{"id":4114,"date":"2021-10-14T20:22:48","date_gmt":"2021-10-14T17:22:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4114"},"modified":"2021-10-14T20:22:49","modified_gmt":"2021-10-14T17:22:49","slug":"akvarium","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/akvarium\/","title":{"rendered":"AKVARIUM"},"content":{"rendered":"\n<p>Uch litrli idishni ham, baliqlarni boqish uchun mo&#8217;ljallangan dengiz suvi bilan to&#8217;ldirilgan ulkan hovuz\u2014 okeanariyni ham akvarium deb atash mumkin. Odatda bolalaming birinchi akvariumi oddiy shisha idishdan iborat bo&#8217;ladi; ichiga qum solib o&#8217;simlik o&#8217;tqazilgan yoki chig&#8217;anoq tashlangan shisha bankaga hovuzdan tutib olingan baliqchalami solib qo&#8217;yasiz. Qarabsizki, akvarium tayyor. Akvariumni oftobda qoldirish mumkin emas, chunki oftobda akvarium suvi qizib ketib, undagi baliqchalar nobud bo&#8217;ladi. Akvariumga ko&#8217;p non ushog&#8217;i solinganida ham rangi xiralashib qoladi. Shuning uchun baliqlami boqishda akvarium ularning \u00abuycha\u00bbsi ekanligini unutmaslik kerak. Baliqchalar bunday uychada hovuz, anhor yoki ko&#8217;ldagi kabi erkin yashashi kerak. Shu tufayli akvariumni o&#8217;rnatishdan avval baliqlar va akvarium haqidagi kitoblarni diqqat bilan o&#8217;qib chiqish yoki kattalar bilan maslahatlashish lozim. Qaysi baliqlarni qanday boqish, akvariumga qanday chig&#8217;anoqli shilliqqurtlarni solish mumkin emasligini aniq bilish zarur. Masalan, chig&#8217;anoqli hovuz shilliqqurti o&#8217;simliklarni shikastlashi mumkin. Akvarium bilan shug&#8217;ullanishni tovonbaliqchalar yoki ularga yaqin bo&#8217;lgan oltin baliqchalar hamda boshqa turiar vualdum, teleskop, kometa kabi baliqchalami boqishdan boshlash zarur. Bu baliqchalar harorati 20 darajagacha bo&#8217;lgan suvda o&#8217;zini yaxshi his qiladi. Akvariumni isitkich asboblari: batareyalar va pechkaga yaqin qo&#8217;ymaslik lozim. Yilning sovuq paytlarida esa akvariumni derazadan uzoqroqqa joylashtirish zarur. Suv harorati 14 darajadan past bo&#8217;lsa baliqchalar kasallanishi va nobud bo&#8217;lishi mumkin. Ekzotik baliqchalardan qilichdum, guppi, makropodlar akvarium sharoitida yaxshi yashaydi. Bu baliqchalar issiqsevar bo&#8217;lib, ular yashaydigan suvning harorati 25 daraja atrofida bo&#8217;lishi kerak. Akvarium suvi qaytargichli elektr lampasi yordamida isitiladi. Lampa akvariumning tashqi tomoniga osib qo&#8217;yiladi. Baliqchalarni akvariumga qo&#8217;yib yuborishdan avval uni yaxshilab tayyorlash lozim. Akvariumdagi lak va bo&#8217;yoq hidini yo&#8217;qotish uchun unga limmolim qilib suv to&#8217;ldirib, ikki-uch kun saqlanadi. So&#8217;ngra suvni to&#8217;kib tashlab, akvarium tubiga 5\u2014 6 santimetr qalinlikda yaxshilab yuvilgan nam qum solinadi. Ana shundan so&#8217;ng akvariumga o&#8217;simlik o&#8217;tqaziladi. O&#8217;simlik akvarium uchun manzarali bo&#8217;lish bilan birga suvni kislorodga boyitib ham turadi. Akvarium uchun turli shaklli va rangli o&#8217;simliklar tanlab olinadi. To&#8217;q yashil, qizil yoki jigarrang bargli yirik o&#8217;simliklar burchaklarga va kuzatuvchidan uzoqroqdagi devor bo&#8217;ylab, och yashil tusli o&#8217;simliklar markazga (yorug\u2019 yaxshi tushadigan joyga) o&#8217;tqaziladi. Akvarium old devori bo&#8217;ylab barglari kertikli, mayda o&#8217;simliklarni o&#8217;tqazgan ma\u2019qul. O&#8217;rta mintaqalarda akvariumga oddiy shoxbarg, uchma patbarg, elodeya, shuningdek, suvyaproq, kabomba, o&#8217;qbarg kabi o&#8217;simliklarni o&#8217;tqazish mumkin. Keyin ehtiyotlik bilan akvarium ning 3\/4 qismigacha suv