{"id":4152,"date":"2021-10-15T16:29:52","date_gmt":"2021-10-15T13:29:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4152"},"modified":"2021-10-15T16:29:53","modified_gmt":"2021-10-15T13:29:53","slug":"alpinizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/alpinizm\/","title":{"rendered":"ALPINIZM"},"content":{"rendered":"\n<p>Baland tog&#8217;larning ulug&#8217;vor manzarasi: bahaybat qoyalar, qor va muz bilan qoplangan, havo ochiq kunlarda olisdan kumushday yarqirab ko&#8217;rinadigan osmono&#8217;par cho&#8217;qqilar ko&#8217;p zamonlardan beri odamlarni o&#8217;ziga maftun etib keladi. Juda ko&#8217;p kishilar qorli cho&#8217;qqilarga ko&#8217;tarilishga harakat qilganlar, ammo ulaming bu urinishlari muvaffaqiyatsiz tugagan. 1786-yili shveytsariyalik ikki kishi birinchi marta Alp tog&#8217;ining (Yevropadagi eng baland tog&#8217;) Monblan cho&#8217;qqisiga ko&#8217;tarildi. Shu vaqtdan boshlab chiqish qiyin bo&#8217;lgan tog&#8217; cho&#8217;qqilariga ko&#8217;tarilish alpinizm deb ataladigan bo&#8217;ldi. Alpinist bo&#8217;lish oson emas. Buning uchun avval uzoq va qunt bilan m ashq qilish, marshrutlarni o&#8217;rganish kerak, asta-sekin chiqish uncha qiyin bo&#8217;lmagan tog&#8217;larni, so&#8217;ngra qiyinroq marshrutlarni tanlash lozim. Shundan keyingina yuksak cho&#8217;qqilar sari otlanish mumkin. Alpinistlar boshqa kishilar chiqa olmaydigan joylarda bo&#8217;ladilar. Masalan, aytaylik, tog&#8217;da biror baxtsizlik yoki avariya ro&#8217;y berdi. U yerga eng zamonaviy vertolyot ham qo&#8217;na olmaydi. Faqat alpinistlargina u yerga ko&#8217;tarila oladilar. Alpinistlarning maxsus anjomlari bo&#8217;ladi. Bu anjomlarga shamol, yomg&#8217;ir va qordan saqlaydigan kiyim, tishli poyabzal, arqon, muzliklar ustiga chiqayotganda oyoq qo&#8217;ymoq uchun muzni o\u2018yib, pillapoya qiladigan boltacha, oyoq kiyimiga mahkamlanadigan maxsus ilg\u2019ak, qoya va muzliklarga ilinadigan ilg\u2019ak, bolg&#8217;acha, chodir, uxlash uchun qopko&#8217;rpa kiradi. Alpinistlar tog\u2019 cho&#8217;qqilariga ko&#8217;tarilish bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib boradilar. Ular baland tog&#8217;larda joylashgan meteorologik stansiyalarda ishlaydilar, tog&#8217;larda quriladigan gidroelektr stansiya qurilishlarida quruvchilarga yordam beradilar. 7 ming metrdan yuqori bo&#8217;lgan balandliklarga ilmiy apparatlarni o&#8217;rnatadilar. Alpinizm mamlakatimizda keng tarqalgan. O&#8217;rta Osiyodagi barcha eng baland tog&#8217; cho&#8217;qqilari alpinistlarimiz tomonidan zabt etilgan. Xizmat ko&#8217;rsatgan sport ustasi, muhandis-konstruktor V. M. Abalakov, uning ukasi, haykaltarosh \u0423. M. Abalakov birinchi bo&#8217;lib Pomirga ko&#8217;tarilganlar. Pomirdagi baland cho&#8217;qqilardan biri \u00abY. Abalakov cho&#8217;qqisi\u00bb deb ataladi. Tyanshan, Pomirning eng baland \u00abDo&#8217;stlik\u00bb (6800 metr), \u00abIzvestiya\u00bb (6840 metr), \u00abG&#8217;alaba\u00bb (7439 metr), Ismoil Somoniy (7495 metr) cho&#8217;qqilarini o&#8217;zbekistonlik alpinistlar birinchi bo&#8217;lib zabt etganlar. 1998-yil 22-may kuni o&#8217;zbek alpinisti Rustam R ajabov O&#8217;zbekistonda birinchi bo&#8217;lib jahondagi eng baland Jomolungma (Everest) cho&#8217;qqisini (8848 metr) zabt etdi va u yerga O&#8217;zbekiston Davlat bayrog&#8217;ini qadadi. Uning ketidan Oleg Grigoryev, Sergey Sokolov, Xanif Balmagambetov, Svetlana Baskakova, llyos Tuxvatullin, Andrey Fyodorov, Marat Usayev, Roman Mats, Andrey Zaykin, Aleksey Dokukin cho&#8217;qqiga ko&#8217;tarildilar (ekspeditsiya rahbari Anatoliy Shabanov). Zabtkorlarimiz bu g&#8217;alabani O&#8217;zbekiston Respublikasining 7 yillik bayramiga bag&#8217;ishladilar. Alpinistlar bu jasorati uchun Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Baland tog&#8217;larning ulug&#8217;vor manzarasi: bahaybat qoyalar, qor va muz bilan qoplangan, havo ochiq kunlarda olisdan kumushday yarqirab ko&#8217;rinadigan osmono&#8217;par cho&#8217;qqilar ko&#8217;p zamonlardan beri odamlarni o&#8217;ziga maftun etib keladi. Juda ko&#8217;p &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/alpinizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4152","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4152","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4152"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4152\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4153,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4152\/revisions\/4153"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4152"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4152"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4152"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}