{"id":4083,"date":"2021-10-14T14:59:17","date_gmt":"2021-10-14T11:59:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4083"},"modified":"2021-10-14T14:59:19","modified_gmt":"2021-10-14T11:59:19","slug":"abdulla-qodiriy-1894-1938-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abdulla-qodiriy-1894-1938-2\/","title":{"rendered":"ABDULLA QODIRIY (1894 \u2014 1938)"},"content":{"rendered":"\n<p>Abdulla Qodiriy, o&#8217;zbek milliy adabiyotining ko&#8217;zga ko&#8217;ringan namoyandalaridan biri. U jurnalist, tarjimon sifatida ham mashhur bo&#8217;lgan. O\u2018z ijodi davomida ellikdan ortiq adabiy taxallus qo&#8217;llagan, shulardan \u00abJulqunboy\u00bb taxallusigina mashhur. Ulug&#8217; adib Toshkentning Samarqand Darboza dahasida bog&#8217;bonlik bilan kun kechiruvchi kambag&#8217;al oilada dunyoga keldi. 1904 \u2014 1906-yillar eski maktabda va rus tuzem maktabida tahsil oldi. Oilasi kambag&#8217;allashgani sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotib va yordamchi bo&#8217;lib ishladi. Shundan so&#8217;ng Eski shahar Ozuqa qo&#8217;mitasining bosh kotibi (1918), \u00abOziq ishlari\u00bb gazetasida muharrir (1919), \u00abIshtirok iyun\u00bb va \u00abQizil bayroq\u00bb gazetalarida adabiy xodim, shuningdek \u00abMushtum\u00bb jurnalida tahrir hay\u2019ati a\u2019zosi bo&#8217;lib xizmat qildi. Bo&#8217;lg&#8217;usi adibning ilk ijodi 1913 \u2014 1914-yillarda boshlangan. Dastlab u shoir sifatida \u00abAhvolimiz\u00bb, \u00abMillatimga\u00bb, \u00ab\u0422\u043e&#8217;\u0443\u00bb kabi she\u2019rlar yozadi. Unda o&#8217;z xalqini ilm-ma\u2019rifatga chorlaydi. U o\u2019zining 1915-yilda nashr etilgan \u00abBaxtsiz kuyov\u00bb nomli sahna asari bilan dramaturg sifatida ham taniladi. Abdulla Qodiriy shoir, dramaturg bo&#8217;lish bilan birga mohir felyetonchi, hajvchi, hikoyanavis, qissanavis va birinchi romannavis sifatida ham ma\u2019lum va mashhurdir. Adib \u00abJuvonboz\u00bb, \u00abUloqda\u00bb kabi hikoyalari va \u00abKalvak mahzumning xotira daftaridan\u00bb, \u00abToshpo&#8217;lat tajang nima deydi?\u00bb kabi hajviy qissalarida jamiyatdagi va odamlar orasidagi nopokliklarni hajv qiladi. Abdulla Qodiriy eng avvalo adabiyotimiz tarixida birinchi o&#8217;zbek milliy tarixiy anlarini yaratgan adib, san\u2019atkor sifatida katta shuhrat topgan. \u00abO&#8217;tgan kunlar\u00bb romani adibning shoh asaridir. Xalqimizning 19-asr o&#8217;rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy va ma\u2019naviy silsilalarga boy murakkab bir davri haqida hikoya qiluvchi bu badiiy go&#8217;zal asari bilan Abdulla Qodiriy o&#8217;zbek romanchilik maktabiga asos soldi va Alisher Navoiydan keyin o&#8217;tgan eng ulug&#8217; o&#8217;zbek adibi bo&#8217;lib qoldi. Otabek bilan Kumushbibilarning boshdan kechirganlari roman mavzusi asosini tashkil etadi. Xuddi shu bahonada davrning ijtimoiy-siyosiy muhiti ham badiiy umumlashtiriladi. Roman tili nihoyatda boy, jozibali va sermazmun bo&#8217;lib, uning o&#8217;ta o&#8217;qimishli bo&#8217;lishini ta\u2019minlagan. Adibning \u00abMehrobdan chayon\u00bb nomli ikkinchi romanida Qo&#8217;qon xoni Xudoyorxon davriga xos adolatsizliklar, fitnafasodlar, qing &#8216;irliklar fosh etiladi. Bularga qarshi kurashda Anvar va Ra\u2019nolar ko&#8217;rsatgan jasorat ulug&#8217;lanadi. Abdulla Qodiriyning \u00abObid ketmon\u00bb qissasi (1935) esa qishloq hayotidan yozilgan dastlabki yirik nasriy asar sifatida muhimdir. Abdulla Qodiriy shaxsga sig&#8217;inish davrining qurboni bo&#8217;ldi. U 1937-yil 31- dekabrda hibsga olinib, ko&#8217;p o&#8217;tmasdan qatl etilgan. 1956 yilga kelib yozuvchi oqlandi, uning adabiy merosi o &#8216;rganila boshlandi. Istiqlol tufayli nomi abadiylashtirilib, ko&#8217;chalar, mahalla, maktab, madaniyat uylari, institut adib nomi bilan yuritila boshlandi. Uning asarlari qator xorijiy tillarda nashr etilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abdulla Qodiriy, o&#8217;zbek milliy adabiyotining ko&#8217;zga ko&#8217;ringan namoyandalaridan biri. U jurnalist, tarjimon sifatida ham mashhur bo&#8217;lgan. O\u2018z ijodi davomida ellikdan ortiq adabiy taxallus qo&#8217;llagan, shulardan \u00abJulqunboy\u00bb taxallusigina mashhur. Ulug&#8217; adib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abdulla-qodiriy-1894-1938-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1606,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4083","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4083","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4083"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4083\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4084,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4083\/revisions\/4084"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1606"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4083"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4083"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4083"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}