{"id":4343,"date":"2021-10-18T11:47:35","date_gmt":"2021-10-18T08:47:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4343"},"modified":"2025-10-21T09:40:45","modified_gmt":"2025-10-21T06:40:45","slug":"abdullayeva-lola-kim-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abdullayeva-lola-kim-bolgan\/","title":{"rendered":"ABDULLAYEVA Lola kim bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>ABDULLAYEVA Lola (1918.13.4, Toshkent) \u2014 teatr rassomi, O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1964). Toshkent rassomlik bilim yurtida ta&#8217;lim olgan (1934 \u2014 38). Olmaotadagi qozoq drama teatrida, so&#8217;ng Bishkekdagi teatr rassomlik kabinetida ishladi. Abdullayeva 1948 \u2014 79 yillarda Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat Davlat musiqali drama va komediya teatri bosh rassomi. Uning &#171;Layli va Majnun&#187;, &#171;Oq Nilufar&#187;, &#171;Bahor&#187;, &#171;Tog&#8217; qizi&#187;, &#171;Ma&#8217;rifat qurbonlari&#187;, &#171;Paranji sirlari&#187;, &#171;Guli siyoh&#187;, &#171;Navoiy&#187;, &#171;Xamlet&#187;, &#171;Muhabbat qo&#8217;shig&#8217;i&#187; va boshqa spektakllar uchun tayyorlagan sahna bezaklari va libos eskizlari milliy buyoklarining o&#8217;ziga xosligi, shuningdek tomoshabinga asar mazmunini aniq va ravshan qilib yetkazishga yordam berishi bilan diqqatga sazovor.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEVA Nasiba (1961.15.11, Samarqand) \u2014 o&#8217;zbek xonandasi. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1993). Samarqand musiqa studiyasini (1979), Toshkent davlat madaniyat institutini (1989) tugatgan. Dastlab ijodini xalq qo&#8217;shiqlaridan boshlagan. &#171;Xorazm lazgasi&#187;, &#171;Barigal&#187;, &#171;Tanavor&#187;, shuningdek Sharq xalqlari qo&#8217;shiqlari bilan tanildi. Lirik mayinlik, badiiy mahorat, teran mazmun, yoqimlilik va shiradorlik Abdullayeva ijodiga xos. Muhabbat haqidagi qo&#8217;shiqlarni mahorat bilan ijro etadi. &#171;Arzimni aytdim&#187;, &#171;Jonim mening&#187;, &#171;Yoqasiz jonim&#187;, &#171;Majnuntol&#187;, &#171;Malak&#187;, &#171;Aylanayin&#187; va boshqalar shular jumlasidan. Boshqa xalqlar qo&#8217;shiklari ham Abdullayeva ijodida muhim o&#8217;rin tutadi: &#171;Sanada galmas&#187;, &#171;Ayriliq&#187; (Ozarbayjon), &#171;Ishq umidiman&#187; (Eron), &#171;Ro&#8217;yalarda bo&#8217;lushursiz&#187; (turk) va boshqalar. Bir qancha xorijiy mamlakatlarda gastrolda bo&#8217;lgan. Abdullayeva ijodiga bag&#8217;ishlab &#171;Nasiba&#187; telefilmi (&#171;O&#8217;zbektelefilm&#187;, 1989) ishlangan. &#171;Mehnat shuhrati&#187; ordeni bilan mukofotlangan (1999).<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEVA Oydin Akramovna (1952.20.3, Qamashi tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasi xalq o&#8217;qituvchisi (1995). Qarshi pedagogika institutining Filologiya fakultetini tugatgan (1975). 1975-99 yillarda Yakkabog&#8217;, Qamashi tumanlaridagi maktabda, 1999 yildan Qamashi tumanidagi 3-kasb-hunar maktabida o&#8217;zbek tili va adabiyoti o&#8217;qituvchisi. Abdullayeva maktabda yangi pedagogik texnologiyalarni amalga oshirishda, o&#8217;quvchilarga ta&#8217;lim-tarbiya berishda yuqori natijalarga erishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEVA Yayra Umarovna (1930.14.8, Andijon) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq artisti (1964). Lizaxonim Petrosovaning qizi. Toshkent san&#8217;at institutini tugatgan (1950). Ijodi G. Rahimova rahbarligidagi front kontsert brigadasida boshlangan (1945). 1950 yildan Hamza teatrida. Hafiza (A. Qahhor, &#171;Shohi so&#8217;zana&#187;), Guli (Uyg&#8217;un, I. Sulton, &#171;Alisher Navoiy&#187;), Katerina (A. Ostrovskiy, &#171;Momaqaldiroq&#187;), Gulbahor (Hamza, &#171;Boy ila xizmatchi&#187;), Gulnor (Oybek, &#171;Qutlug&#8217;qon&#187;), Turg&#8217;unoy (I. Sulton, &#171;Noma&#8217;lum kishi&#187;), Xemnolini (R. Tagor asari asosida, &#171;Gang daryosining qizi&#187;) kabi obrazlarida turli toifadagi xotin-qizlar hayoti, ularning qismati, jasorati va olijanobligini mujassamlantirdi. Key (M. Kaoru, &#171;O&#8217;g&#8217;irlangan umr&#187;) obrazi A. ijodining cho&#8217;qqisi bo&#8217;lib, u yapon ayolining mashaqqatli hayot yo&#8217;lini, taqdirini psixologik teranlik va izchillik bilan ochib berdi. Regana (U. Shekspir, &#171;Qirol Lir&#187;), Mariya Styuart (F. Shiller, &#171;Mariya Styuart&#187;) obrazlari bilan psixologik va fojiaviy rollar ustasi sifatida tanildi. Abdullayeva ovoz, imoishora, kinoya va boshqa ifoda vositalaridan ustalik bilan foydalanadi. Nodirabegim (T. To&#8217;la, &#171;Nodirabegim&#187;) obrazi Abdullayeva ijrosida ulug&#8217;vor, olijanob malika va otashin ijodkor sifatida namoyon bo&#8217;ldi. Abdullayevaning kinodagi asosiy rollari: Gulbahor (&#171;Boy ila xizmatchi&#187;), Dildor (&#171;Opa-singil Rahmonovalar&#187;), Ra&#8217;no (&#171;Stadionda uchrashamiz&#187;), Saodat (&#171;Hamza&#187;), Xatira (&#171;Vijdon amri bilan&#187;) va boshqalar. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). &#171;Do&#8217;stlik&#187; ordeni bilan taqdirlangan (1998).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ABDULLAYEVA Lola (1918.13.4, Toshkent) \u2014 teatr rassomi, O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1964). Toshkent rassomlik bilim yurtida ta&#8217;lim olgan (1934 \u2014 38). Olmaotadagi qozoq drama teatrida, so&#8217;ng Bishkekdagi teatr rassomlik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abdullayeva-lola-kim-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4343","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4343","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4343"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4343\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":160805,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4343\/revisions\/160805"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4343"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4343"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4343"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}