{"id":41261,"date":"2023-01-24T08:54:20","date_gmt":"2023-01-24T05:54:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=41261"},"modified":"2023-01-24T08:54:20","modified_gmt":"2023-01-24T05:54:20","slug":"navroz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/navroz\/","title":{"rendered":"NAVRO&#8217;Z"},"content":{"rendered":"\n<p>NAVRO&#8217;Z (forscha \u2014 yangi kun) \u2014 Shamsiya (quyosh) yil hisobida yilning birinchi kuni; O&#8217;rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimgi an&#8217;anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka (21 yoki 22 mart), ya&#8217;ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Navro&#8217;z dehqonchilik ishlarini boshlash bayrami ham hisoblanadi. Navro&#8217;z bayramida ommaviy xalq sayillari uyushtirilgan, yangi ungan ko&#8217;katlardan tansiq taomlar pishirilgan, ba&#8217;zi ekinlarni ekish boshlangan. Dastlab, Navro&#8217;z bayramini o&#8217;tkazish o&#8217;troq dehqonlarda rasm bo&#8217;lgan, keyinchalik ular orqali yarim o&#8217;troq va ko&#8217;chmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan. Asrlar utishi bilan turli xalqlarda Navro&#8217;z bayramini o&#8217;tkazish marosimlari ularning turmush tarziga, mafkurasiga moslashgan. Tarixiy manbalarga ko&#8217;ra, Navro&#8217;zni bayram qilish Axomaniylar davridan boshlangan va O&#8217;rta Osiyo, Eron, Afg&#8217;oniston xalqlarida eng katta bayramlardan biri hisoblangan. Bu o&#8217;lkalarga Islom dini kiritilganidan keyin Navro&#8217;z bayrami man qilingan, ammo xalq o&#8217;z sevgan bayramini nishonlashda davom etgan. O&#8217;rta Osiyo va Eron xalqlari Arab xalifaligi hukmronligidan qutulgan davr (9-10- asr)dan boshlab, Navro&#8217;z bayramini o&#8217;tkazish yana rasmiy tus olgan. Qadimgi paxlaviy kitoblardagi ma&#8217;lumotlarga asoslanib, Abulqosim Firdavsiy o&#8217;zining &#171;Shohnoma&#187; asarida Navro&#8217;z bayramining paydo bo&#8217;lishini afsonaviy shoh Jamshid nomi bilan bog&#8217;laydi. Navro&#8217;z bayrami haqidagi ma&#8217;lumotlar Abu Rayhon Beruniyning &#171;qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar&#187; va boshqa asarlarida, Umar Xayyomning &#171;Navro&#8217;znoma&#187; asarida uchraydi. Mahmud Koshg&#8217;ariyning &#171;Devonu lug&#8217;otit-turk&#187; asarida Navro&#8217;zga bag&#8217;ishlangan xalq qo&#8217;shiqlari keltirilgan. O&#8217;rta Osiyolik tarixchi olim Abu Bakr alnarshaxiy (899\u2014 959) o&#8217;zining &#171;Buxoro tarixi&#187; asarida Navro&#8217;z kuni Siyovush kabri boshida odamlar xo&#8217;roz so&#8217;yishlarini va bunga uch ming yildan ortiqroq vaqt o&#8217;tganini yozgan (&#171;Buxoro tarixi&#187;, T., 1966). O&#8217;rta Osiyo hududida Navro&#8217;z bayrami nishonlanganligi to&#8217;g&#8217;risida boshqa manbalarda ham ma&#8217;lumotlar bor. Hozirgi O&#8217;zbekiston hududida yashagan xalqlar ham bu kunni yangi yilning boshlanishi deb quvonch bilan kutib olganlar. Bir necha kun ilgari tayyorgarlik ishlari boshlangan. Bug&#8217;doyni undirishga qo&#8217;yilgan va uning maysasidan sumalak tayyorlangan, ko&#8217;kat chuchvara, yalpiz somsa kabi taomlar pishirilgan, Otchopar, uloq, kurash singari xalq o&#8217;yinlari, sayillar o&#8217;tkazilgan, bahor haqida qo&#8217;shiqlar kuylangan. Navro&#8217;zning birinchi kuni qishloq joylarida bolalar to&#8217;p-to&#8217;p bo&#8217;lib xonadonlar eshigi oldida Navro&#8217;zga bag&#8217;ishlangan qo&#8217;shiq aytishgan. Xonadon egasi ularni sovg&#8217;a-salom va yeguliklar bilan siylagan. Bolalar yeguliklarning bir qismini qishloqdagi beva-bechoralarga ulashishgan. Bu udum hozir ham Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim qishloqlarida saqlangan. Navro&#8217;z yangi yil bayramigina bo&#8217;lib qolmay, mehnat bayrami ham hisoblangan. Keltirilgan ma&#8217;lumotlardan ko&#8217;rinib turibdiki, O&#8217;rta Osiyoda ham Navro&#8217;z bayrami Islom dini qabul qilinmasdan ancha ilgari rasm bo&#8217;lgan. Lekin, sobiq sovet tuzumi davrida (20-asr 80-yillar o&#8217;rtalaridan) asossiz ravishda Navro&#8217;z diniy bayram va marosimlar qatorida man qilindi. O&#8217;zbekiston va O&#8217;rta Osiyodagi boshqa mamlakatlar mustaqillikka erishgach, boshqa qadriyatlar qatorida Navro&#8217;z bayrami yana tiklandi. Hozir O&#8217;zbekistonda ham Navro&#8217;z umumxalq bayramlaridan biri sifatida nishonlanadi, 21 mart dam olish kuni deb e&#8217;lon qilingan. Har yili shu kuni respublikaning barcha viloyatlaridagi xiyobon va maydonlarda bayram sayillari tashkil qilinadi, koniertlar beriladi. Bir necha kun mobaynida mahallalarda Navro&#8217;zga bagishlangan tadbirlar o&#8217;tkaziladi, sumalak, halim va boshqa tansiq taomlar pishiriladi. Navro&#8217;z kunlari hokimliklar, mahallalarning faollari, xayr-ehson tashkilotlari \u2014 mehribonlik uylari bolalari, urush va mehnat faxriylari, yolg&#8217;iz keksalar huzuriga tashrif buyurib, ularni qutlab, sovg&#8217;a-salomlar ulashadi. Ad.: O&#8217;zbekiston yuksalish yo&#8217;lida, T., 2001; Qoraboev U., O&#8217;zbek xalq bayramlari, T., 2002. Shavkat Mirolimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>NAVRO&#8217;Z (forscha \u2014 yangi kun) \u2014 Shamsiya (quyosh) yil hisobida yilning birinchi kuni; O&#8217;rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimgi an&#8217;anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka (21 yoki 22 mart), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/navroz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-41261","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/41261","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=41261"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/41261\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":41262,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/41261\/revisions\/41262"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=41261"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=41261"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=41261"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}