{"id":39879,"date":"2023-01-21T14:13:36","date_gmt":"2023-01-21T11:13:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=39879"},"modified":"2023-01-21T14:13:37","modified_gmt":"2023-01-21T11:13:37","slug":"filippin-tillari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/filippin-tillari\/","title":{"rendered":"FILIPPIN TILLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>FILIPPIN TILLARI &#8212; avstronez tillarinit malaypolinez tarmog&#8217;iga mansub g&#8217;arbiy guruh tillari; an&#8217;anaviy tarzda indonez tillari tarkibiga kiritiladi. Filippin tillari ning umumiy miqdori 100 dan ortiq bo&#8217;lib, ular Filippin arxipelagidagi odam yashaydigan 800 ta orolda tarqalgan (filippinliklarning 90% i mamlakatning 95% maydonini tashkil etuvchi 11 ta yirik orolda yashaydi). Keng tarqalgan 6 ta Filippin tillarida (bisay, tagal, iloki, bikol, pampangan, Pangasinan) 60 milliondan ortiq kishi so&#8217;zlashadi (o&#8217;tgan asrning 90-yillari). Yuqoridagilardan tagal tili ingliz tili bilan birga Filippin Respublikasining davlat tili hisoblanadi. Filippin tillari tasniflari ibtidoiy xususiyatga ega bo&#8217;lib, bu tasniflar sof lingvistik bo&#8217;lmay, etnolingvistik yoki geolingvistik tasniflardir. Masalan, amerikalik F. Bleyk 20-asr boshlarida Filippin tillarini Janubiy va shimoliy guruhlarga bo&#8217;lgan; ingliz olimi R. Rayt va filippinlik G. O. Beyerlar esa ularni &#171;xristian&#187;, &#171;musulmon&#187; va &#171;majusiy&#187; (butparast) tillarga ajratgan; amerikalik X. Konklin Filippin tillarini 75 &#171;asosiy lingvistik guruxlar&#187;ga birlashtiradi; filippinlik S. Lopes shimoliy, Markaziy (bisay) va Janub tillarni ajratadi va boshqalar. Ispaniyalik G. S. Xili va amerikalik K. Makfarlandlarning tasniflari ancha mukammal bo&#8217;lsada, ularning birinchisi \u2014 etnolingvistik, ikkinchisi geolingvistik xususiyatga ega. Filippin tillari fonetik tizimida o&#8217;rtacha 5 unli va 16 undosh tovush, jumladan, portlovchi bo&#8217;g&#8217;iz undoshi mavjud; asosan ochiq bo&#8217;g&#8217;in uchraydi. Bosh urg&#8217;u oxirgi yoki undan oldingi bo&#8217;g&#8217;inga tushadi. Morfologik jihatdan Filippin tillari agglyutinativ tillarga mansub. Affikslar, asosan, ko&#8217;p ma&#8217;noli bo&#8217;lib, ularning soni bir necha yuzga etadi. Ikki bo&#8217;g&#8217;inli o&#8217;zak morfemalar va bir o&#8217;zakli affiksal morfemalar ko&#8217;pchilikni tashkil etadi. Gapdagi so&#8217;z tartibi uncha barqaror emas, lekin kesimning ran boshida kelishi ustunlik qiladi. So&#8217;z yasalishida affiksatsiya, so&#8217;z takrori, so&#8217;z qo&#8217;shish hamda urg&#8217;uning o&#8217;rin o&#8217;zgartirishi kabi usullar qo&#8217;llanadi. Leksikada asl avstronez, indonez qatlamidan tashqari o&#8217;zlashma so&#8217;zlar ham (masalan, tagal tilida sanskrit, Xitoy, Arab, ispan, ingliz tillaridan kirgan so&#8217;zlar) anchagina. Filippin tillari Ispaniya istilosigacha qadimgi hind yozuvi brahmi asosida yaratilgan bo&#8217;g&#8217;inli yozuvdan foydalangan (unlilar uchun 3 ta, undoshlar uchun 14 ta belgiharf bo&#8217;lib, boshqa tovushlar diakritik va boshqa belgilar bilan ifodalangan), 17-asrdan bu yozuv ispanlashgan lotin grafikasi bilan almashtirilgan. Mindanao va sudu orollaridagi musulmon aholi Arab yozuvidan ham foydalanadi. 20-asrning 80-yillarida Filippin tillaridan faqat 14-15 tasigina o&#8217;z yozuviga ega bo&#8217;lgan edi, qolganlari yozuvga ega emas.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FILIPPIN TILLARI &#8212; avstronez tillarinit malaypolinez tarmog&#8217;iga mansub g&#8217;arbiy guruh tillari; an&#8217;anaviy tarzda indonez tillari tarkibiga kiritiladi. Filippin tillari ning umumiy miqdori 100 dan ortiq bo&#8217;lib, ular Filippin arxipelagidagi odam &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/filippin-tillari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-39879","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39879","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=39879"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39879\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39880,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39879\/revisions\/39880"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=39879"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=39879"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=39879"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}