{"id":4069,"date":"2021-10-14T13:18:17","date_gmt":"2021-10-14T10:18:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4069"},"modified":"2021-10-14T13:18:18","modified_gmt":"2021-10-14T10:18:18","slug":"yashillar-kimlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yashillar-kimlar\/","title":{"rendered":"Yashillar kimlar?"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;Yashillar&#187; (Ko&#8217;katparvarlar) \u2014 bu, bizni qurshab turgan olam \u2014 daryolar va havoning tozaligi, o&#8217;rmonlarning tabiiy ko&#8217;rkamligi, hayvonot va nabotot dunyosini, tuproq tarkibi va tabiiy landshaftlarni saqlab qolish uchun kuyinadigan odamlardir. Ular nafaqat biz yashab turgan muhitning musaffoligi va barqarorligi xususida tashvishlanadilar, qolaversa tegishlicha tadbirlar ham ko&#8217;radilar: piketlar, namoyishlar, konferentsiyalar uyushtirib, ularda tabiatni muhofaza qilish masalalarini o&#8217;rtaga tashlaydilar, tabiatni asrashga oid yanada mukammalroq qonunlar ishlab chiqishni talab qiladilar. Ular atrof muhitni kuzatib boradilar, ko&#8217;p hollarda tabiatning &#171;o&#8217;zini his qilishi&#187; bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan hodisalar va jarayonlarni ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etadilar. &#171;Yashillar&#187;ning o&#8217;z oldiga qo&#8217;ygan vazifalaridan biri \u2014 matbuot, radio va televideniye yordamida bunday tadqiqotlar natijasini aholi e&#8217;tiboriga yetkazish sanaladi. Ta&#8217;bir joiz bo&#8217;lsa, aytish mumkinki, o&#8217;zlari &#171;yashillashgan&#187; bu odamlar sayyora tabiati naqadar og&#8217;ir ahvolda ekanligi xususida hali bosh qotirib ko&#8217;rmaganlar sirasiga mansub kishilarni to&#8217;g&#8217;ri tarbiyalashga harakat qiladilar. Bundan tashqari, Yashillar \u2014 bu, tag&#8217;in o&#8217;z dasturlarida yuqorida zikr etib o&#8217;tilgan maqsadlar va vazifalarga ega bo&#8217;lgan siyosiy tashkilotlar va partiyalarning umumlashma nomlanishi hamdir. Oxirgi o&#8217;nyilliklarda &#171;Yashillar&#187; Yevropadagi qudratli siyosiy kuchga aylandilar. Ularning vakillari Yevropa davlatlarining milliy parlamentlarida yetarlicha katta miqdorda ishtirok etish asnosida ekologik jihatdan muhim masalalarni hal qilishga ta&#8217;sir o&#8217;tkazadilar. Germaniyadagi &#171;Yashillar&#187; partiyasi ana shunday nufuzli siyosiy uyushmalardan biri sanaladi. Rost, &#171;yashilar&#187;ning barcha tashkilotlari ham partiyalar sirasiga kirmaydi va siyosat bilan shug\u2019ullanmaydi. Butun dunyoga tanilgan &#171;Grinpis&#187; (inglizchadan tarjima qilganda &#171;yashil olam&#187; ma&#8217;nosini anglatadi) partiyaviy tus berilmagan xalqaro tashkilot bo&#8217;lib, uning qat&#8217;iy va tinim bilmas xatti-harakatlariga qoyil qolmaslikning iloji yo&#8217;q. Darvoqe, nufuzli &#171;Grinpis&#187; navqiron uyushmadir. Uning ta&#8217;sis qurultoyi 1971 yili Kanadada bo&#8217;lib o&#8217;tgandi. Chorak asrdan sal oshiq davr mobaynida uning bo&#8217;limlari butun dunyoda, jumladan, AQShda, GFRda, Buyuk Britaniyada, Rossiyada, Avstraliyada vujudga keldi. &#171;Grinpis&#187; faoliyatining asosiy shakli \u2014 bu tashkilot a&#8217;zolari tomonidan tabiatning eng &#171;qaynoq&#187; nuqtalarida uyushtiriladigan osoyishta namoyishlardir. Binobarin, &#171;Grinpis&#187; Sibir taygalarida kedr daraxtlarini kesishni cheklash va batamom to&#8217;xtatish uchun, tinch ummoni sochmaorollarida yadroviy qurollar sinovini bekor qilish uchun, suyuq holdagi radioaktiv chiqitlarni dengizga oqizishni hamma joyda man qilish uchun, kit ovlashni butunlay man etish uchun kurashadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;Yashillar&#187; (Ko&#8217;katparvarlar) \u2014 bu, bizni qurshab turgan olam \u2014 daryolar va havoning tozaligi, o&#8217;rmonlarning tabiiy ko&#8217;rkamligi, hayvonot va nabotot dunyosini, tuproq tarkibi va tabiiy landshaftlarni saqlab qolish uchun kuyinadigan odamlardir. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yashillar-kimlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-4069","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4069","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4069"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4069\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4070,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4069\/revisions\/4070"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4069"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4069"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4069"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}