{"id":3993,"date":"2021-10-14T10:53:00","date_gmt":"2021-10-14T07:53:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3993"},"modified":"2021-10-14T10:53:02","modified_gmt":"2021-10-14T07:53:02","slug":"restoran-qachon-vujudga-kelgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/restoran-qachon-vujudga-kelgan\/","title":{"rendered":"Restoran qachon vujudga kelgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Siz, ehtimol, taomni faqat mazali bo&#8217;lishi uchun pishiradilar, deb o&#8217;ylarsiz. Chindan ham bu narsa organizm ovqatni yaxshi o&#8217;zlashtirishi uchun yordam beradi. Taomning pishirilishi shuningdek bizning sog&#8217;ligimizni muhofaza qiladi, chunki bunda bizga zarar keltiradigan bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar yo&#8217;q qilinadi. Volidamiz qanchalik mazali taom pishirmasin, baribir, ba&#8217;zida bizning restoranga borgimiz kepqoladi (albatta, aqcha yetsa). Va faqat tag&#8217;inam totlirog\u2019idan tatib ko&#8217;rish uchungina emas. Muhimi \u2014 havo almashtirish va odamlar bilan gurunglashish. Restoran har doim ham bo&#8217;lmagan. Kishilar ko&#8217;ngil yozish, ichish va balkim, nimadir yeyish uchun to&#8217;planadigan tavernalar-yemakxonalar mavjud edi. Londonda bunday muassasalar xo&#8217;jalik do&#8217;konchalari deb atalgan. Avvaliga bu do&#8217;konchalarning xizmatchilari mijozlar o&#8217;zi bilan birga olib keladigan go&#8217;shtni pishirishardi. Keyinchalik ular o&#8217;z mahsulotlaridan tayyorlashga o&#8217;tishdi. Bu narsa endi restoranni esga soladigan bo&#8217;ldi. Bunday xo&#8217;jalik do&#8217;konchalari XII asrga qadar mavjud bo&#8217;lgan. Londondagi taverna har kuni tayyorlangan taomlarni muayyan soatlarda tanavvul hilish mumkin bo&#8217;lgan dastlabki dargohga aylandi. Ko&#8217;pincha bunday tavernalar klublarga aylanib ketar edi. Bu narsa XV asrda ro&#8217;y beradi. XVI asrning o&#8217;rtalarida mol-davlati turlicha shaharliklarda uyda emas, balki tavernada ovqatlanish odati paydo bo&#8217;ldi. Ko&#8217;pchilik tavernalar bir shilling va kamrog\u2019iga taomlar taklif etishardi. Bunday tushliklar tarkibiga sharob va hatto el (Britaniyadagi pivo navi) ham kirar edi. Tavernalar mashhur zotlar uchrashadigan joyga aylandi. Shekspir Londondagi &#171;Mermeyd&#187; tavernasining shinavandasi bo&#8217;lgan. 1765 yili Londonda qovoqxonalar ham paydo bo&#8217;ldi. Bu yerda o&#8217;sha zamonlarda yangilik sanalgan, g&#8217;alati bo&#8217;lgan narsalar \u2014 kofe, choy, shokoladni ham uchratish mumkin edi. Ba&#8217;zida qovoqxonada ko&#8217;ngilni to&#8217;q saqlaydigan boshqa taomlardan tanavvul qilishning imkoniyati bor edi. 1765 yilda Bulanje degan bir zot Parijda xushxo&#8217;r gazaklar va tayyor taomlar sotiladigan muassasa ochadi. U bu muassasani restoran deb ataydi. O&#8217;shanda bu so&#8217;z ilk daf&#8217;a ishlatilgan edi. Muassasaning ishlari yurishib ketadi, tabiiyki, tez orada unga o&#8217;xshashlari ham ko&#8217;plab ochila boshlaydi. Restoran hisqa vaqt oraligida butun Fransiya bo&#8217;ylab keng tarqaladi. &#171;Restoran&#187; so&#8217;zi Angliyada XIX asr oxirlariga qadar ishlatilib kelingan. Qo&#8217;shma Shtatlardagi dastlabki restoran 1683 yili Filadelfiyada ochilgan. U &#171;moviy langar&#187; deb atalar edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Siz, ehtimol, taomni faqat mazali bo&#8217;lishi uchun pishiradilar, deb o&#8217;ylarsiz. Chindan ham bu narsa organizm ovqatni yaxshi o&#8217;zlashtirishi uchun yordam beradi. Taomning pishirilishi shuningdek bizning sog&#8217;ligimizni muhofaza qiladi, chunki bunda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/restoran-qachon-vujudga-kelgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3993","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3993","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3993"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3993\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3994,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3993\/revisions\/3994"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3993"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3993"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3993"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}