{"id":4229,"date":"2021-10-16T11:25:10","date_gmt":"2021-10-16T08:25:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4229"},"modified":"2021-10-16T14:22:39","modified_gmt":"2021-10-16T11:22:39","slug":"xiva-xonligiga-qarshi-qayta-harbiy-yurishni-uyushtirish-harakati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xiva-xonligiga-qarshi-qayta-harbiy-yurishni-uyushtirish-harakati\/","title":{"rendered":"Xiva xonligiga qarshi qayta harbiy yurishni uyushtirish harakati"},"content":{"rendered":"\n<p>Rus imperatori Nikolay I 1839 yilgi muvaffaqiyatsizlikni eshitirshi bilanoq xonlikni bosib olish uchun qayta harbiy tayyorgarlikni darhol boshlash haqida farmon berdi. Bu xususda harbiy vazir general-ad\u2019yutant graf Chernishev o\u2019zining general Perovskiyga yuborgan ko\u2019rsatmasida 1839 yil 30 yanvarda imperator harbiy yurishni zudlik bilan amalga oshirilishini buyurganligini bayon etgan. Unda \u201charbiy yurishni o\u2019tkazib rus hukumatini o\u2019z maqsdini amalga oshirishdagi qat\u2019iyligini hamda davlatning kuch-qudratini bukilmasligini namoyish etish\u201d darkor deyilgan. Harbiy vazir ko\u2019rsatmasida imperatorni harbiy yurishni yozda yoki kuzda Kaspiy dengizi yoki quruqlik orqali uyushtirishni yaxshilab o\u2019rganish haqidagi fikrlari ham qayd qilingan. Shuningdek qo\u2019shinni har jihatdan yaxshi qurollantirish va puxta tayyorgarlik ko\u2019rish uqtirib o\u2019tilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Harbiy vazirning 1840 yil 17 martida hukumatga yozgan axborotida Xiva xonligiga qarshi yuboriladigan qo\u2019shin bitta generalni, 140 ta ofitserni, 6669 ta askar xizmatchilarni o\u2019z ichiga olishi kerak edi, hamda 300 kishilik ko\u2019chma kasalxona tashkil etish rejalashtirildi. General Perovskiyning ta\u2019kidlashicha, navbatdagi harbiy yurishni ko\u2019lami 1830 yildagiga nisbatan 3-4 marotaba oshiq bo\u2019ladi. Shuningdek 17000 tuya, 6000 ot va boshqa ko\u2019p narsalar olinishi kerak edi. Shuning uchun ham general Perovskiy o\u2019zining hukumatga yuborgan raportlarida harbiy yurishni tezlik bilan uyushtirishni iloji yo\u2019qligini tushuntirishga harakat qildi. Birinchi harbiy yurish Orenburg guberniyasining xazinasiga katta putur yetkazganligi, kiyim-boshlarni, oziq-ovqatlarni yetishmasligi ta\u2019kidlandi. Ayniqsa tuyalarni topish mushkulligi ko\u2019rsatib o\u2019tilgan. Umuman, general Perovskiy yangi harbiy yurishni tarafdori bo\u2019lsa-da, lekin yuzaga kelgan og\u2019ir sharoit uni tez orada amalga oshirish imkonini bermasligini hukumat vakillarini ishontirishga harakat qildi. Do\u2019ppi tor kelganligi imperatorga ham ravshan bo\u2019lgan bo\u2019lsa kerakki, u harbiy vazirning 1840 yil 19 maydagi axborotiga ko\u2019ra harbiy yurishni ma\u2019lum vaqtgacha qoldirishi haqida farmon bergan. Shu tariqa Xiva xonligini bosib olishga qilingan ikkinchi harakat ro\u2019yobga chiqmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Harbiy yurish munosabati bilan Orenburgga Xiva xonligi haqida ma\u2019lumot to\u2019plandi. Bularga ko\u2019ra xonlik yerlari Amudaryo, Orolning janubiy qirg\u2019oqlaridagi va Ustyurtning janubi-sharqiy qismidagi vodiylarni o\u2019z ichiga olgan. Uning shimoli Amudaryoning har yilgi toshishi orqasidan ko\u2019p jabrlangan. Bu yerda ko\u2019llar va zovurlar mavjud. Janubi qumtuproqli yerlar va kanallar bilan qoplangan. Xonlikda o\u2019zbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, asirlikka olingan ruslar va eronliklar yashaydilar, 30-40 ming atrofida qo\u2019shin jamlash mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Xonlikda 16 ta to\u2019p bo\u2019lgan. Aholining soni yarim millionga boradi. Shaharda tom ma\u2019nodagi harbiy istehkomlar bo\u2019lmay, paxsa devorlar va zovurlar bilan qurshalgan. Xalq ustidagi soliqlar juda og\u2019ir, ammo amaldorlarning ochko\u2019zligi orqasida xon xazinasiga ko\u2019p mablag\u2019 tushmaydi. Xiva xoni Olloqulxon ojiz tabiatli kishi hisoblanib, atrofdagi kishilarning ta\u2019siriga berilgan. Ukasi bilan chiqishmaydi. Uni Buxoro va Eron bilan aloqasi yomon, negaki ularga qarshi hujumlar qilgan. Shuni aytib o\u2019tish lozimki, rus hukumati o\u2019zining harbiy yurishlarini uyushtirishda va harbiy istehkomlarni barpo etishda