{"id":4225,"date":"2021-10-16T10:36:59","date_gmt":"2021-10-16T07:36:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4225"},"modified":"2021-10-16T11:23:02","modified_gmt":"2021-10-16T08:23:02","slug":"1839-yilda-xiva-xonligiga-qilingan-tajovuz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/1839-yilda-xiva-xonligiga-qilingan-tajovuz\/","title":{"rendered":"1839 yilda Xiva xonligiga qilingan tajovuz"},"content":{"rendered":"\n<p>Bu davrga kelib Rus davlatini hukmron doiralari orasida o\u2019zbek xonliklarini bosib olish harakatlari kuchaygan edi. Chunonchi, 1835 yilda Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy imperator Nikolay I ga maxsus xat bilan murojaat qilib, unda Xiva xonligiga qarshi nafrat uyg\u2019otishga qattiq urinadi. U Xiva xonlari uzoq vaqtlardan buyon dushmanchilik qilib kelayotganligini, go\u2019yo savdo karvonlarini talayotganligini va rus asirlariga yovvoyilarcha munosabatda bo\u2019linayotganligini ko\u2019pirtirib ta\u2019rifladi. Shuningdek, Xiva xonligi aholisini madaniyatsizlikda, qoloqlikda va hatto vahshiylikda aybladi. Hatto, u Bekovich-Cherkasskiyni qiynab o\u2019ldirilganligini ham eslatib qo\u2019ydi. Shu ravishda general Perovskiy qanday bo\u2019lmasin imperatordan Xiva xonligiga qarshi harbiy yurishga ruxsat olish uchun hech narsadan toymadi. U o\u2019z xatini quyidagi tarzda tugallagan: \u201cFransiya Jazoirni urushib olishi uchun millionlab so\u2019mlarni sarfladi, lekin bu xarajatlarni doimiy ravishda bir necha marta ko\u2019paytirib qoplab turadigan mamlakatga ega bo\u2019ldi. Rossiyaning Xiva xonligini bosib olishi esa o\u2019sha xarajatlarning o\u2019ndan biriga ham arzimaydi. Ammo, urushib olinsa O\u2019rta Osiyo bizni madaniyatimiz, savdo va sanoatimiz, boshqaruv tizimimiz kirishida taraqqiyotga erishib asrlar mobaynida davom etib kelayotgan zulm va azob-uqubatdan xalos bo\u2019ladi\u201d. Binobarin rus harbiy sarkardasi Xiva xonligini egallash katta boylik berishiga e\u2019tiborni qaratarkan, Rossiya go\u2019yo taraqqiyparvarlik vazifasini bajarishini pisanda qiladi. Bu siyosat uchun yozilgan gap edi, albatta.<\/p>\n\n\n\n<p>1837 yilda rus imperatori Nikolay I (1825-1855) Xiva xonligini bosib olish haqida V.A.Perovskiyga farmon berdi. Shunga muvofiq bu general rus imperatoriga 4000 kishilik askar va 12 to\u2019p ajratilishini tavsiya etdi. Yurishga sarflanadigan mablag\u2019ni hajmi 1.689 ming qog\u2019oz pul va 575 ming kumush so\u2019m miqdorida bo\u2019lishi ko\u2019rsatildi. 1839 yilda 4250 ta askar, 18 ta to\u2019p, 2090 kishidan iborat qo\u2019shin jamlandi. So\u2019ngra, o\u2019sha yilni 14 noyabrida Xivaga qarshi yo\u2019lga chiqildi. General Perovskiy boshchiligidagi qo\u2019shin 19 dekabrda Emba qal\u2019asiga o\u2019rnashdi. Shu orada qattiq sovuq va bo\u2019ronni turishi rus askarlarni og\u2019ir ahvolga solib qo\u2019ydi. Hatto ularni orasida o\u2019lganlar ko\u2019zga tashlandi. Tuya va otlarni boqish qiyinlashib birin-ketin o\u2019la boshladilar. Rus qo\u2019shinlarini kelayotganligidan xabar topgan Xiva xoni Olloqulixon ularga qarshi askarlarini yubordi. Bular yo\u2019lda Buxoroga elchi sifatida kelayotgan ruslarni, xususan kapitan Kovalevskiyni va shtabs kapitani Grigasni asir oldilar. Ammo, asirlar qochib qutilishga erishdilar. Bu vaqtlarda general Perovskiyning qo\u2019shinini bir guruhi oldinroq