{"id":4122,"date":"2021-10-15T07:38:17","date_gmt":"2021-10-15T04:38:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4122"},"modified":"2021-10-15T19:38:04","modified_gmt":"2021-10-15T16:38:04","slug":"bosqin-arafasida-ozbek-xonliklaridagi-ijtimoiy-siyosiy-vaziyat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bosqin-arafasida-ozbek-xonliklaridagi-ijtimoiy-siyosiy-vaziyat\/","title":{"rendered":"Bosqin arafasida o\u2019zbek xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat"},"content":{"rendered":"\n<p><em>\u201cNega jahonga Ahmad Farg\u2019oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur, Ulug\u2019bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib, to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so\u2019nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay, chor Rossiyasining o\u2019lkamizni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham o\u2019rni bo\u2019lmaganmikan?\u201d Islom Karimov<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>Vatanimiz tarixi o\u2019zbek davlatchiligi taraqqiyoti bir tekisda kechmaganligi, uning silsilaasida zafarli va inqirozli davlar bo\u2019lganligidan guvohlik beradi. Sohibqiron Amir Temur asos solgan saltanat eng yirik va qudratli davlat bo\u2019lganligi jahonga ma\u2019lum. Amir Temur o\u2019zidan qudratli davlatni, saltanat qurish va davlatni boshqarish qonun-qoidalari bayon etilgan mashhur qo\u2019llanma (dastur ul-amal)ni qoldirgan edi. \u201c\u2026Farzandlarim va avlodlarimdan bo\u2019lganlarning har biri, &#8212; deb yozgan edi u o\u2019zining tuzuklarida, &#8212; unga muvofiq ish yuritsin\u2026 Bu tuzuklardan o\u2019z saltanat ishlarini boshqarishda qo\u2019llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga yetadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon bo\u2019lg\u2019ay\u201d. Sohibqiron Amir Temur vorislriga \u201cmillatning dardiga darmon bo\u2019lish\u201d, \u201czaiflarni qo\u2019rish va yo\u2019qsillarni boylar zulmiga tashlamaslik\u201dni uqdirib \u201cadolat va yaxshilik qilmoq dasturingiz, rahbaringiz bo\u2019lsin\u201d deya vasiyat qilgan edi. Ammo uning dasturi va vasiyatlariga amal qilinmadi. Taxt, hokimiyat ilinjida avj olgan o\u2019zaro ixtilof va ichki kurashlar, jangu jadallar davlatni zaiflashtirib, mamlakatni inqirozga va parokandalikka olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>XVI asr boshlarida zaiflashib borayotgan temuriylar salnataniga Dashti Qipchoq tomondan ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar davlati hukmdori Muhammad Shohbaxt Shayboniy hujumi boshlandi. Shayboniyxon 1500-1501 yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yilda Hisor viloyatini, 1504-1505 yillarda Urganchni, 1506-1507 yillarda Xuroson poytaxti Hirot hamda Balxni, shuningdek, Marv, Mashhad, Nishopur, Toshkent, Farg\u2019ona va Sirdaryo yerlarini zabt etdi. Qat\u2019iyatli sarkarda Shayboniyxon temuriy shahzodalar orasida o\u2019ziga munosib raqibni Zahiriddin Muhammad Bobur siymosida uchratdi. Bu ikki o\u2019zbek sarkardasi, ikki shoir va ikki davlat arbobi ittifoqlashib, temuriylarning butun Sharq va G\u2019arbga yoyilgan shuhratini barqaror etish, Sohibqiron Amir Temur asos solgan qudratli davlat shukuhini yanada tiklash o\u2019rniga, o\u2019zaro kurash, uni egallash bilan band bo\u2019lishdi. Natijada, Movarounnahr va Xuroson yagona davlat tarkibidan ajralib ketdi. Eronda kuchayib borayotgan safaviylar vaziyatdan foydalanib, bu ikki sarkarda kurashiga aralashdi. Mamlakatda parokandalik avjiga minib, avvalgi qudratdan putur ketdi. Bobo yurtidan ajralgan, oxir-oqibat Hindistonni zabt etgan Bobur va uning avlodlari uch asr mobaynida bu mamlakatni idora qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hokimiyat tepasiga keladi. Qariyb, bir asrga yaqin davom etgan shayboniylar hukmronligi davrida ham tinchlik bo\u2019lmadi, qirg\u2019inbarot urushlar, o\u2019zaro ichki kurashlar davom etdi. Shayboniy Ubaydullaxon (1533-1539) taxtga ko\u2019tarilgach, Buxoroning mavqei ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ancha kuchaydi va Movarounnahrning siyosiy-ma\u2019muriy markaziga aylantirildi. Abdullaxon (1557-1598) davrida, 1557 yilda poytaxt rasman Samarqanddan Buxoroga ko\u2019chirildi va bu sana tarixga Buxoro xonligi tashkil topgan yil bo\u2019lib kirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1601 yildan e\u2019tiboran Buxoro xonligida hokimiyat ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi qo\u2019liga o\u2019tdi. 150 yilcha davrida ham Buxoro xonligida barqarorlik bo\u2019lmadi. Xonlik viloyatlarida hukmronlik qiluvchi amirlar va beklarning o\u2019zboshimchaligi, markaziy hokimiyatdagi amaldorlar o\u2019rtasidagi o\u2019zaro kelishmovchilik, urug\u2019chilik, mavqe talashish mamlakat tinkasini quritdi. Shuning uchun ham XVIII asrning birinchi yarmida Buxoro xonligi va Xiva xonligi Eron shohi Nodirshoh zarbiga uchradi. Ichki nizolar, mahalliychilik va o\u2019zaro kurashlar zaiflashtirgan bu ikki xonlik Nodirshohning ta\u2019sir doirasiga tushdi. Nodirshohni vasiy sifatida tan olgan Muhammad Rahim 1753 yilda o\u2019zini Buxoro amiri deb e\u2019lob qildi va 1920 yilgacha hukm surgan mang\u2019itlar sulolasiga asos soldi. Ammo u ichki kurashlarga butkul barham berolmadi. Natijada, Buxoro xonligidan mustaqil yana bir davlat tashkil topdi va u tarixda \u201cQo\u2019qon xonligi\u201d deb nom oldi. Qo\u2019qon atrofida yashab turgan o\u2019zbek qabilalaridan biri minglar o\u2019z yetakchisi Shohruhbiyni hokimiyat tepasiga ko\u2019tardilar. Qo\u2019qon shahri chetida joylashgan Tepaqo\u2019rg\u2019on Shohruhbiyning qarorgohiga aylantirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>XVII-XVIII asrlarda qoraqalpoq orollik o\u2019zbeklar bilan birgalikda Orol yerlarida o\u2019z davlatini tuzgan edi. Bu davlat birlashmasining aholisi \u2013 qoraqalpoqlar va o\u2019zbeklar qo\u2019shi xalqlar bilan yaqin aloqada bo\u2019lgan. XVIII asrdagi qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotiga urug\u2019-qabilalarga bo\u2019linish an\u2019anasi xos bo\u2019lgan. Butun xalq ikki katta qavm (oris) ga \u2013 o\u2019n to\u2019rt urug\u2019 va qo\u2019ng\u2019irot qavmlariga bo\u2019lingan. O\u2019n to\u2019rt urug\u2019 qavmining asosiy guruhini Xitoy, qipchoq, Kenagas, Mang\u2019it urug\u2019lari tashkil etgan, qo\u2019ng\u2019irot qavmiga esa Shulluk va Juvung\u2019ir urug\u2019 birlashmalari kirgan. Barcha guruhlarni urug\u2019 tabaqalari \u2013 biylar va botirlar boshqargan. Ular bilan musulmon ruhoniylari yaqindan aloqada bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XVIII asrda jung\u2019ar va qozoq xonlarining bosqinchilik hujumlari natijasida Sirdaryo bo\u2019ylarida yashayotgan qoraqalpoqlarning bir qismi Yangidaryo bo\u2019ylariga va Orol yerlariga ko\u2019chishga majbur bo\u2019lgan. Yangidaryo yerlarida o\u2019rnashgan qoraqalpoqlar uchun yuz yillar qarovsiz qolgan bepoyon maydonlarni o\u2019zlashtirish qozoq xonari va sultonlari bilan doimiy to\u2019qnashuvlar natijasida juda og\u2019ir kechdi. Shuning uchun ham arxeologlar Yangidaryodagi sug\u2019orish inshootlari qoldiqlarini \u201cqoraqalpoq ajdodlari mehnat jasoratining buyuk yodgorliklari\u201d deb hisoblaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Qoraqalpoq (Orol) yerlari XVII-XIX asr boshida Quvondaryo va Yangidaryo havsasini to\u2019liq qamrab, Amudaryo etaklarigacha cho\u2019zilgan edi. Lekin XIX asr boshida Xiva xonlari Orolbo\u2019yi aholisini bo\u2019ysundirishga qaratilgan harbiy harakatlarni boshlaydi va bu harakatlar 1810 yili Muhammad Rahimxon (1806-1825) davrida quyi Amudaryodan Yangidaryogacha bo\u2019lgan qoraqalpoq yerlarining Xiva xonligiga qo\u2019shib olinishi bilan tugaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, jahon sahnasida XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Temur saltanati uch tarqoq o\u2019zbek xonligi o\u2019zida gavdalantirdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cNega jahonga Ahmad Farg\u2019oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur, Ulug\u2019bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib, to shu &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bosqin-arafasida-ozbek-xonliklaridagi-ijtimoiy-siyosiy-vaziyat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-4122","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4122","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4122"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4122\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4162,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4122\/revisions\/4162"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4122"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4122"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4122"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}