karvon yo\u2019llarini xavfsizligini ta\u2019minlashni va o\u2019zbek xonliklaridagi rus asirlarini ozod etishni hamisha ro\u2019kach qilib kelgan. Bu masalalar 1717 va 1839 yillarda Xiva xonligiga qarshi harbiy yurishlar uyushtirilganda ham oldinga surilgan edi. U vaqtlarda turkmanlar, qalmoqlar va qoraqalpoqlarning qaroqchi guruhlari Rossiya chegalarida ruslarni asirlikka olib Xiva, Buxoro va xonliklarni boshqa shaharlarida sotar edilar. Ruslar turli xo\u2019jalik ishlarida ishlatilgan. Ularning orasidan lashkarboshilar, jangchilar, elchilar va boshqa mas\u2019uliyatli ishlarni bajaruvchi kishilar chiqqanligi ma\u2019lumdir. Ammo ularning ko\u2019pchiligi o\u2019z ixtiyori bo\u2019lmay qul kabi ishlatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Garchan, 1839 yilgi general Perovskiy boshchiligidagi harbiy yurish muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan bo\u2019lsada, lekin Xiva xoni Olloqulixon uni yana qaytarilishi hamda savdoni rivojlantirish o\u2019ta zarurligini anglab rus hukumatining rus asirlari bo\u2019yicha da\u2019vosini inobatga olish va aloqani yaxshilash maqsadida 1840 yilda maxsus farmon e\u2019lon qildi. Bunda shunday deyilgan: \u201cBiz Xorazm shohi jangovar askarlarni va zafarlarning bosh bo\u2019gini barcha yovmut va chovdur qabilalariga, qozoq va qirg\u2019iz botirlarga va boshliqlariga, umuman bizga sodiq barcha fuqarolarimizga shuni ma\u2019lum qilamizki, shu 1840 yildan boshlab Umum Rusiya imperatori oliy xazratlari bilan tinchlik va do\u2019stlikda yashashga qaror qildim. Shuning uchun biz mazkur oliy farmonimiz bo\u2019yicha o\u2019zimizni sodiq fuqarolarimizga bundan buyon Rossiya chegaralariga hujum qilmasinlar, rus asirlarini sotib olmasinlar, bunga bo\u2019ysunmovchilar jazoga tortiladi\u201d. Shunisi diqqatga sazovorki, Olloqulixon rus hukumatining rus asirlari haqida da\u2019vosi \u201cxonlikni bosib olish uchun bir bahona ekanligini\u201d yaxshi anglagan. Ammo, u sir boy bermay ish yuritgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu mazmundagi xatni Xiva shahrini hokimi mulla Muhammad Sharif ham Orenburg general-gubernatori Perovskiy nomiga yo\u2019llagan. Bunda Otaniyozxo\u2019ja Rais boshchiligida ozod qilingan ruslar o\u2019z vataniga qaytarilayotganligi bildirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1840 yil 18 oktabrda Xiva elchisi 418 kishidan iborat asirlikdagi ruslarni Orenburgga olib keldi. Shundan keyin u Peterburgga olib keldi. Shundan keyin u Peterburgga borib o\u2019zaro tinchlik va savdo aloqalarini tiklash xususida ahd qilindi. Bu aloqalar 1839 yildagi harbiy yurish vaqtida rus hukumati tomonidan Orenburgda va Astraxanda o\u2019zbek xivalik savdogarlarni ushlab qolishi orqasida ishdan chiqqan edi. Peterburgda Olloqulixon tomonidan rus asirlarini o\u2019z vataniga qaytarilishi o\u2019zaro savdo aloqalari yo\u2019lga qo\u2019yilishida ijobiy o\u2019rin egalladi. 1841 yilni 13 yanvarida Xiva xonligi elchisi Eshboy Boboyev ham 5 ta rus asirlari bilan Orenburgga kelgan. Arxiv ma\u2019lumotlarini ko\u2019rsatilishicha o\u2019z vataniga qaytgan ruslarning 317 tasi Kaspiy dengizi qirg\u2019oqlarida, 55 tasi Orenburg liniyasida, 21 tasi Tsaritsinda asirlikka olingan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rus imperatori Nikolay I 1839 yilgi muvaffaqiyatsizlikni eshitirshi bilanoq xonlikni bosib olish uchun qayta harbiy tayyorgarlikni darhol boshlash haqida farmon berdi. Bu xususda harbiy vazir general-ad\u2019yutant graf Chernishev o\u2019zining general &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xiva-xonligiga-qarshi-qayta-harbiy-yurishni-uyushtirish-harakati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-4229","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4229","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4229"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4229\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4232,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4229\/revisions\/4232"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4229"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4229"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4229"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}