{"id":4203,"date":"2021-10-16T09:28:34","date_gmt":"2021-10-16T06:28:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4203"},"modified":"2021-10-16T09:28:35","modified_gmt":"2021-10-16T06:28:35","slug":"arilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/arilar\/","title":{"rendered":"ARILAR"},"content":{"rendered":"\n<p>Arilar juda xilma-xil pardaqanotlilardir. Ularning rangi, shakli va kattaligi har xil bo&#8217;lib, asalari, paxmoq arilar, sariq arilar, yo&#8217;l arilar, qovoq arilar kabi ko&#8217;p xillari mavjud. Arilar qornining uchida joylashgan yashirin nayzasi ularning kuchli qurolidir. Ikki juft yaltiroq qanotlari ularni uzoq joylarga uchib borishiga yordam beradi. Ular jamoa bo&#8217;lib yashaydi. Arilarning uyasiga bilib yoki bilmasdan tegib qolsangiz bormi, ular yovdek yopirilib kelib, duch kelgan joyingizni chaqib tashlaydi. Ari nayzasining ostida zaharli bezi bo&#8217;ladi. Arilar chaqqanida bezdagi zaharli suyuqlik nayzaning naychasi orqali chaqqan joyga to&#8217;kiladi. Chaqqan joy shishib ketadi. Mayda jonivorlar zahar ta\u2019siridan halok bo&#8217;lishi mumkin. Sariq arilar inini bo&#8217;g&#8217;otlarga, daraxtlar va butalar shox-shabbasiga yoki har xil kovaklarga qo&#8217;yadi. Ularning ini qalin kulrang qog&#8217;ozdan yasalgan doiraga o&#8217;xshaydi. Arilar inini o&#8217;zlari ishlab chiqargan \u201cqog\u2018oz\u201ddan quradi. Razm solsangiz, arining eski yog&#8217;och ustidan \u201co&#8217;rmalab\u201d yurib, uni kemirayotganini ko&#8217;rasiz. Ari kem irib olgan yog&#8217;och luqmasini so&#8217;lagi bilan aralashtirib undan uya yasaydi. Arining maysa ichidan uchib chiqib ketib, bir oz vaqtdan keyin yana o&#8217;sha joyga qaytib uchib kelganini payqaganmisiz? O&#8217;tlarning orasini sekin ochib qarasangiz, qurigan o&#8217;t poyasini va undan eman daraxti yong&#8217;oqchasidan katta bo&#8217;lmagan kulrang kosachani ko&#8217;rasiz. Yaqinroq kelib yonboshlab, qimirlamay bir oz kuzatib turing. Mana, ari uchib kelib o&#8217;sha kosachaning og&#8217;zi atrofidan o&#8217;rmalab, uni suvlab kattalashtira boshlaydi. Agar siz shu yerga yana bir kelib qolsangiz, kosachaning ichida ari tuxumlari paydo bo&#8217;lib qolganini, keyin uyachaning og&#8217;zi bekilib, ichini ko&#8217;rish qiyin bo&#8217;lib qolganini sezasiz. Kuzga yaqin ari uyachasi kichik mushtdek bo&#8217;lib qoladi. Endi siz uyachaning ichida tanish g&#8217;uvillashni eshitasiz va go&#8217;yo avianosesdan samolyotlar uchib chiqayotganidek uyacha ichidan birin-ketin otilib chiqayotgan o&#8217;ntacha arini ko&#8217;rasiz. Ular yosh ari bolalaridir. Lekin ehtiyot bo&#8217;lish kerak. O&#8217;z uyasini jon-jahdi bilan qo&#8217;riqlaydigan yosh arilar uyasiga tegsangiz baloga qolasiz, ular kishini ayab o&#8217;tirmaydi. Asalari, sariq arilar, qovoq arilar, qizil arilar va paxmoq arilar jamoa bo&#8217;lib yashaydi. Yakka holda yashaydigan arilarning xulq-atvori, ayniqsa, g&#8217;alati bo&#8217;ladi. Mana, uzun qora qorinli xipcha ammofila arisi. U yerda in quradi, tuxumini iniga qo&#8217;yishdan avval bo&#8217;lajak lichinkasini boqish uchun kapalak qurtini iniga sudrab keltiradi. Bu ari semiz qurtlarni yerdan topadi. Ammofila yer bag&#8217;irlab uchib yurib, vaqti-vaqti bilan egilgan mo&#8217;ylovini yerga urib-urib qo&#8217;yadi. Qurtni topgach, uning nerv markaziga aniq nayza sanchib, karaxt qiladi. Qurt o&#8217;lmaydi, ammo karaxt bo&#8217;lib hech narsani sezmaydigan holatga tushadi. Shunday qilib, arining o&#8217;sa yotgan lichinkasi oziq bilan ta\u2019minlanadi. Olimlar arilar ustida ko&#8217;pgina tajribalar o&#8217;tkazib, ularning \u201caqlli\u201d xatti-harakatlari aslida tug&#8217;ma irsiy instinktdan iborat ekanligi, ya\u2019ni ular o&#8217;z faoliyatlarining ma\u2019nosini anglab yetmasligini isbot qilishdi. Agar ari keltirgan qurtni uning inidan olib qo&#8217;yilsa, ari uni sezmaydi, lekin baribir inning og&#8217;zini bekitib qo&#8217;yadi. Ari hatto og&#8217;zida toshchalar olib kelib uyasining og&#8217;zini shibbalab qo&#8217;yadi, so&#8217;ngra atrofiga turli narsalar tashlab, go&#8217;yo bu yerda hech qanday in bo&#8217;lmagandek qilib yashirib ketadi. Arilar-juda foydali hasharot. Ular gullarni changlatib, hosildorligini oshirishga yordam beradi. Ovchi arilar zararkunanda hasharotlarni qirib, qishloq xo&#8217;jaligiga foyda keltiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Arilar juda xilma-xil pardaqanotlilardir. Ularning rangi, shakli va kattaligi har xil bo&#8217;lib, asalari, paxmoq arilar, sariq arilar, yo&#8217;l arilar, qovoq arilar kabi ko&#8217;p xillari mavjud. Arilar qornining uchida joylashgan yashirin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/arilar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4203","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4203","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4203"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4203\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4205,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4203\/revisions\/4205"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4203"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4203"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4203"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}