Fizioterapevtik muolajalardan nafas, yurakqon tomir tizimi, ovqat hazm qilish, bo&#8217;g&#8217;im, nerv tizimlari va boshqa xastaliklarning oldini olish hamda davolash maqsadida foydalaniladi. Zamonaviy Fizioterapiyada past, yuqori, ultrayuqori va o&#8217;rta yuqori chastotali magnit, elektr va elektromagnit maydonlaridan (induktotermiya, UYuCh \u2014 terapiya va boshqalar), turli yorug&#8217;lik nurlari (infraqizil nurlaridan tortib ultrabinafsha va monoxromatik kogerent lazer nurlarigacha), mexanik tebranishlar (infratovushlardan ultratovushlargacha) va boshqalardan ham foydalaniladi. Keng qo&#8217;llaniladigan fizioterapevtik omillarga galvanizasiya, dorili elektroforez, elektrouyqu, DDT, interferents tok, amplipuls terapiya, flyuktorizasiya, darsonvalizatsiya, induktotermiya, ultratovushli terapiya kiradi. Undan tashqari, iqlim bilan davolash, aeroterapiya, gelioterapiya, talassoterapiya, psammoterapiya, tuzli g&#8217;or, gidroterapiya, shifobaxsh loy bilan davolash, mexanoterapiya va boshqa tabiiy fizioterapevtik omillardan hisoblanadi. Hozirgi O&#8217;zbekistonda tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti va uning Termiz filiali, shuningdek, tibbiyot institutlarining fizioterapiya kafedralarida katta ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FIZIOTERAPIYA (Yunoncha physis tabiat va therapy \u2014 davolamoq) \u2014 klinik tibbiyotning bir sohasi; tabiiy (kuyosh nuri, havo, suv, shifobaxsh balchiq) va sun&#8217;iy fizik omillar (elektr toki, magnit maydoni, sun&#8217;iy yorug&#8217;lik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fizioterapiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-39851","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39851","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=39851"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39851\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39852,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39851\/revisions\/39852"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=39851"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=39851"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=39851"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}