{"id":4893,"date":"2021-10-20T16:57:33","date_gmt":"2021-10-20T13:57:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4893"},"modified":"2021-10-20T16:57:34","modified_gmt":"2021-10-20T13:57:34","slug":"avezov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avezov\/","title":{"rendered":"AVEZOV"},"content":{"rendered":"\n<p>AVEZOV Muxtor Umarxonovich (1897.28.9, Sharqiy Qozog&#8217;iston (sobiq Semipalatinsk) viloyati Abay tumani \u2014 1961.27.6, Moskva) \u2014 qozoq yozuvchisi, olim. Qozog&#8217;iston Faakad. (1946), Filol. fanlari Doktori (1952), Qozog&#8217;istonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi (1957). Semipalatinskdagi madrasada hamda o&#8217;sha yerdagi 5 sinfli rus maktabida o&#8217;qigan, so&#8217;ng o&#8217;qituvchilar Seminariyasini tamomlagan (1917). Abay ovulida sahnalashtirilgan (1917) &#171;Yenglik \u2014 Kebek&#187; intermediyasi bilan qozoq dramaturgiyasiga asos soldi. To&#8217;ng&#8217;ich qozoq teatri (hozirgi Avezov nomida) \u2014 Qozog&#8217;iston davlat akademik drama teatri ham 1926 yil 13 yanvarda shu pyesani sahnalashtirib ochilgan. Avezovning dramatik asarlari qozoq dramaturgiyasining rivojlanishiga katta hissa bo&#8217;lib qo&#8217;shildi. Avezov 20-yillarda Toshkentda yashadi va O&#8217;rta Osiyo davlat universiteti aspiranturasida o&#8217;qidi (1928). Mashhur o&#8217;zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy romanlaridan kuchli ilhomlandi. 1920-30 yillarda Toshkentdagi qozoq nashriyotida adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy &#171;Cho&#8217;lpon&#187; jurnali bilan bir necha adabiy to&#8217;plam nashr etilgan. Avezov 1922\u2014 23 yillarda Toshkentdalik vaqtida &#171;Kundoshlar&#187; pyesasi, hikoyalari, &#171;Asov tulporlar haqida&#187; (1922), &#171;Qozoq qalamkashlariga ochiq xat&#187; (1922) maqolalari shu jurnalda bosildi. Avezovning &#171;Abay&#187;, &#171;Abay yo&#8217;li&#187; epopeyasi qozoq xalqi hayotiga bag&#8217;ishlangan bo&#8217;lib, u o&#8217;z davrida yuksak bahoga sazovor bo&#8217;ldi. Asarda qozoq xalqining 19 &#8212; asrdagi og&#8217;ir, ziddiyatlarga to&#8217;la hayoti badiiy aks ettirilgan. O&#8217;sha davrdagi qozoq dashtini qamrab olgan nodonlik va johillik to&#8217;siqlarini enggan Abayning o&#8217;z xalqi asl farzandi, mutafakkir, insonparvar shoir darajasiga ko&#8217;tarila olishi asarda mohirlik bilan tasvirlangan. &#171;Abay yo&#8217;li&#187;ni Zumrad (Orifjonova) 1950-60 yillarda o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. U boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilindi. Janubiy Qozog&#8217;iston chorvadorlari hayotiga bag&#8217;ishlangan &#171;Ravnaq&#187; romani vafotidan so&#8217;ng bosilib chiqdi (1962). 20 &#8212; yillarda qozoq cho&#8217;llarida yuz bergan ocharchilik va boshqa dahshatli voqealar aks ettirilgan &#171;Og&#8217;ir sinov&#187; romani ham vafotidan so&#8217;ng nashr etildi. Avezov ijodiy, ilmiy ishlar bilan birga, 30 yildan ortiq (1928-61) Olmaota pedagogika instituti, Qozog&#8217;iston va Moskva davlat universitetlarida pedagoglik faoliyatini qo&#8217;shib olib bordi. Avezov umrining ko&#8217;p yillarini sho&#8217;ro mafkurachilarining og&#8217;ir tazyiqi va ta&#8217;qibi ostida o&#8217;tkazishga majbur bo&#8217;ldi. Avezov turkiy xalqlar adabiyoti tarixini teran tadqiq etuvchi ko&#8217;plab maqolalar yaratdi. Uzoq yillar davomida turkiy xalqlar og&#8217;zaki ijodi namunalarini, xususan xalq dostonlarini keng targ&#8217;ib qildi. &#171;Er Targ&#8217;in&#187;, &#171;Alpomish&#187;, &#171;Manas&#187; dostonlarini tadqiq etdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AVEZOV Muxtor Umarxonovich (1897.28.9, Sharqiy Qozog&#8217;iston (sobiq Semipalatinsk) viloyati Abay tumani \u2014 1961.27.6, Moskva) \u2014 qozoq yozuvchisi, olim. Qozog&#8217;iston Faakad. (1946), Filol. fanlari Doktori (1952), Qozog&#8217;istonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avezov\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4893","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4893","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4893"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4893\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4894,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4893\/revisions\/4894"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4893"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4893"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4893"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}