{"id":4089,"date":"2021-10-14T19:07:17","date_gmt":"2021-10-14T16:07:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4089"},"modified":"2021-10-14T19:07:18","modified_gmt":"2021-10-14T16:07:18","slug":"aeroport","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/aeroport\/","title":{"rendered":"AEROPORT"},"content":{"rendered":"\n<p>\u00abAeroport\u00bb so&#8217;zi o&#8217;zbek tiliga tarjima qilinsa, \u00abhavo bekati\u00bb degan ma\u2019noni bildiradi. Bizning yerimiz havo okeani \u2014 atmosfera bilan o&#8217;ralgan. Havo kem alari \u2014 samolyotlar, vertolyotlar uni barcha yo&#8217;nalishlarda kesib o&#8217;tadi. Aeroportlarda uchish mashinalari yukdan bo&#8217;shatiladi, ulardan yo&#8217;lovchilar tushishadi, ularda yonilg&#8217;i to&#8217;ldiriladi, yana yuk ortiladi, yangi yo&#8217;lovchilar chiqishadi. &#8230; Bizning samolyotimiz qo&#8217;nish uchun aeroportga yaqinlashmoqda. Pastda beton yo&#8217;llar kesib o&#8217;tgan ulkan tekis maydon ko&#8217;zga tashlanadi, ba\u2019zan yo&#8217;llarning ikki chetida, o&#8217;tlar orasida qator chiroqlar ko&#8217;rinadi, bu yo&#8217;llar samolyotlar qo&#8217;nadigan va havoga ko&#8217;tariladigan yo&#8217;lkalardir. Ulardan har tomonga samolyotlar burilib oladigan ensizroq yo&#8217;lkalar ketgan. Maydon chekkalariga har xil inshootlar qurilgan. Butunlay oyna va metalldan qurilgan ko&#8217;rkam bino \u2014 aerovokzal. Ana u minora esa asosiy komanda punkti \u2014 dispetcherxona. Shu yerdan turib dispatcher samolyot uchuvchilari bilan gaplashadi, ularning qaysi yo&#8217;lkaga qo&#8217;nishlari yoki qaysi yo&#8217;lkadan ko&#8217;tarilishlari haqida ko&#8217;rsatmalar beradi, ularga ob-havo ma\u2019lumotlarini ma\u2019lum qiladi. U radiolokatorlar ekranida atrofdagi bir necha kilom etr havo bo&#8217;shlig&#8217;ini kuzatib turadi. Quyuq tuman tushgan yoki osmonni bulut qoplagan paytlarda dispetcher shu radiolokatorlar yordamida samolyotning qo&#8217;nishiga rahbarlik qiladi. Aerovokzal orqasidagi beton qoplangan katta maydonda qanotli kemalar turibdi, ba\u2019zi samolyotlar oldida yonilg&#8217;ili ulkan avtotsisternalar bor. Ulardan samolyotlarga yonilg&#8217;i quyilmoqda. Ba\u2019zi samolyotlar oldida yuk mashinalari va transportyorlar bor. Transportyorlarning lentalarida samolyotlarga yuklar ortilmoqda. Mana, samolyot yaqiniga avtobuslar keldi, eshiklari ochilib, odamlar birin-ketin tushishdi. Ular hademay samolyotga chiqib, ko&#8217;zlagan manzillariga yo&#8217;l olishadi. &#8230;. Bizning samolyotimiz asta-sekin pasayib, aeroportga qo&#8217;ndi. Shu zahoti uning eshigiga juda qulay narvon \u2014 trap taqaldi. Eshiklar ochilib, yo&#8217;lovchilar beton maydonga tushishdi. Ixcham avtobusga tirkalgan vagonchalar \u2014 avtopoyezd yo&#8217;lovchilarni aerovokzaloga olib ketdi. Aerovokzal oddiy temiryo&#8217;l vokzaliga o&#8217;xshaydi: bu yerda chipta sotiladigan kassalar, pochta, telegraf, yuk f4 saqlash kameralari, kutish zallari, bojxona, shifokor xonasi, restoran bor. Aeroport murakkab va gavjum katta xo&#8217;jalikdir. Shuning uchun uni, odatda, shahardan chekkaroq joyda qurishadi. O\u2018zbekistonning hamma katta shaharlarida aeroport bor. Ulardan eng kattasi Toshkent shahrida.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00abAeroport\u00bb so&#8217;zi o&#8217;zbek tiliga tarjima qilinsa, \u00abhavo bekati\u00bb degan ma\u2019noni bildiradi. Bizning yerimiz havo okeani \u2014 atmosfera bilan o&#8217;ralgan. Havo kem alari \u2014 samolyotlar, vertolyotlar uni barcha yo&#8217;nalishlarda kesib o&#8217;tadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/aeroport\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4089","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4089","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4089"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4089\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4091,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4089\/revisions\/4091"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4089"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4089"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4089"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}