to&#8217;ldiriladi. O&#8217;simliklarni va akvarium tubidagi qumni qo&#8217;zg&#8217;atib yubormaslik uchun suvni voronkadan quygan ma\u2019qul. Shundan so&#8217;ng akvariumga qalqib yuruvchi richchiya yoki ryaska (lemnya) o&#8217;simligi tashlab qo&#8217;yiladi. Akvariumga o&#8217;simlik o&#8217;tqazildi va suv quyib bo&#8217;lindi, lekin baliqchalarni qo&#8217;yib yuborishga hali vaqt erta, avval undagi o&#8217;simlik o&#8217;zini tutib olishi va suv tinishi lozim. Bir necha kun o&#8217;tib, suv tiniq bo&#8217;lgandan so&#8217;ng akvariumga baliqchalami qo&#8217;yib yuborsa bo&#8217;ladi. Tovonbaliq, oltin baliqcha va shunga o&#8217;xshash baliqlar kuniga bir martadan oziqlantiriladi. Ularga yaxshisi tirik oziq (parvona kapalak, nay o&#8217;ragich bergan ma\u2019qul. Baliqchalarga mayda qilib kesilgan go&#8217;sht va jigar bo&#8217;lakchalari, non ushoq bersa ham bo&#8217;ladi. Ekzotik baliqchalar parvona kapalak, dafniya (suv burgasi) va sikloplar bilan kunora boqiladi. Baliqlarga quritilgan oziq (quritilgan dafniya yoki siklop) faqatgina tirik oziq bo&#8217;lmagan hollardagina beriladi. Baliqchalarga oziqni juda ko&#8217;p tashlamaslik kerak. Ortiqcha quruq oziq akvarium tubiga cho&#8217;kib, chiriydi va suvni ifloslantiradi. Bordi-yu suv hidlanib yoki xiralashib, suv tubi ifloslanib ketsa nima qilish kerak? Bunday hollarda akvariumdagi suvni katta bankaga olib, unga baliqchalarni solib qo&#8217;ying. Bankaga faqat akvarium suvidan solish zarur. Chunki boshqa suvning harorati akvarium suvidan sovuq bo&#8217;lishi mumkin; bu baliqchalar uchun xavfli, baliqchalar haroratning keskin o &#8216;zgarishini yoqtirishmaydi. Baliqchalar bankaga olingandan keyin akvariumdagi eski suvning ko&#8217;p qismini to&#8217;kib tashlab, uni barcha iflos cho&#8217;kindilardan tozalanadi. Akvarium \u00adga tindirilgan yangi suv quyib to&#8217;ldiriladi. Yangi quyiladigan suvning harorati akvariumdagi avvalgi suvning harorati bilan bir xilda bo&#8217;lishi lozim. Shu ishlarni bajargandan keyingina baliqchalarni yana akvariumga qo&#8217;yib yuborsa bo&#8217;ladi. Akvariumda barcha qit\u2019a suv havzalarida uchraydigan baliqlarni asrash mumkin. Iliq rejimli akvariumlarda tirik tug&#8217;uvchi amerika karptishlilaridan guppi, qilichdum, petsiliy, limiy, girardinuslar asraladi. Ko&#8217;pincha, bitta akvariumda Osiyo baliqlaridan danio, barbuslar va kardinallar yoki o&#8217;zidan yorug&#8217;lik chiqaruvchi Janubiy Amerika baliqlaridan neonlar, svetlyachoklar asralishi mumkin. Shuni doimo yodda tutingki, uyingizda baliqchalar yayrab yashashi kerak. Shundagina akvarium sizga quvonch baxsh etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Uch litrli idishni ham, baliqlarni boqish uchun mo&#8217;ljallangan dengiz suvi bilan to&#8217;ldirilgan ulkan hovuz\u2014 okeanariyni ham akvarium deb atash mumkin. Odatda bolalaming birinchi akvariumi oddiy shisha idishdan iborat bo&#8217;ladi; ichiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/akvarium\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4114","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4114","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4114"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4114\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4115,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4114\/revisions\/4115"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4114"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4114"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4114"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}