{"id":4210,"date":"2021-10-16T09:31:06","date_gmt":"2021-10-16T06:31:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4210"},"modified":"2021-10-16T09:31:07","modified_gmt":"2021-10-16T06:31:07","slug":"armaniston","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/armaniston\/","title":{"rendered":"ARMANISTON"},"content":{"rendered":"\n<p>(Armaniston Respublikasi) Maydoni &#8212; 29800 kvadrat kilometr. Aholisi &#8212; 3412000 kishi. So&#8217;ngan vulkanli, ko&#8217;zni qamashtiradigan quyoshli, ko&#8217;m-ko&#8217;k, deyarli hamma vaqt musaffo osmonli shu mo&#8217;jazgina baland tog&#8217; o\u2019lkasidagi daralar ham, vodiylar ham o\u2019ziga xos, jozibali. Armaniston tabiati mo\u2019tadillik va keskinlik xususiyatlarini o\u2019zida mujassam etgan. Uning bir burchagida shaftoli va uzumlar shiraga g&#8217;arq to\u2019lsa, boshqa burchagida qor yog&#8217;adi. Jazirama yoz-u, abadiy qish deyarli yonmayon. Armanistonda beshta xilma-xil tabiiy mintaqa mavjud. Aholi eng zich joylashgan mintaqa Ararat vodiysidir. Ararat vodiysida, Razdan daryosi sohillarida Armanistonning poytaxti &#8212; qadimiy Yerevan joylashgan. U respublika sanoati, madaniyati va ilmiy tafakkurining markazidir. Uning keng shohko&#8217;chalari va maydonlarini o&#8217;lka bag&#8217;ridan qazib olingan har xil rangli tuf, bazalt, marmardan tiklangan ko&#8217;p qavatli binolar bezab turibdi. Uning yonida esa baland tog&#8217; ko&#8217;li \u2014 Sevan bor. Ulkan billur kosa bo&#8217;lmish Sevan ko&#8217;li sarg&#8217;ish-jigarrang tog&#8217;lar halqasida oftob nurlari tushishi bilanoq moviy ko&#8217;zgudek jilolanadi. Ko&#8217;lning shaffof suvida ko&#8217;plab gulmohi (forel) baliqlari suzib yuradi. Sevanga o&#8217;nlab daryo va soylar quyiladi, lekin undan faqat birgina jo&#8217;shqin Razdan daryosi oqib chiqadi. Uning suvi bilan qaqragan dalalar sug&#8217;oriladi va olti gidroelektr stansiyaning turbinalari aylantiriladi. Dasht va toshloq Shiroq \u2014 Armanistonning g&#8217;alla konidir. Aragats tog&#8217;i savlat to&#8217;kib turibdi. Uning yonbag&#8217;irlarida, quyuq o&#8217;tloqlarida qoramol, qo&#8217;y va echki podalari boqiladi. Yumshoq, iliq iqlimli Gukart ham xushmanzaradir. Tog&#8217;larning o&#8217;rmon bilan qoplangan yonbag&#8217;irlarida xushbo&#8217;y dafna, bodom, anjir, anor, xurmo, zaytun zich o&#8217;sadi. Gukart yaylovlari ham ko&#8217;rkam. Rudaga boy Syunik Zangezurning bir chekkasida baland tog&#8217; cho&#8217;qqilari go&#8217;yoki zangori osmonni yorib kirgandek ko&#8217;kka bo&#8217;y cho&#8217;zgan. Tog&#8217;lardan parcha-parcha yerlargina \u201cyulib olingan\u201d va bog&#8217;larga aylantirilgan. Armanistonning qadimiy nomi \u2014 Nairi \u201cdaryolar mamlakati\u201d degan ma\u2019noni anglatadi. Ikki yuzdan ortiq daryo orasida eng yirigi &#8212; Araks. Jermuk va Arzni degan joylar o&#8217;zining shifobaxsh buloqlari bilan mashhur. Armanlar 5 asr boshlaridayoq o&#8217;z yozuviga ega bo&#8217;lgan. Armanistonda ko&#8217;plab qadimgi madaniyat yodgorliklari: ibodatxona va qal\u2019alarning xarobalari, nozik o&#8217;yma naqsh tushirilgan toshlar, qadimgi noyob qo&#8217;lyozmalar saqlanib qolgan. Mamlakat rangli metallurgiyasi, katta kimyosi, mashinasozligi respublika iqtisodiyotida muhim o&#8217;rin tutadi. Bir zamonlar o&#8217;nqir-cho&#8217;nqir chang ko&#8217;chalardan ho&#8217;kiz qo&#8217;shilgan ikki g&#8217;ildirakli arava-yu, tuya hamda eshak karvonlarigina sudralib o&#8217;tgan. Endi esa daryo bo&#8217;ylaridagi vodiylarda, daralar va baland tog&#8217;larda tosh yo&#8217;llar qurilgan bo&#8217;lib, ularda avtomobillar qatnaydi. Temiryo&#8217;l va havo yo&#8217;llari Armanistonni ko&#8217;pgina mamlakatlar bilan bog&#8217;laydi. Armaniston bilan O &#8216;zbekiston Respublikasi o&#8217;rtasida 1995-yil diplomatiya munosabatlari o&#8217;rnatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>(Armaniston Respublikasi) Maydoni &#8212; 29800 kvadrat kilometr. Aholisi &#8212; 3412000 kishi. So&#8217;ngan vulkanli, ko&#8217;zni qamashtiradigan quyoshli, ko&#8217;m-ko&#8217;k, deyarli hamma vaqt musaffo osmonli shu mo&#8217;jazgina baland tog&#8217; o\u2019lkasidagi daralar ham, vodiylar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/armaniston\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4210","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4210","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4210"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4210\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4211,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4210\/revisions\/4211"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4210"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4210"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4210"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}