kelib \u201cCho\u2019chqa ko\u2019l\u201d degan joyga o\u2019rnashib olgan edilar. Bu voqea mahalliy manbada shunday ta\u2019riflangan: &#8212; ruslar \u201cCho\u2019chqa ko\u2019lga\u201d kelib qal\u2019a qurishidan maqsad Xiva xonligini bosib olishga tayyorgarlik ko\u2019rish edi. Olloqulixon bundan xabar topib Otamurod qushbegini 18 sardor va 8 ming kishi bilan o\u2019sha joyga jo\u2019natdi. Xiva qo\u2019shini Xivadan chiqib Urganch, Qizilgunband degan joylar orqali qozoq yo\u2019llariga o\u2019tdilar. So\u2019ngra ular \u201cYomon ming yilqi\u201d degan joyga kelishganda sardorlardan biri \u2013 Muhammad yasovulboshi vafot etdi. Uning murdasi Xivaga yuborildi. Shundan keyin Xiva qo\u2019shinlari bir necha manzil yo\u2019l yurib \u201cCho\u2019chqa ko\u2019lga\u201d kelishdi. So\u2019ngra dushmanda hujum qilindi. Asirlikka olingan bir rus kishisi ko\u2019p sonli rus qo\u2019shinlarini erta-indin bu yerga yetib kelishini, qal\u2019ada yarog\u2019-aslaha ko\u2019pligi haqida ma\u2019lumot bergan. Shunga qaramay vatan himoyachilari ruslarga qarshi hujum boshladilar. Ammo, ob-havo aynib qattiq sovuq va bo\u2019ronni tutishi hamda qalin qori yog\u2019ishi jangni davom ettirishga yo\u2019l bermadi. Jangda vatan himoyachilaridan 4 kishi halok bo\u2019lib 5 kishi jarohatlandi. Ob-havoning yomonligi urushni davom ettirishga yo\u2019l bermay, askarlar Xivaga qaytdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu voqeadan so\u2019ng \u201cCho\u2019chqa ko\u2019lga\u201d yetib kelgan general Perovskiy va qo\u2019shini ham qattiq sovuq va bo\u2019ron ostida qolib odamlar birin-ketin o\u2019la boshladilar. Ot va tuyalarni boqish ham juda qiyinlashdi. Qo\u2019shin orasida turli kasalliklar ko\u2019payib bordi. Ob-havoning o\u2019ta noqulayligi va og\u2019ir sharoit yo\u2019lni davom ettirishga yo\u2019l qo\u2019ymadi. Shuning uchun general Perovskiy 1840 yil fevral oyini boshlarida qo\u2019shinni Orenburgga qaytarishga majbur bo\u2019ldi. Bu muvaffaqiyatsizlik katta talofat va yo\u2019qotishga olib keldi. Chunonchi, 1054 kishi halok bo\u2019ldi, 10000 tuya va 8000 ot yo\u2019qotildi. Ko\u2019p ruslar yo\u2019llarda adashib yoki toliqishdan yura olmay xivaliklar tomonidan asirlikka olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>1839 yilgi harbiy yurishda davlat xazinasidan 1700 ming so\u2019m behudaga ketdi. Bundan tashqari undan 23 ming otlar qo\u2019shilgan 7500 aravalar bor edi. Ularni tannarxi 2 mln so\u2019mni tashkil etgan. Shuningdek tuyalarni sotib olinishiga 1 mln so\u2019m sarflanan. Bu yerda ko\u2019p askarlar va boshqa kishilarning halok bo\u2019lganligini hamda oziq-ovqatlarni, kiyim-kechaklarni saflanganligini hisobga olsak ko\u2019rilgan ziyon nihoyatda katta bo\u2019lganligi ko\u2019zga tashlanadi. Shuning uchun ham rus imperatori Nikolay I general Perovskiyning qo\u2019shinni orqaga qaytarilishi haqida raportiga: \u201cAfsus, juda afsus, lekin na chora xudo-taloning xohishiga bo\u2019ysunmaslikni hech iloji yo\u2019q\u201d, &#8212; deb imzo chekkan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xiva tarixchisi Muhammad Yusuf Bayoniyning ko\u2019rsatishicha, o\u2019sha 1840 yilda Hindistondan Haybat Sohib otlig\u2019 degan kims Angliya hukumat inomidan elchi sifatida kelib quyidagi mazmundagi nomani xonga bergan: \u201cKo\u2019p zamonlardan beri ruslar