{"id":4889,"date":"2021-10-20T16:28:11","date_gmt":"2021-10-20T13:28:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4889"},"modified":"2021-10-20T16:28:12","modified_gmt":"2021-10-20T13:28:12","slug":"avgustin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avgustin\/","title":{"rendered":"AVGUSTIN"},"content":{"rendered":"\n<p>AVGUSTIN Avreliy, Avliyo Avgustin (Augustinus Sanctus) (354, Tagast shahri, Shimoliy Afrika \u2014 430, Gippon shahri, Shimoliy Afrika) \u2014 xristian dini ilohiyotchisi, &#171;cherkov otalari&#187;dan, adib, faylasuf. Katolisizm aqidalarining shakllanishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Gippon shahri uskufi (episkopi) martabasiga erishgan. Diniy-falsafiy ruhdagi qator va&#8217;z va risolalari saqlanib qolgan. Ulardan mashhurlari: 1) &#171;Tavba&#187; (400 yil); 2) &#171;Ilohiy shahar haqida&#187; (413-427 yillar; 22 kitobdan iborat). &#171;Ilohiy shahar haqida&#187; asarining yozilishiga Rim imperiyasi poytaxti gotlar tomonidan bosib olinib, vayron qilinishi turtki bo&#8217;ldi. Asarda bu vayrongarchilik rimliklar asrlar mobaynida o&#8217;zga xalqlarga nisbatan o&#8217;tkazgan bosqinchilik va zo\u2019ravonlik siyosati uchun Xudo tomonidan yuborilgan jazo sifatida talqin qilinadi. Asarning 10 ta kitobi Rim tarixiga, 12 ta kitobi insonlar jamiyati va davlatning mohiyatiga bag&#8217;ishlangan. Avgustin dunyoni ikki saltanatga bo&#8217;ladi: 1) &#171;Zamin shahri&#187; \u2014 yovuzlik, zo&#8217;ravonlik va shayton saltanati; 2)&#187;Ilohiy shahar&#187; \u2014 ezgulik va Rahmon saltanati. Birinchisi \u2014 inson xudbinligi asosiga qurilgan va ilohiylikni rad etadi, ikkinchisi \u2014 ilohiy mehr asosiga qurilgan bo&#8217;lib, insonning moddiy ehtiyojlardan yuz o&#8217;girishini taqozo qiladi. Avgustin ta&#8217;limotiga ko&#8217;ra, &#171;Ilohiy shahar&#187; ning yer yuzidagi timsoli Masihiy cherkovidir, unga samoviy cherkovga tayyorgarlik vositasi sifatida qaralmog&#8217;i lozim. Avgustin qadimgi yunon mushriklik davri qadriyatlarini masihiylik nuqtai nazaridan keskin tanqid qiladi, inson o&#8217;z irodasi bilan ezgulikka erisha olmaydi, inson gunohlardan faqat Xudoning inoyati va cherkov tufayli forig&#8217; bo&#8217;ladi, deb hisoblaydi. Avgustin fikriga ko&#8217;ra, &#171;Yagona Tangri barcha go&#8217;zallikning haqiqati va eng oliy go&#8217;zalliqdir&#187;. Avgustin &#171;e&#8217;tiqodsiz bilim ham, haqiqat ham yo&#8217;q&#187;, deb hisobladi. Avgustin ta&#8217;limoti Yevropada deyarli ming yil davomida ilmfanning cherkovga tobe holda qolishiga muayyan darajada nazariy zamin bo&#8217;ldi va cherkov hokimiyatining qudratli kuchga aylanishiga ko&#8217;maklashdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AVGUSTIN Avreliy, Avliyo Avgustin (Augustinus Sanctus) (354, Tagast shahri, Shimoliy Afrika \u2014 430, Gippon shahri, Shimoliy Afrika) \u2014 xristian dini ilohiyotchisi, &#171;cherkov otalari&#187;dan, adib, faylasuf. Katolisizm aqidalarining shakllanishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avgustin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4889","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4889","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4889"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4889\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4890,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4889\/revisions\/4890"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4889"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4889"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4889"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}