{"id":4980,"date":"2021-10-21T07:19:17","date_gmt":"2021-10-21T04:19:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4980"},"modified":"2021-10-21T07:19:18","modified_gmt":"2021-10-21T04:19:18","slug":"avloniy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avloniy\/","title":{"rendered":"AVLONIY"},"content":{"rendered":"\n<p>AVLONIY, Abdulla Avloniy (1878.12.7 &#8212; Toshkent &#8212; 1934.24.8) -ma&#8217;rifatparvar, jurnalist, davlat va jamoat arbobi. To&#8217;quvchi oilasida tug&#8217;ilgan. Maktabxona va madrasada o&#8217;qigan (1885\u2014 95). 1906 yildan she&#8217;rlari bilan matbuotda qatnasha boshlagan. Arab, fors, rus tillarini o&#8217;rganib, bu tillarda ijod qilgan mutafakkirlarning asarlarini o&#8217;qigan, ba&#8217;zilari (masalan, L. Tolstoy, K. D. Ushinskiy asarlari) ni o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. 1906 yil &#171;Taraqqiy&#187;, 1907 yil o&#8217;z uyida (Toshkentda) &#171;Shuhrat&#187; gazetalarini chiqargan. Bu gazetalar yopib qo&#8217;yilgach, 1908 yil yashirin ravishda &#171;Osiyo&#187; gazetasini nashr etdi. 6-sonidan so&#8217;ng hukumat bu gazetani ham taqiqlab qo&#8217;ygan. Shundan so&#8217;ng Avloniy ilg&#8217;or g&#8217;oyalarni maktab orqali xalqqa tarqatishga harakat qildi: Toshkent shahrining Mirobod mahallasida mahalliy aholi bolalari uchun yangi usul maktabi ochib (1908), o&#8217;zi ona tili va adabiyotdan dars berdi. 1909 yil &#171;Jamiyati xayriya&#187; tuzib, yetim bolalarni o&#8217;qitgan. Shundan keyin Avloniy Toshkentning Degrez mahallasida ikki sinfli maktab ochgan (1912). Bu maktabda dunyoviy fanlar o&#8217;qitilishi bilan maktabxonalardan farq qilgan. Avloniy yangi maktablar uchun qo&#8217;llanma va o&#8217;qish kitoblar yozib, nashr qildirgan [masalan, &#171;birinchi muallim&#187;, 1911; &#171;Ikkinchi muallim&#187;, 1912; &#171;Turkiy Guliston yoxud axloq&#187;, 1913; 4 juzd (qism) li &#171;Adabiyot yoxud milliy she&#8217;rlar&#187; to&#8217;plami, 1909-15; &#171;Maktab gulistoni&#187;, 1915; &#171;Mardikorlar ashuvlasi&#187;, 1917 va boshqalar]. Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxo&#8217;jaev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xo&#8217;jaev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan birgalikda &#171;Nashriyot&#187; (1914), &#171;Maktab&#187; (1916) shirkatlarini tashkil etgan. Avloniy xalq ongini oshirish uchun teatr san&#8217;atidan ham foydalangan. U 1913 yilda &#171;Turkiston&#187; nomli teatr truppasini tashkil etishda va uning ishida faol qatnashgan. 1910-16 yillarda bir qancha sahna asarlarini tarjima qildi va o&#8217;zi sahnalashtirdi. Avloniyning sahna asarlari Toshkent, Farg&#8217;ona, Andijon, Qo&#8217;qon, Xo&#8217;jand kabi shaharlarda ko&#8217;yilgan. Bu asarlarda 20-asr boshlaridagi Turkiston hayotining keng manzaralari o&#8217;z ifodasini topgan. Avloniy truppasida Mannon Uyg\u2019ur tarbiya topgan; truppa bilan Hamza, Ozarbayjon dramaturglari Uzayr Hojibekov, S. Ruhullo hamkorlikda bo&#8217;lgan. Oktyabr to&#8217;ntarishidan keyin xalqqa va&#8217;da qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida tushkunlikning paydo bo&#8217;lishiga olib keldi (&#171;Xafalik soatda&#187; she&#8217;ri, 1919). A. 1917 yilda &#171;Turon&#187; gazetasini nashr qildi. Gazetada siyosiy va ijtimoiy voqealar yoritilgan. 1918 yil Avloniy &#171;Ishtirokiyun&#187; gazetasini tashkil etishda qatnashdi va uning muharriri bo&#8217;ldi. 1919-20 yillarda Sho&#8217;ro hukumatining Afg&#8217;onistondagi siyosiy vakili va konsuli. &#171;Kasabachilik harakati&#187; jurnali Bosh muharriri (1921).1921 yildan Avloniy maktablar ochish, xalqni savodxon qilish, o&#8217;zbek xotin-qizlarini o&#8217;qitish, o&#8217;qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash ishlari bilan shug&#8217;ullandi. U eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari (inproslar) da mudir (1923-24), Toshkent harbiy maktabida o&#8217;qituvchi (1924\u2014 29). 1930-34 yillarda O&#8217;rta Osiyo universiteti til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor. Shu davrda u o&#8217;zbek maktablarining 7-sinfi uchun &#171;Adabiyot xrestomatiyasi&#187; tuzib, nashr ettirdi (1933). A. Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol, AB, Chig&#8217;aboy, Abdulhaq taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she&#8217;r ijod qilgan. As: Toshkent tonggi, T., 1978; Turkiy Guliston yoxud axloq, T., 1992; O&#8217;son millat, T., 1993. Ad.: Qosimov B., Abdulla Avloniy, T., 1979; Qosimov B., Izlay-izlay topganim, T., 1983; Qosimov B., Dolimov U., Ma&#8217;rifat darg&#8217;alari, T., 1990. Begali Qosimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AVLONIY, Abdulla Avloniy (1878.12.7 &#8212; Toshkent &#8212; 1934.24.8) -ma&#8217;rifatparvar, jurnalist, davlat va jamoat arbobi. To&#8217;quvchi oilasida tug&#8217;ilgan. Maktabxona va madrasada o&#8217;qigan (1885\u2014 95). 1906 yildan she&#8217;rlari bilan matbuotda qatnasha boshlagan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avloniy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4980","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4980","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4980"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4980\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4981,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4980\/revisions\/4981"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4980"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4980"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4980"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}