siz tarafga harakat etib viloyatingiz egallamoq niyatidadir. Ularning maqsadi Movarounnahrni, Xorazmni, Xurosonni egallab Seiston usti bilan Hindistonga o\u2019tishdir. Rusiya bir ulug\u2019 hukumat va podshohlikdirkim uni lashkari sanoqsiz va yarog\u2019-aslahasi juda ko\u2019pdir. Uning ozgina lashkariga ham qarshi turarlik kuchingiz yo\u2019qdir. Gap shuki, yana 50 yildan keyin (ruslar) sizlarni yerlaringizga ega bo\u2019lur. Agar viloyatingizni mudom qo\u2019lingizda turishini va hech kimni unga tajovuz etmasligini xohlasangiz uni bizga bering. Xorazmni Angliya qo\u2019li ostida degan so\u2019z sizlarni xavf-xatardan xoli etadi. Bizning maqsadimiz nafsoniyatdan bo\u2019lmay, do\u2019stlikdadir, hamda ruslarni Hindistongacha yo\u2019lini to\u2019sishdi. Bizdan sizga foyda yetar asli zarar emasdir. Xohish-istagingizni yozdirib shartnoma tuzinglar, bizlar esa qabul qilamiz\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bunga javoban xon degan: hozir ruslar ustimizga bostirib kelganicha yo\u2019q. 50 yilgacha kim boru, kim yo\u2019q, biz 50 yildan keladigan ishni deb yurtimizni qo\u2019limizdan hech kimga bermaymiz. Bizdan keyingi avlodlar nimani xohlasalar shuni qilsinlar. Bu javob elchini qoniqtirmay shunday degan: \u201cTaklifimni qabul qilganlaringizda ko\u2019p foyda berardi, vaqti kelib pushaymon bo\u2019lishni foydasi yo\u2019qdir\u201d. Shundan keyin elchi o\u2019z maqsadiga erisha olmay o\u2019z yurtiga qaytgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mening fikrimcha Olloqulixon uzoqni ko\u2019ra olmaydigan davlat arbobi hisoblangan. U favquloddagi voqealarda bir-birlari harbiy va ma\u2019naviy yordam berish xususida Angliya vakili bilan shartnoma tuzganda yaxshi bo\u2019lishi turgaan gap edi. Bundan rus davlati biroz bo\u2019lsa-da hayiqishi mumkin edi. Olloqulixon esa buni ahamiyatini tushunishga ojizlik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtda Angliyaning Hirotdagi elchixonasi a\u2019zolaridan biri kapitan Shekspir ham kelib Hirot hokimi nomidan Olloqulixonga xat olib kelgan. Bunda Rossiya bilan aloqani yaxshilash va rus asirlarini ozod etish so\u2019ralgan. Aftidan, Hirot hokimi Rus davlatini bostirib kirishini Afg\u2019oniston uchun xavf tug\u2019dirishini o\u2019ylagan bo\u2019lsa kerak. Shuningdek angliyalik kapitan Abbatni kelganligini ta\u2019kidlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bu davrga kelib Rus davlatini hukmron doiralari orasida o\u2019zbek xonliklarini bosib olish harakatlari kuchaygan edi. Chunonchi, 1835 yilda Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy imperator Nikolay I ga maxsus xat bilan murojaat qilib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/1839-yilda-xiva-xonligiga-qilingan-tajovuz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-4225","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4225","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4225"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4225\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4228,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4225\/revisions\/4228"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4225"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4225"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4225"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}