{"id":4182,"date":"2021-10-16T07:47:51","date_gmt":"2021-10-16T04:47:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4182"},"modified":"2021-10-16T07:47:52","modified_gmt":"2021-10-16T04:47:52","slug":"anhor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/anhor\/","title":{"rendered":"ANHOR"},"content":{"rendered":"\n<p>Biz bolalar Anhor deb ataluvchi daryo va soylarda cho&#8217;milishni yaxshi ko&#8217;ramiz. Uning ko&#8217;priklari ustidan goh yayov, goh ot-ulovda o&#8217;tganmiz, anhor yoqalari bo&#8217;ylab ketgan \u201csuv yo&#8217;llari\u201d (obroha)da yurganmiz. Anhor termini geografiyaga oid o&#8217;zbekcha darslik va kartalarda hozir ko&#8217;p uchramasa ham, qadimda va o&#8217;rta asrlarda Turkiston hamda unga yondosh o&#8217;lkalarda ancha keng tarqalgan edi. Asli bu termin arabcha nahr so&#8217;zining ko&#8217;pligidir. Arablar katta ariq, kanal, daryo kabilarni nahr deganlar. Nahr istilohi Turkistonda dastlab 8- asr boshidan, arablar bosib kelgan vaqtdan urf bo&#8217;lgan. Arablar Amudaryodan shimoldagi yerlarni Movarounnahr, ya\u2019ni \u201cDaryo ortidagi yerlar\u201d deb ataganlar. Asrlar o&#8217;tishi bilan Amudaryo bilan Sirdaryo oralig&#8217;idagi yerlar Movarounnahr deyiladigan bo&#8217;lgan. Anhor so&#8217;zi ko&#8217;pincha so&#8217;z birikmasi tarzida joy nomlarida uchraydi. O&#8217;rta asrlarda Samarqand shahri yonida Anhor tumani bo&#8217;lganligi ma\u2019lum. Anhorlar Samarqand atrofidagi Amir Temur barpo ettirgan bog\u2018-saroylar ichidan ham o&#8217;tkazilgan. Asr boshlarida birgina Balx shahri va uning yonida o\u2018n beshga yaqin ariq va kanallar nomi nahr so\u2019zi bilan boshlangan. Qadimda Iroqdagi katta Dajla daryosi ham Nahri Salom deyilgan. Nahr so\u2019zi shahar va qishloqlar nomiga aylanib qolgan holatlar ham oz emas. Masalan, Eronda Miyonnahr, Nahrisiob, Nahrobod degan joylar bor. O&#8217;zbekistonda Eski Anhor, Narpay (Nahripay), Ulug\u2019nor (Ulug\u2019nahr) kabi kanallar mavjud. Sirdaryo ilgari Nahri Shosh (Toshkent daryosi) deb atalgan. Xorazmda nahr so\u2019zi uchramaydi, ular kanal va shohariqlarni arna yoki yop deyishadi. Anhor terminining o\u2019zgarmasdan va qo\u2019shimchasiz nom sifatida saqlanib kelayotgani bu Toshkent shahrining deyarli o&#8217;rtasidan o\u2019tgan uzunligi 10 kilometrga yaqin Anhordir. Toshkent Anhorining yoshi bir yarim ming yildan kam emas, deb hisoblanadi. U \u2014 Bo\u2019zsuvning bir qismidir. O\u2019rta asrlarda Toshkent Anhori shaharni sharq tomondan himoya qilib turuvchi to\u2019siq vazifasini ham o\u2019tagan. Keyinroq, ya\u2019ni 1810-yildan keyin Anhorning chap sohiliga, hozirgi \u201cTurkiston\u201d saroyi o\u2019rnida, Toshkent Yangi O\u2019rdasi quriladi. Toshkent sharq tomonga kengayadi. Toshkent shahrini 1865 yili ruslar bosib olgach, Anhorning chap sohilida o\u2019zlari uchun jadal Yangi shahar qura boshladilar. Xon o\u2019rdasi va Anhorga parallel O\u2019rda devorini esa buzib tashlaydilar. Vaqt o\u2019tishi bilan Anhor shahar o\u2019rtasida qoldi. Dastlab Anhorga yog\u2019och ko\u2019prik qurilgan. 20-asr boshida u g\u2019ishtdan qayta qurilib ko\u2019prikdan konka (ot bilan tortiladigan tramvay vagoni) yura boshlagan. 1960-yildan keyin Anhorga yana bir necha mustahkam ko\u2019prik qurilib, suv bo\u2019ylari obodonlashtirildi. Hozir Anhor bo\u2019yida \u201cAnhor\u201d qahvaxonachoyxona, Mustaqillik maydoni, Istirohat bog\u2019i, \u201cPaxtakor\u201d markaziy stadioni bor. Anhorda qayiqda suzish mashqlari o\u2019tkazib turiladi. Anhor bo\u2019yi toshkentliklarning dam olish maskani.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Biz bolalar Anhor deb ataluvchi daryo va soylarda cho&#8217;milishni yaxshi ko&#8217;ramiz. Uning ko&#8217;priklari ustidan goh yayov, goh ot-ulovda o&#8217;tganmiz, anhor yoqalari bo&#8217;ylab ketgan \u201csuv yo&#8217;llari\u201d (obroha)da yurganmiz. Anhor termini geografiyaga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/anhor\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4182","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4182","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4182"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4182\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4183,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4182\/revisions\/4183"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4182"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4182"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4182"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}