{"id":4059,"date":"2021-10-14T13:12:18","date_gmt":"2021-10-14T10:12:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4059"},"modified":"2021-10-14T13:12:18","modified_gmt":"2021-10-14T10:12:18","slug":"kislotali-yomgir-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kislotali-yomgir-nima\/","title":{"rendered":"Kislotali yomg&#8217;ir nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Kislotali yomg&#8217;ir xususida gap ketganda mutaxassislar odatda 70-yillarning oxirlarida AQShda ro&#8217;y bergan judayam noxush bir hodisani eslab o&#8217;tishadi. O&#8217;shanda, G&#8217;arbiy Virjiniya shtatining Uiling degan ixcham shaharchasida uch kun davomida limon sharbatidan ham nordonroq yomg&#8217;ir yog&#8217;gan edi. Yomg\u2019ir ko&#8217;rinishida yog&#8217;adigan odatdagi yog&#8217;inda ham kislotaning juda kam miqdori bo&#8217;ladi va bu hol tabiiy hisoblanadi. Ammo Uilingdagi yomg&#8217;irda kislotalilik darajasi tabiiy bo&#8217;lganidan 5 000 baravar oshib ketgan edi. Kislotali yomg&#8217;ir nima o&#8217;zi? Avvalo shuni aytish kerakki, tabiatning o&#8217;zida kislotali yomg&#8217;ir mavjud bo&#8217;lmaydi. Odatdagi yomg&#8217;ir kislotalisiga aylanadi. Nega? Buningdek yomg&#8217;ir vujudga kelishining sababi \u2014 dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida havo ifloslanishining yil sayin ortib borishidir. Bu narsa qazilma yoqilg&#8217;ilar: ko&#8217;mir, neft, gazni yoqish evaziga sodir bo&#8217;ladi. Natijada kislota hosil qiluvchi gazlar: oltingugurt angidridi va azot oksidlarining katta miqdori atmosferaga ajralib chiqadi. Ular atmosferani bulg&#8217;aydi va nainki unda uzoq vaqt qoladi, balki olis masofalarga, yuzlab va hattoki minglab kilometrlarga uchib boradi. Yomg&#8217;ir yog&#8217;ayotganida bu ifloslantiruvchilar atmosferadagi namlik bilan birikadi va shunda yomg&#8217;ir shaklidagi odatdagi yog\u2019in xavfli kislotali yomg\u2019irga aylanadi. Kislotali yomg&#8217;ir tabiatga va kishilar sog&#8217;ligiga jiddiy zarar yetkazadi. Dengizlardagi, daryolar va ko&#8217;llardagi suvlar hayot uchun yaroqsiz holga kelib qoladi. Masalan, Kanadada kislotali yomg\u2019ir oqibatida 4 mingdan ziyod ko&#8217;llar o&#8217;lik deb e&#8217;lon qilingan, tag&#8217;in 12 mingi halokat yoqasida turibdi. Shvetsiyadagi 18 ming ko&#8217;llarning ham biologik muvozanati izdan chiqqan. Norvegiyada mamlakat janubidagi ko&#8217;llarning yarmida baliq yashamay qo&#8217;ydi. Kislotali yomg&#8217;ir o&#8217;rmonlar, bog\u2019istonlar, bog\u2019larga ham katta zarar yetkazadi. Barglar sarg\u2019ayadi va to&#8217;kiladi, ko&#8217;pgina nihollar shishadek mo&#8217;rtlashadi va sinib tushadi. Germaniyada kislotali yomg\u2019ir qoraqarag&#8217;aylarning yarmidan ko&#8217;progini nobud qildi. Kislotali yomg\u2019ir hattoki metalni ham o&#8217;yib tashlaydi, buning oqibatida ko&#8217;priklar vayron bo&#8217;layotir, samolyotlarga darz ketmoqda. Ming yillardan buyon mavjud bo&#8217;lgan va bizga qadar yetib kelgan ko&#8217;pgina tarixiy yodgorliklar endilikda kislotali yomg\u2019ir oqibatida yakson bo&#8217;lishi mumkin. Olimlarning aksariyati tomonidan atrof muhitni muhofaza qilishning eng yirik muammosi deb e&#8217;tirof etilayotgan kislotali yomg&#8217;ir bilan hay tariqa kurashish mumkin o&#8217;zi? Albatta, atmosferaga chiqarib yuborishlarni kamaytirish bilan. Darvoqe, bundan yuz yillar ilgari avtomobillar hali hayotimizni zaharlamagan kezlarda yomg\u2019irning kislotalik darajasi hozirgisidan yuz baravar past edi! Grenlandiyaning o&#8217;tgan asrda hosil bo&#8217;lgan muzi tarkibini tahlil qilgan tadqiqotchilar shuni aniqlashgan. Shunday ekan, zararli ishlab chiqarishlarga gazdan tozalovchi uskunalarni tatbiq etish zarur. Biroh buningdek qurilma rosayam qimmat turadi va sanoatchilar ha deganda uni o&#8217;rnatishga mayl bildiravermaydilar. Demak, ularni bu ishni qilishga majburlovchi qonunlar kerak. Bunday qonunlarning xalqaro maqomga ega bo&#8217;lishi hammasidan ham a&#8217;lo bo&#8217;lur edi (biz bir mamlakatning chiqitlaridan boshqalari qay tariqa zarar ko&#8217;rishini aytib o&#8217;tgan edik). Bunday qonunlar rioya etmaganlik uchun hattoki urush olib borayotgan mamlakatga nisbatan qo&#8217;llanganidek qat&#8217;iy jazolar berilishi ham maqsadga muvofiq bo&#8217;lur edi. Chunki odamlar harbiy mojarolarga qaraganda kislotali yomg&#8217;irdan ko&#8217;proq halok bo&#8217;lmoqdalar! Afsuski, bu haqda orzuga borish mumkin, xolos. Biroq, bu orzu yaqin vaqtlarda amalga oshgan taqdirda ham yer atmosferasi sog&#8217;lomlashishidan oldin uzoq o&#8217;nyilliklarning sochi oqarishi kerak bo&#8217;ladi. Biz uni nechog&#8217;li bulg&#8217;ab tashlaganimizni his etdingizmi?<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kislotali yomg&#8217;ir xususida gap ketganda mutaxassislar odatda 70-yillarning oxirlarida AQShda ro&#8217;y bergan judayam noxush bir hodisani eslab o&#8217;tishadi. O&#8217;shanda, G&#8217;arbiy Virjiniya shtatining Uiling degan ixcham shaharchasida uch kun davomida limon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kislotali-yomgir-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-4059","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4059","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4059"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4059\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4060,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4059\/revisions\/4060"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4059"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4059"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4059"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}