{"id":4116,"date":"2021-10-14T20:23:50","date_gmt":"2021-10-14T17:23:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4116"},"modified":"2021-10-14T20:23:51","modified_gmt":"2021-10-14T17:23:51","slug":"albaniya-albaniya-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/albaniya-albaniya-respublikasi\/","title":{"rendered":"ALBANIYA (Albaniya Respublikasi)"},"content":{"rendered":"\n<p>Maydoni &#8212; 28700 kvadrat kilometr. Aholisi &#8212; 3400000 kishi. Bu kichik mamlakat Yevropaning janubida joylashgan. Ko&#8217;p qismi tog&#8217; tizmalari vayassi tog&#8217;liklardan iborat. Tog&#8217;larda keng bargli va eman qoraqayin o&#8217;rmonlar anchagina. Tog&#8217; daralaridan sharillab oqib chiqqan daryolar dengizga quyiladi. Adriatika dengizining sohili bo&#8217;ylab 150 kilometrga cho&#8217;zilgan serunum tekislik bor, uning eni 15 kilometrdan 35 kilometrgacha. Daryolar shu tekislikni kesib o&#8217;tadi. Tekislikning iqlimi yumshoq. Tog&#8217;li joylarning iqlimi sovuqroq. Mamlakat tarixiga nazar tashlaydigan bo&#8217;lsak, miloddan avvalgi 2-asrda hozirgi Albaniya hududini Rim bosib olgan, milodiy 4-asrdan 14-asrgacha Vizantiya tarkibiga kirgan, keyinchalik uning ayrim qismlari bolgar va serb zamindorlari qo&#8217;l ostida bo&#8217;lgan. 14-asrning oxirlaridan uni Usmoniy turklar zabt etdi. 15 -asr o&#8217;rtalaridan Iskandarbek boshchiligidagi umumxalq qo&#8217;zg&#8217;oloni bo&#8217;lganligi ma\u2019lum. Nihoyat, 1912-yildagina Albaniya mustaqil davlat deb e\u2019lon qilindi. 1928-yilda u Italiya mustamlakasiga aylandi. 1943\u2014 44-yillarda nemis fashistlari zulmi ostida bo&#8217;ldi. 2-jahon urushidan so&#8217;ng, 1946-yilda Xalq Respublikasi deb e\u2019lon qilindi. 1991-yilda tasdiqlangan konstitutsiyaga muvofiq Albaniya parlamenti respublika deb ataladi. Mamlakat iqtisodiyotida to&#8217;qimachilik, metallsozlik, yog&#8217;ochsozlik, energetika kabi sanoat tarmoqlari mavjud; oziq-ovqat, neft qazib chiqarish va konchilik sanoati rivojlangan. Albaniya xalq xo&#8217;jaligining asosiy tarmog&#8217;i qishloq xo&#8217;jaligidir. Mamlakat hududining bir qism igina serunum yerlar bo&#8217;lganidan albanlar botqoq yerlarni quritib, ekinzorga aylantiradilar va tog &#8216; yonbag&#8217;irlarida bog&#8217;lar yaratadilar. Dehqonlar makkajo&#8217;xori, bug&#8217;doy, sholi, arpa, suli, kartoshka, sabzavot, dukkaklilar, apelsin, limon, uzum, tamaki, paxta, qandlavlagi yetishtiradilar. Tokchilik, zaytun va sitrus mevalar yetishtirish rivojlangan. Albanlar sigir, ot, xachir, eshak, buyvol, cho&#8217;chqa, echki, qo&#8217;y boqishadi. Albaniya poytaxti \u2014 Tirana \u2014 mamlakatning sanoat va madaniyat markazi. Bu yerda to&#8217;qimachilik kombinati, mexanika zavodi, mebel va poyabzal fabrikalari, oyna, chinni va boshqa zavodlar qurilgan. Bolalar uchun majburiy ta\u2019lim joriy etilgan. Universitet tashkil etildi, kinostudiya barpo bo&#8217;ldi, teatr va kinoteatrlar qurildi. Albaniya bilan O&#8217;zbekiston Respublikasi o&#8217;rtasida diplomatiya munosabatlari 1993-yilda o&#8217;rnatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Maydoni &#8212; 28700 kvadrat kilometr. Aholisi &#8212; 3400000 kishi. Bu kichik mamlakat Yevropaning janubida joylashgan. Ko&#8217;p qismi tog&#8217; tizmalari vayassi tog&#8217;liklardan iborat. Tog&#8217;larda keng bargli va eman qoraqayin o&#8217;rmonlar anchagina. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/albaniya-albaniya-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4116","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4116","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4116"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4116\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4117,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4116\/revisions\/4117"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4116"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4116"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4116"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}